Foydali

Ranglar insonni davolay oladimi?

Ranglar insonni davolay oladimi?

 

Inson oʻz kiyimi rangini ichki ehtiyojlariga asosan tanlaydi. Qolaversa, tanlagan ranglariga qarab, insonning feʼl-atvori va kayfiyatini ancha aniqlikda bilib olish mumkin. Deylik, agar ishdan charchab kelsangiz, sariq, toʻq sariq rangli kiyimni kiyish istagi boʻlarkan. Mabodo asablaringiz joyida boʻlmasa, osoyishtalik bagʻishlovchi ranglar: koʻk, moviy rang va yashil rangli kiyimlar kiyish maqsadga muvofiq. 

Ranglar insonni davolay oladimi?

Qizil rang - teri kasalliklari, yuqumli kasalliklar (qizamiq, qizilcha), kamqonlik,past qon bosimida tavsiya etiladi. Uyqusizlikdan aziyat cheksangiz, qizil rangdagi futbolka yoki kuylak kiyib uxlang. Ertalab ruhan va jismonan tetik turasiz, kayfiyatingiz ham joyida boʻladi. Qizil rang ichki quvvatni oshiradi, moddalar almashinuvi va qon aylanishini yaxshilaydi. 

Ranglar insonni davolay oladimi?

Toʻq sariq (apelsin rang) - ruhan toliqqanda, siqilganda, kayfiyatsizlikda, yuqori qon bosimida yordam beradi.Charchoqni yoʻqotadi, qoʻrquv va tashvishni yengadi. 

Ranglar insonni davolay oladimi?

Sariq rang - ishtahani ochib, oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilaydi. Ogʻriqlarni oladi, insonning ish qobiliyati oshiradi. Diqqat  jamlanishini kuchaytiradi, kayfiyatni koʻtaradi va xotirani mustahkamlaydi. Asab tizimini tinchlantiradi. Bolalarning oʻquv qurollari orasida albatta sariq rang boʻlishi kerak. Chunki sariq rang aqlni charxlaydi. Sariq rang oshqozon yarasi, 12 barmoq ichak yarasi, oʻt pufagi, qon-tomir kasalliklari, varikoz, asab va miya zoʻriqishida juda yaxshi yordam beradi.

Ranglar insonni davolay oladimi?

Yashil rang yurak urishini yaxshilaydi, koʻzga dam beradi, koʻz kasalliklari: glaukoma, yuqori qon bosimida, buyrak kasalliklarida yaxshi yordam beradi. Allergiyaga qarshi faolligi bor boʻlib, asab tinchlanishiga koʻmak beradi. Bu rang koʻz va qon bosimini tushiradi, yurak kasalliklarida yordam beradi. 

Ranglar insonni davolay oladimi?

Ayniqsa, yam-yashil daraxtlar, oʻtloqlarga qarash foydali. Qish paytida esa, yashil rangli koʻzoynak taqish yoki rangli qogʻozni kartonga yopishtirib, 10-15 daqiqadan qarab oʻtirish foyda beradi. 

Ranglar insonni davolay oladimi?

Moviy rang - astma, boʻqoqqa chalingan, koʻp shamollaydigan, semiz kishilarga foydali. Bemor ertalab tiniq osmonga toʻyib-toʻyib qarashi zarur. Bu rang tinchlantiradi, immunitetni koʻtaradi.

Koʻk rang uyqusizlikda, yoʻtal, gaymorit, tomoq kasalliklarida yordam beradi.

Binafsha rang intuitsiya (ichkisezish quvvati)ni kuchaytiradi...

Ranglar insonni davolay oladimi?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar