Foydali

Qanday qilib suzishni oʻrganib olish mumkin?

Qanday qilib suzishni oʻrganib olish mumkin?

Bir qator hollarda, choʻkib ketish qoʻrquvi har bir odamning mustaqil suzishiga xalaqit beradi. Aslida, suv tanani ushlab turadi, axir. Biroq, tana qoʻrquv qushovida boʻlgunicha, suzishni oʻrganib olish juda ham qiyin. Suzishni oʻrganayotgan kishi dastlab oʻz tanasini suv yuzasida erkin yotishi mumkin ekanligiga “ishontirishi” kerak. Bunday mashgʻulotni yozda kichikroq ochiq suv havzasida oʻtkazish mumkin. Qoʻrquvni unutish zarur, biroq shuni doim esda tutingki, ehtiyotkorlik choralari uchun ochiq suv havzasi shubhali, chuqur va tez oqimli boʻlmasligi, boshqa odamlardan uzoqda joylashmagan  boʻlishi shart! Bunda choʻmilish kiyimi va suzish koʻzoynagini taqib olgan yaxshiroqdir: tahminan koʻkrak sathigacha suvga kiring; nafasini tiyib, oyoqlarni tortib olgan holda bosh bilan shungʻing va kafolat uchun ikkala oyoqni qoʻlingiz bilan quchoqlab olishingiz kerak; suvning chindan ham tanani ushlab turishi va tana yuqoriga suzib chiqishini his qilish juda muhim; havo tugaganidan keyin dastlabki holatga qaytish kerak.

Qanday qilib suzishni oʻrganib olish mumkin?

Hovuzning chuqurligi taxminan ikki metr va undan koʻproq boʻlishi kerak, shunda oyoqlaringiz pastga tegmaydi. Suzish uchun koʻzoynaklar taqib olgan afzalroq. Katta yoshdagilar suzishni mustaqil oʻrganib olishi toʻlaligicha mumkin boʻlgan narsa. Ammo, ehtiyotshart, yaqin atrofda qutqaruvchi boʻlgani yaxshiroq. Suzishni biladigan tanishingizning yordami juda maqbul boʻladi. Tasodif tufayli suvga boʻkkandan koʻra xavfsizlik choralarini koʻrib qoʻygan yaxshiroqdir. Suzishni bilmaslik faqatgina choʻkish qoʻrquvi emas, u yoki bu xizmatlari tufayli baland hurmat-ehtiromga ega boʻlgan katta amakilar, uning qoʻlidan mutlaqo hech narsa kelmaydigan vaziyatda boʻlib qolishiga toʻgʻri kelish ehtimoli bilan bogʻliq psixologik sabablar hamdir. Ushbu psixologik toʻsiqni bardosh bilan yengish katta odam bilan birga bolalarni ham chuqurdan qoʻrqmaslik imkonini beradi. Suzishni oʻrganib olish uchun suzishni boshlash, buning uchun esa suvga kirish kerak, axir. 

Qanday qilib suzishni oʻrganib olish mumkin?

Mustaqil suzishni oʻrganishdagi birinchi oʻzlashtirilib olinishi shart boʻlgan koʻnikma - toʻgʻri nafas olishdir. Oyoqlar tubga yetmasligi uchun chuqurlik kerak boʻladi. Qoʻllar bilan yon devordagi trubani ushlab turish kerak, tana vertikal holatda turadi.

Chuqur nafas olgan holda, qoʻlni yon devor trubasidan uzmasdan, suv ostiga tushish vashu vaqtning oʻzida ogʻiz bilan nafasni chiqarish kerak. Bu mashqni yaxshilab his etish uchun uni koʻproq bajarish kerak. Dam olish paytida suzishni bilganlarni kuzatish foydali boʻladi. Keyinchalik chekka boʻylab harakatlangan holda ularning harakatlarini qaytarishga urinib koʻrish kerak. Eng yaxshisi brass suzish usulini taqlid qilish - bunda qoʻllar avval oldinga harakat qilib va keyin yumaloq harakatlarni bajaradi. Harakatlar qanday chiqishidan qatʼiy nazar chiqqanicha chiqaversin. Eng asosiysi - kichik boʻlsada oʻziga ishonch hosil qilish va sal boʻlsa ham siqiqlikdan holi boʻlish. Albatta, avvaliga bu biroz qoʻrqinchli tuyuladi va oʻzining epsizligi tufayli uyalish hissi qiynaydi. Boshqa tomondan, kattalar uchun suzish mashgʻulotini yana qanday oʻtkazish mumkin?

Qanday qilib suzishni oʻrganib olish mumkin?

Oʻrganish jarayonida oʻziga nisbatan ishonch hosil qilish uchun, yon devor tomonida nafasni suvning ichiga chiqarishni koʻproq mashq qilish kerak boʻladi. Bu oʻta zerikarli boʻlsa ham buni oʻrganib olish shart, chunki oʻrganuvchi keyin oʻzi suzishga harakat qilgan paytda burunga suv kirib qolsa yoki tasodifan suv “yutish” holati yuz bersa, kuchli vahima boʻlmaydi. Odatiy holdagidek shungʻib, oʻzini yengil tutib tinchlangan holda avval oʻrgangandek nafasni chiqarish, keyin suv yuzasiga suzib chiqib tinchgina nafas olish kerak. Dastlab, suzishingiz mumkin boʻlgan masofa kichik boʻladi - 2-4 metr. Uni oshirish uchun boshni suvga tushirish va ayni vaqtda qoʻllaringiz va oyoqlaringiz bilan toʻgʻri harakat qilish qobiliyatini birlashtirishingiz kerak. Buni amalga oshirish uchun yon devor yonida boʻla turib quyidagi mashqlarni bajarish foydalidir: qoʻllaringizni oldingizga uzatib tekislagan holda nafas oling; boshingizni suv ostiga tushiring; oyoqlaringiz bilan yengilgina itariling; goʻyo brass ususlida suzayotganday qoʻllaringizni ikki tomonga suring, har bir qoʻl oʻziga tegishli tomonga qarab harakatlanishi kerak, huddi "haqiqiy" suzuvchilardagi kabi. Qoʻllar bilan harakatlanayotganda boshingizni koʻtaring va nafas oling. Bu payt oyoqlar bir oz egilib, qoʻllar old tarafga choʻzilgan. Oʻpka havo bilan toʻldirilgach, bosh bilan yana suvga shungʻib, oyoqlar bilan itarib, qoʻllar eshkak bilan quloch otganday harakat qiladi. Kattalarni qisqa masofaga suzish aynan shunday oʻrgatiladi.

Qanday qilib suzishni oʻrganib olish mumkin?

Shoshilish kerak emas, chunki barcha harakatlar toʻgʻri amalga oshirilgan boʻlsa ham, shoshqaloqlik nafasning adashib ketishiga olib keladi va kerakli masofaga suzib borishning imkoni  boʻlmaydi. Yaxshisi qoʻllar va oyoqlarning toʻgʻri ishlashiga eʼtibor qaratishdi, chunki bosh bilan shungʻish va suv ostida nafas chiqarish koʻnikmasi bu vaqtgacha yaxshilab egallab olingan boʻlishi kerak. Sekin-asta boshingizni suv ostiga tushirmaslikni oʻrganing, shunda u sirtda imkon qadar uzoqroq qoladi. Natijada, tez orada mustaqil suzish va hovuzning qarama-qarshi tomoniga yon devor oldida toʻxtamay yetib olish imkoni paydo boʻladi.

Qanday qilib suzishni oʻrganib olish mumkin?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar