Foydali

Haqiqatning ijobiy idrokiga qanday moslashish mumkin?

Haqiqatning ijobiy idrokiga qanday moslashish mumkin?

Odamlarning juda koʻp miqdori bilan muloqot, yashirin stress, koʻchalradagi tirbandlik, har doim yetishmovilikdan noliydiganlarning dardini eshitish, oʻzingizga doimiy vaqtning yetishmasligi va kundalik hayotning boshqa jihatlari - bularning barchasi sizni toʻliq umidsizlika yetaklovchi sabablar boʻlishi mumkin. Agar diqqat bilan qarasangiz, umidsizlik, pessimizm, va  hatto ruhiy tushkunlik uchun sabablar yetarli: birgina iqtisodiyot va mehnat bozorining holatiga nazar tashlasangiz yetarli (lekin bu mavzuga chuqurlashib kirib ketmaymiz, chunki maqsadimiz siyosat va iqtisodiyotdagi muammolarni yechish emas). Shu bilan birga, oʻzingizni nafaqat "filtrlash", balki haqiqatga ijobiy yondoshish kayfiyatini vujudga keltirishning bir necha yoʻli mavjud. Qani ketdik!

Haqiqatning ijobiy idrokiga qanday moslashish mumkin?

Har bir inson oʻziga tegishli muayyan hodisalarni izohlash uchun oʻziga xos qoidalar va shablonlarga ega. Pessimistlar xafa boʻlish uchun sabab topishi oson, optimistlar esa quvonchga sabab topishga xayrixoh boʻladi. Bu yerda hech qandaygʻalati narsaning oʻzi yoʻq.

Hamma gapbir qarashda biz hatto eng oddiy narsalarga ham qoʻllaydigan dastlabki umid va maqsadimizda. Urushlar, kasalliklar va oʻlim nafaqat xafa qaygʻuga soladi, balki odamlarni qoʻrqitadi, nafaqat jismoniy, balki maʼnaviy azob-uqubatlarni ham boshdan kechirishiga majbur qiladi. Biroq, negadir, atrofimizdagi odamlar ishxonaga ketayotib yoʻlidagi “tirbandlik botqogʻida botib qolgani”dan fojia qilish, yoki ular faqatgina uzoq va nomaʼlum kelajakda yangi avtomobil uchun pul tejashidan zavqlanishni afzalroq koʻradi. Natijada oʻzini surunkali ravishda “baxtsiz” his qilish tuygʻusi umidsiz kayfiyatdagi inson vaqtining haddan tashqari koʻp qismini oladi.

Haqiqatning ijobiy idrokiga qanday moslashish mumkin?

Optimistlar oʻzlari uchun "kichik qoidalar" yaratiadi. Ushbu qoidalar tufayli ular huddi shu vaziyatlarni boshqacha yondoshish bilan qabul qiladi: "Yerning tagida emas ustida yurgan har bir kun - yaxshi kayfiyat uchun sabab boʻladi".

Haqiqatning ijobiy idrokiga qanday moslashish mumkin?

Haqiqatni ijobiy qabul qilish tinchlantiruvchi vositalar, neyrostimulyatorlarga murojaat qilishingiz yoki siz bilan yuz beradigan har qanday hodisada ijobiy narsalarni izlashga hojat yoʻq. Sizning hayotingizdagi bu yoki boshqa vaziyatga nisbatan xatti-harakat va qabul qilishning kichik qoidalariga amal qilishning oʻzi kifoya (bu - mashgʻulot kabi, dastlab ularga oʻzingizni oʻrgatishingiz kerak, keyinchalik osonroq boʻladi):

Haqiqatning ijobiy idrokiga qanday moslashish mumkin?

1. Oʻtirib, oʻzingizning qoidalar roʻyxatini tuzing

Qalam bilan bir varaq qogʻozni olib (hech qanday kompyuterlar va monitorlardan foydalanmang) ikki turga boʻlingan quyidagi bayonotlar formatida oʻzingizning "kichik qoidalaringizni" yozing:

• "Quyidagi hollarda men oʻzimni baxtsiz his qilaman: ... (va ustun shaklidagi roʻyxat)"

• "Quyidagi hollarda men oʻzimni baxtli his qilaman: ... (va yana ustun shaklidagi roʻyxat)”

Haqiqatning ijobiy idrokiga qanday moslashish mumkin?

Juda katta roʻyxatlar tuzilishi shart emas. Roʻyxatning aniqligi va toʻliqligi bu"kichik qoidalar" bilan uzatiluvchi haqiqiy his-tuygʻular va emosiyalardan koʻra kamroq ahamiyatga ega: muhimrogʻi "salbiy his-tuygʻu" va "ijobiy his-tuygʻular" tushunchasi shakllanish paytida aqlga kelgan birinchi narsa.

 

Haqiqatning ijobiy idrokiga qanday moslashish mumkin?

2. Olingan natijalarga eʼtibor bering

Roʻyxatlarni tayyorlab boʻldingizmi? Endi oʻtirib olib va olingan natijalarni xuddi uni siz emas, begona kishi yozganidek qaytaoʻqib chiqing. Qanday tuygʻular paydo boʻladi? Buni pessimist yozganmi yokioptimistmi? Bunday odam uchun oʻzini baxtli his qilish osonmi, yoki baxtsiz hisqilish osonmi?

Bu bosqichga erishganingizning oʻzi bunday oʻzini oʻzi tahlil qilish usuli ishlashidan dalolat beradi. Agar hayotga boʻlgan munosabatingizda sizni birornarsa qoniqtirmasligini qalbingiz bilan his qilmasangiz, bu mashqni bajarish uchun bu qadar “yuqoriga koʻtarila olmas” edingiz.

Eng koʻp hollarda, hayotdan umidingizning bir qismi (yoki hatto salmoqli qismi) ancha pasaytirib yuborilgan boʻlib chiqadi, chunki siz ongsiz ravishda “bundan hech narsa chiqmasligi”ga tayyorsiz va oʻzingizning yana bir bor xafa qilmaslik maqsadida hafsalangizni ortiqcha pir qilmaslik uchun sizni xafa qilish ehtimoli baland boʻlgan tomonga hech qanday qadam qoʻymaysiz.

Haqiqatning ijobiy idrokiga qanday moslashish mumkin?

3. Oʻz qoidalaringizni koʻrib chiqib, yaxshilash tomonga qayta ishlab chiqing

Endi esa jinday ijodkorlikni koʻrsatish vaqti keldi. Ikkinchi qogʻoz varagʻini oling, chuqur nafas oling va oʻzingizga yana savol bering:

• Qanday kundalik hodisalar sizga baxt hissini berishi mumkin?

• Qanday noodatiy hodisalar oʻzingizni baxtsiz his qilishingizga olib kelishi mumkin?

Ushbu savollarga javoblarni tayyorlash juda muhim vazifa. Barcha imkoniyatlarni oʻylab chiqib, hayotingizda koʻrishni istagan narsalaringizga javob bering. Birinchi savolga - iloji boricha koʻproq narsalarni va hodisalarni roʻyxatlab chiqish darkor. Ikkinchi roʻyxatni esa qisqartiring: unda faqat eng jiddiy va haqiqatda gʻamgin hodisalarni kiriting.

Roʻyxatlarni tuzib boʻlgach, "optimistik qoidalar"ni quyidagi formatda qaytayozing:

• "Men... [hodisa] paytda baxtiyorman"

• "Men faqatgina ... [hodisa] roʻy berganida baxtsizman"

Bu yerda soʻzlarning tuzilishi juda muhim rol oʻynaydi. Natijada, siz ikki qogʻoz varaqqa ega boʻlasiz. Biri siz hozir yashayotgan "pesimistik qoidalar"dir, ikkinchisida esa siz yashashni istagan, va ishonishni xohlayotgan "optimistik qoidalar".

Haqiqatning ijobiy idrokiga qanday moslashish mumkin?

4. Endi boʻlsa eski qoidalarni yoqib yuboring

Bu biroz gʻalati va qandaydir “bolalarcha” eshitilsa ham, biroq bundan keyin keraksiz qoidalarni “yoqib yuborish marosimi” ishlaydi, va nima uchun bundayligini hozir koʻrib chiqamiz.

Insoniyat tarixining oʻtgan 125 ming yildan ortiq davomida insonni ajratib turuvchi koʻnikmalaridan biri - olovni nazorat qilish qobiliyati. Olov mahalliy halqlarning butlaridan tortib katolik cherkovlargacha marosimlar, din va tarbirlarning bir qismi boʻlib kelgan. Inson hayotida olovning ahamiyati odamlar avlodlarida ongsiz ravishda quyib qoʻyilgan - bu biror mateiyalashgan narsani (qogʻozda soʻz kabi) nomoddiy biror narsaga oʻtkazishning  bir usuli ("yoʻqolib qaytib kelmasligi” uchun shunday qilish). Hayotga nisbatan oʻtmishdagi munosabatingizni yoqib yuboring - bu hissiy tuygʻularingizni chiqarib tashlash uchun kichgina bir marosim boʻlib xizmat qiladi.

Haqiqatning ijobiy idrokiga qanday moslashish mumkin?

5. Yangi qoidalarni shunday joylashtirib qoʻyingki, ular sizning koʻzlaringizga har kuni tashlansin

Eski qoidalarning oʻrnini yangi qoidalar egallashi kerak. Yangi qoidalar yozilgan varaqni oʻz ish stolingizdagi kompyuter monitori yonida yoki vannadagi koʻzgu oynaning yonida joylashtirib qoʻying. Shunday qilingki, har bir kuningiz beixtiyor shu qoidalarni oʻqish bilan boshlansin. Oʻz ongizgizni real voqelikning salbiy tomonlari emas, ijobiy tomonlarini birinchi navbatda idrok etishga moslashtirish maqsadida har kuni oʻz qoʻlingiz bilan yozgan qoidalarni oʻzingiz beixtiyor qaytarish/oʻqishingiz kerak. 

Haqiqatning ijobiy idrokiga qanday moslashish mumkin?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar