Qiziqarli

Dunyoning turli mamlakatlaridagi maktablarda oʻtiladigan noodatiy darslar

Dunyoning turli mamlakatlaridagi maktablarda oʻtiladigan noodatiy darslar
Dunyoning turli mamlakatlaridagi maktablarda oʻtiladigan noodatiy darslar

Bunday fan – “Tabiatdan zavqlanish” deb nomlanadi. Bu fan oʻquvchilarga tevarak-atrof goʻzalligini qadrlashni oʻrgatadi. Butundunyo kompyuterizatsiyasi sababli bugungi kunda bolalar tabiat va tevarak-atrofga eʼtibor qaratmaydigan boʻlib bormoqdalar. Dars paytida oʻsimlik va hayvonot dunyosining rivojlanishi va ularnin g oʻzaro taʼsiri xususiyatlari oʻrganiladi. Boshqa darslar qatori bu fanga ham oʻqituvchilar oʻquvchilarga baho qoʻyadilar, yil oxirida esa imtihon ham topshiriladi.

Dunyoning turli mamlakatlaridagi maktablarda oʻtiladigan noodatiy darslar

Bu dars hozircha Germaniyaning birgina sharida oʻtilmoqda, uni odatda maktab direktorining oʻzi olib boradi. Maqsad – bolalarga qalblariga quloq solishni, ichki hissiyotlar bilan tashqi vaziyatlarni uygʻunlashtira olishni va bir soʻz bilan aytganda baxtli hayot kechirish sir-asrorlarini oʻrgatish. Bu fandan imtihon boʻlmaydi, ammo yilning oxirida har bir oʻquvchi oʻz shaxsiy loyihasini taqdim qilishi lozim: “baxt tushunchasi” haqida biror rolik suratga olishi yoki qandaydir xayr-ehson, sahovatli ishni amalga oshirishi kerak boʻladi.

Dunyoning turli mamlakatlaridagi maktablarda oʻtiladigan noodatiy darslar

Isroilning baʼzi maktablarida oʻquvchilarga maxsus noodatiy kurs – kiberxavfsizlik darsi oʻtiladi. Bu darsni oʻquv dasturiga kiritilishiga bolalarning kompyuter oʻyinlariga kuchli bogʻlanib qolayotganliklari sabab boʻldi. Kiberbogʻliqlik haqida nafaqat ota-onalar, balki shifokorlar ham bong ura boshladilar. Bu darsning nazariy va amaliy mashgʻulotlarida oʻquvchilarga oʻzlarini ijtimoiy tarmoqlarda qanday titish kerakliklari, sharhlarga qanday munosabat bildirib, qanday javob qaytarish kerakligi oʻrgatiladi. Shuningdek, bu darslarda bolalarga kompyuter oʻyinlariga tobelik haqida tushuncha berilib, unga qarshi kurashish yoʻllari oʻrgatiladi.

Dunyoning turli mamlakatlaridagi maktablarda oʻtiladigan noodatiy darslar

Boshqirdistonda asalarichilik umumtaʼlim maktablarining oʻquv dasturiga kiritilgan. Bu dars barcha maktablarda oʻtilmasada, shaxsiy asalarichilik xoʻjaligiga ega boʻlgan yuzlab umumtaʼlim maktablari bor. Asalarichilik darslarida oʻquvchilarga asalarilarni yetishtirish, asal yigʻish va shu kasbning boshqa sir-asrorlari ham oʻrgatiladi. Hamma gap shundaki, Boshqirdiston Respublikasi asal yetishtirish boʻyicha dunyoda yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi. Ushbu nufuzli darajani ushlab qolish uchun Respublikaning koʻpgina maktablarida asalarichilik asosiy darslardan biri sifatida kiritilgan.

Dunyoning turli mamlakatlaridagi maktablarda oʻtiladigan noodatiy darslar

Yashil  mintaqa – Avstraliya aholisini dunyodagi eng zoʻr serferlar, deb atash mumkin. Ushbu “eng zoʻr toʻlqinlarni zabt etuvchilar” unvonini saqlab qolish uchun Avstraliyaning barcha maktablarida serfing darsi umumtaʼlim dasturiga kiritilgan. Mamlakat hukumati sohilboʻyi plyajlarida chetdan kelgan sayyoh mahalliy aholidan yaxshiroq serfing uchishini xohlamaydi. Shuning uchun ham serfing mashgʻulotlari bolalarga yoshligidan majburan oʻrgatilib, hattoki maktab programmasiga ham kiritilgan.

Dunyoning turli mamlakatlaridagi maktablarda oʻtiladigan noodatiy darslar

Armanistonning barcha maktablarida xalq raqslari umumtaʼlim dasturiga kiritilgan. Mamlakat hukumati yosh avlod milliy anʼanalarni unutib yubormasligi uchun barcha imkoniyatlarini ishga solmoqda. Shu maqsadda mamlakatning barcha maktablariga maxsus kurs – xalq raqslari darsi kiritildi. Mashgʻulotlarda oʻquvchilar nafaqat milliy raqs tushishni oʻrganadilar, balki uning tarixi haqida ham bilimga ega boʻladilar. Oʻquvchilar bu darsdan “ozod” boʻlishga urunmaydilar. Chunki oʻquv yilining soʻngida oʻquvchilar ushbu fandan imtihon topshirishlari shart. Bu fandan imtihon topshira olmagan oʻquvchilar sinfda qolishlari aniq.

Dunyoning turli mamlakatlaridagi maktablarda oʻtiladigan noodatiy darslar

AQSH ning barcha maktablarida noodatiy fan – “Ilmiy kashfiyotlar” darsi kiritilgan. Mqsad – iqtidorli oʻquvchilarning ichki potentsiallarini ochib, yosh olimlarni yetishtirib chiqarish. Nazariy kursdan keyin barcha oʻquvchilarga vazifa beriladi – yangi biror narsani ixtiro qilish. Buni bajarish uchun oʻquvchilarga bir yil muhlat beriladi. Kurs yakunida oʻquvchilar oʻz ixtirolarini butun sinfga namoyish qiladilar. Soʻngra loyihaning aktualligi muhokama qilinib, unga baho beriladi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar