Foydali

Oilangizni mustahkamlash uchun 5 tavsiya

Oilangizni mustahkamlash uchun 5 tavsiya
Oilangizni mustahkamlash uchun 5 tavsiya

Bu ayol kishiga ham, erkaklarga ham birday tegishli. Yillar davomida oʻzingizni turli tashvishlar sabab unutib qoʻymang. Butun umr yoringiz uchun qiziqarli inson boʻlishni istasangiz, "Borim shu" qabilida ish qilishga shoshilmang.Turmush oʻrtogʻingiz bilan ilk uchrashuvlarga qanday tayyorgarliklar koʻrganingiz yodingizdami? Nima uchun ushbu harakatlarni bugun takrorlab koʻrmaysiz? Sport bilan shugʻullaning, turmagingizni oʻzgartirib koʻring. Xullas bir yerda toʻxtab qolmang. 

Oilangizni mustahkamlash uchun 5 tavsiya

Turmush oʻrtogʻingiz qiziqqan ishlar, kundalik yumushlarga yordam berishni past ketish deb hisoblamang.  Ayol kishi juftining sevimli mashgʻulotlari bilan qiziqishi unga nisbatan boʻlgan hurmatini oshiradi. Erkak esa haftada bir marta boʻlsa ham ayolining koʻnglini koʻtarish uchun biror uy yumushini bajarib bersa, oʻrtadagi mehr kuchayadi. Buni ana shu ishni qilish kerak boʻlgani uchungina amalga oshirmang. Balki juftingizning asl yoʻldoshiga aylanish, kerak ekanligini his qilishi va yolgʻiz emasligini bilib turishi uchun ham qiling.

Oilangizni mustahkamlash uchun 5 tavsiya

Hayotimizda eʼtiborni chalgʻituvchi narsalar juda ham koʻp. Bir martagina eʼtibor berib koʻring-a! Ishdan kelgan erkak darhol televizor qarshisiga joylashadi, ayol esa dugonalarining hayotidagi yangiliklarni bilish uchun telefonning ichiga kirib ketguday boʻlib oʻzining ham hayoti bor ekanligini unutadi-qoʻyadi! Axir, hayotning har bir daqiqasi gʻanimat. Uni bekorchi narsalar uchun emas, yaqinlaringiz va farzandlaringiz, yoringiz uchun sarf qiling. Imkon boʻlsa ishdan kelib telefoningizni oʻchirib qoʻying. Oila aʼzolaringiz bilan koʻproq suhbatlashing, ularning hayoti, ishlari, yangiliklari, muammolari, fikrlari bilan qiziqing. 

Oilangizni mustahkamlash uchun 5 tavsiya

Gʻamxoʻrlik– emotsional va jismoniy tushunchadir. Oila insonni bezdiruvchi narsaga aylanib qolmasligi kerak. Juftingizning tobi yoʻqmi? Darhol yordam berish uchun shoshiling! Garchi bu oddiygina shamollash boʻlsa ham. Kayfiyati yoʻq boʻlsa, shirin soʻz bilan koʻnglini koʻtaring. Toki yonida ekanligingizni his qilsin. 

Oilangizni mustahkamlash uchun 5 tavsiya

Umr yoʻldoshingiz bilan bir umr qoʻsha qarish, ajoyib hayot kechirish va umringizdan rozi boʻlish uchun chin koʻngildan duo qiling. Unga barcha yaxshiliklarni soʻrang, ularning teng yarmi oʻzingizga qaytib keladi axir. Taqdirdan minnatdor boʻling, shukrona keltiring. Yoringiz, oʻzingiz vafarzandlaringiz uchun ham hamisha duoda boʻling! 

Oilangizni mustahkamlash uchun 5 tavsiya
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar