Qiziqarli

Mariya Antuanetta – noyob goʻzallik sohibasi

Mariya Antuanetta – noyob goʻzallik sohibasi

Boʻlajak qirolichaning dunyoga kelishi turli koʻngilsiz alomatlar bilan bogʻlangan: tugʻruqqa bir kun qolganda Lissabonda daxshatli zil-zila boʻlib oʻtadi, tugʻruq jarayoni esa onasining yorugʻ dunyodan olib ketishiga bir baxya qoladi.  Ikki buyuk sulola – Burbonlar va Gabsburglar vakillarining nikohi sharafiga tashkil etilgan  ommaviy saylda bir necha yuzlab odamlar jarohat oladilar.

Mariya Antuanetta – noyob goʻzallik sohibasi

Biroq hosiyatsiz alomatlar ham, saroydagi qatʼiy tarbiya usullari ham Mariya Anutuanettadagi hayotga boʻlgan tashnalikni soʻndira olmaydi. Uning goʻzalligi esa tillarda doston boʻlib, zamondoshlari hayratiga   sabab boʻladi.

Saroy rassomi Madam Vidje – Labren oʻz xotiralarida shunday yozadi: “… uning tashqi koʻrinishidagi eng jozibali nuqta – noodatiy goʻzal  terisi edi. U goʻyo nur sochardi. Men boshqa hech kimda bunday goʻzallikni koʻrmaganman. Uning yuz terisi esa shaffof koʻrinishga ega edi. Buni hech qanday usul bilan tasvirlay olmasdim: undagi soflik va goʻzallikni tasvirlash uchun boʻyoqlar ojizlik  qilardi”.

Mariya Antuanetta – noyob goʻzallik sohibasi

Mariya – Antuanettadagi joziba tabiat ato  etgan husnmi yoki koʻp yillik  urinishlar samarasimi – hech kimga  maʼlum emas.

Shunisi aniqki, uning bisotida upa, losyon, pomada ,shaxsiy buyurtmasiga binoan terini tozalash va oqartirish  uchun mahsus tayyorlangan kremlar hazinasi mavjud edi.

Mariya Antuanetta – noyob goʻzallik sohibasi

Qirolicha teri parvarishida atirgul, lavanda, yasmin, liliya, nargiz, gulsapsar, tabargul va binafshadan samarali foydalangan. U ayol kisshini yoshini sotib qoʻyuvchi aʼzo- qoʻllar ekanligini yaxshi bilgan, shu bois kechalari qoʻliga asalari mumi, atirgul suvi va bodom moyi singdirilgan qoʻlqop kiyib uhlagan.

Mariya Antuanetta – noyob goʻzallik sohibasi

Qirolichaning soch parvarishiga oid sirlari hech kimga oshkor etilmagan. Faqatgina sunbul sochlar uchun shafran,  kurkum, sandal daraxti , rovochdan foydalangani maʼlum. Goʻzal hulqli va aslzodalarga xos tarbiya koʻrgan qirolicha hatto oʻlim oldida ham xushmuomalaligini saqlab qolgan. U tasodifan jallodning oyogʻini bosib olib, “Uzr soʻrayman, misʼe men bexosdan” degan ekan.

Mariya Antuanetta – noyob goʻzallik sohibasi
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar