Qanday qilib guldasta umrini "uzaytirish" mumkin?

1. Gullarni izgʻirin koʻchadan olib kelgan zahoti issiq xonaga olib kirmang. Ularni kirish yoʻlakchasida bir muddat qoldirib, undan keyingina issiq xonaga olib kirish mumkin.

2. Guldasta yangi haroratga koʻnikib olgach, guldonga soling. Suvga solishdan avval ortiqcha barglarini kesib tashlang. Aks holda guldondagi suv oʻzgarib, gullarni tez soʻlishiga olib keladi. Barglarni tozalash jarayonida tikanlarni ham olib tashlash yodingizdan koʻtarilmasin.

3. Gullarni guldonga solishdan avval bandlarini qiya tarzda uchli qilib kesing. Tekis kesilgan band guldon tubiga tegib kerakli suyuqlikni oʻzlashtira olmaydi. Unutmang, bandlarni suv ichida kesish kerak.

4. Guldastani xona haroratidagi suvga qoʻying va kuniga ikki mahal bir necha dona muz boʻlagidan tashlab turing. Muz mikroorganizmlar rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi. Yodda tuting, gullar bandini muzdek suvga solish aslo mumkin emas.

5. Gullar uzoq vaqt saqlanishi uchun ajoyib vositalardan biri – shakar va sirka. Buning uchun 1 litr suvga 1 oshqoshiq sirka va 25 g shakar solib qoʻyish kifoya.

6. Suvga 1dona asperin tabletkasini tashlab qoʻyish ham yaxshi samara beradi. Uning tarkibida suvni tez buzilishidan saqlovchi salitsil kislotasi mavjud. Aspirin tabletkasi oʻrniga bura, achchiqtosh va aroqdan foydalanish mumkin.

· Guldondagi suvni har kuni almashtiring va gul bandini oqar suv ostida yuving.
· Suvni faqat hona haroratidagi suvga quying.
· Guldastaga quyosh nurini togʻridan toʻgʻri tushmasligiga eʼtibor bering.
· Gullarni gaz plitasi va isitish radiator yaqinida qoldirmang.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



