Sitrus mevalarning salomatlik uchun foydalarini bilasizmi?

Barchamizga yaxshi tanish boʻlgan ananasning asl vatani Janubiy Amerika hisoblanadi.
Olimlar uning tarkibida oqsillarga taʼsir koʻrsatuvchi bromelayn moddasi borligini aniqlaganlaridan soʻng, uning foydali hususiyatlari bot-bot taʼkidlana boshlandi.

Fermentative kompleks – bromelayn, oqsil parchalanish jarayoninu jadallashtiradi. Ushbu proteazlar zararlab, kasallik paydo boʻlishining oldini oladi. Bromelayn ananas tarkibidagi yagona foydali modda emas, albatta. Ananas isteʼmol qilish tromboz va tromboflebitning paydo boʻlishiga toʻsqinlik qiladi, tarkibida foydali moddalar qonni suyultirib, uning yopishqoqlik darajasini pasaytiradi.

Ananas shishlarga qarshi taʼsir koʻrsatib, buyrak va yurak-tomir tizimi kasalliklari bilan ogʻrigan bemorlarga tavsiya etiladi. Bunday hollarda shifokorlar kuniga yarimta ananas tanovul qilishni yoki bir stakan ananas sharbati ichishni maslaxat beradilar.

Ushbu ekzotik meva qon tomirlari devoridagi qatlamlarni bartaraf qilishi bilan ham foydalidir. Ananasni muntazam ravishda isteʼmol qilish mushak va boʻgʻim ogʻriqlaridan xalos etadi degan qarashlar ham mavjud.

Ananas tarkibida oqsil, shaker, limon va askorbin kislotasi mavjud. Bundan tashqari, u B guruhi vitaminlari, A provitamini, C, RR va boshqa vitaminlarga boy. Ananas tarkibida magniy, kalsiy singari mineral modda va mikroelementlar mavjud. Ushbu meva tarkibidagi xushboʻy moddalar soni oltmishdan oshgani bois, uning ifori juda yoqimli.

Ananasning eng foydali hususiyatlaridan biri ortiqcha vazndan halos boʻlishda yordam berishdir. Demak, mukammal qomatga ega boʻlishni istaganlar ushbu tropik mevadan koʻproq isteʼmol qilishlari kerak.

Ananas kosmetologiyada dezinfeksiyalovchi vosita sifatida qoʻllaniladi, shu bilan birga yuzda yogʻli yaltirashlar paydo boʻlishining oldini oladi.

Mandarin koʻpchilik uchun eng sevimli sitrus meva hisoblanadi. Uning tarkibida juda koʻp miqdorda C vitamin (askorbin kislotasi) mavjud boʻlib, pektin moddalar, glikozid, mineral tuzlar, D, K, V1, V2 vitaminlari va efir moylariga boyligi bilan ajralib turadi.
Tarkibida koʻp miqdorda limon kislotasi boʻlgani tufayli, u oʻzida nitratlar va boshqa zararli komponentlarni toʻplamaydi.

· Mandarin kuz qish mavsumida organizm tomonidan yoʻqotilgan vitaminlarni tiklay oladi. U chanqoqni tez qondirib, tanani kerakli miqdordagi askorbin kislotasi bilan toʻldiradi, shamollash va isitmani tushirishda juda tez taʼsir etadi.
· Mandarin shamollashda qoʻl keluvchi mikroblar bilan kurashish hususiyatiga ega. Poʻsti yoʻtalni yengillashtirib,ovqatni tez hazm qilishga yordam beradi.

· Ushbu sitrus meva shishlarga qarshi kurashib, tarkibidagi sinefrin bronxlar faoliyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
· Mandarin isteʼmoli yurak kasalliklari rivojlanish havfini kamaytiradi, aterosklerozning oldini olib, tomir devorlarida xolestirin yigʻilib qolishiga toʻsqinlik qiladi.

· Mandarinni magʻzini oʻrab turgan oq toʻri bilan birga isteʼmol qilish kerak, sababi, uning tarkibida yurak-tomir tizimini mustaxkamlovchi glikozidlar mavjud.
· Mandarinlar antidepressantlar bilan aʼlo darajada bellasha oladi. Uning sharbati, yoqimli olovrang tusi esa asab tizimini tinchlantirish va organizmning umumiy toʻnusini koʻtarish hususiyatiga ega.

· Mandarinning poʻsti pektin moddalari,efir moylari, organik kislotalar va flavonoidlarga juda boy. Biroq ayrimmandarin yetishtiruvchilar unga aynan poʻsti orqali kimyoviy ishlov beradilar, hatto yaltirab turishi uchun maxsus mum sepish hollari ham uchrab turadi. Bunday mandarinlar poʻstini isteʼmol qilish salomatlik uchun katta xavf tugʻdiradi.

Xomiladorlikning ikkinchi uch oyligida aksariyat hollarda C vitamin yetishmovchiligi kuzatiladi. Ana shu vaqtda mandarin beminnat yordamchiga aylanishi mumkin. Biroq mandarin isteʼmoli boʻlajak ona va rivojlanayotgan bola uchun allergiya xavfini keltirib chiqarish ehtimolidan holi emas. Shu sabab, xomilador ayollar organizm uchun oʻta zarur boʻlgan mandarin isteʼmoli meyorini unutmagani maʼqul.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



