Qanday qilib uy sharoitida pardoz vositalarini tayyorlash mumkin?

Bozorda yoshartiruvchi niqob, bir marta ishlatilgandanoq yoshligingizga qaytarishga ishontiruvchi, moʻjizali kremlar, sochlarga surtish bilanoq “tezlikda oʻsib ketuvchi” balzam va niqoblar taklif qilinmoqda. Bularning hammasi shunchaki emas! Chiroyli idishlarning ichida koʻp hollarda kimyoviy aralashmalarda boshqa narsa yoʻq. Bu kabi mahsulotlardan foyda boʻlishi gumon. Shunga qaramay, terining tarangligi va sochlarning jilosini saqlab qolishni judayam xohlaysan kishi.

Bunda oʻtmishga kichik nazar tashlash bilan yordam berish mumkin. Yosh va goʻzal koʻrinishga keltiruvchi zamonaviy pardoz mahsulotlarisiz ham oʻtmishda ayollar goʻzal koʻrinishlarini saqlab qolishni uddalaganlar.

· Uy sharoitida badan va yuz uchun suli yormasidan tabiiy skrab tayyorlash mumkin. Suli yormasini suvga yoki sutga aralashtirsangiz yanada yaxshiroq boʻladi.

· Ertalabki bir finjon qaxva nafaqat tetiklashtiradi, yuz terisini ham tartibga kelrtiradi. Bunda qaxva yanchilgan boʻlishi kerak.

· Ichilgan sharbatning quyqumiga uzum danagi yogʻini yoki boʻlmasa zaytun yogʻi, choyqoshiq asal bilan aralashtirsangiz ajoyib hushboʻy hidli skrab xosil boʻladi. Bu skrab, yuz va badanni nafaqat tozalaydi, balki ajoyib namlantiruvchi hususiyatga ega.
· Qoʻlingizda umuman hech narsa boʻlmagan taqdirda ham oddiy usulda, tarkibida faqat shakar boʻlgan yogʻsiz Smetana va yogurtdan skrab tayyorlash mumkin.

Oʻtgan yuz yilliklarda ayollarning oʻziga xos gʻururi, bu sochlari boʻlgan.
Eski, qadimgi rassomlar tomonidan ayollarning sharsharadek uzun sochlari chizilgan rasmlarni tomosha qilib ham buni bilish mumkin. Ular qanday qilib, sochning goʻzalligini va rangini saqlab qolishgan? Bu holda ham tabiatga murojat qilingan.
Chakamugʻ – yoshartiruvchi va sochning jilosini saqlab, mustaxkamlashda, toʻkilishini oldini olishda birinchi oʻrinda turuvchi oʻsimlik.

· Chakamugʻ yogʻini xohlagan dorixonalardan topsangiz boʻladi. Bu niqobni haftasiga 4 – 5 martadan qilinganda yaxshi natijaga erishasiz.
· Agar sochlaringiz ortiqcha yogʻli boʻlsa, sochlaringizni yuvib boʻlgach, eman daraxti poʻstlogʻi damlamasi bilan chayib tashlang. Bunday damlama nafaqat sochlarning jilosini saqlaydi, balki ildizini mustaxkamlashda ham yordam beradi.

Mana shunday oddiy usullar yordamida uyda, oʻz qoʻlingiz bilan foydali pardoz vositalarini tayyorlashingiz mumkin. Ona tabiat bularning hammasini insonlar uchun oʻylab topgan. Koʻp hollarda bu kabi eng foydali pardoz vositalari, qimmatbaho kosmetik vositalaridan koʻra anchagina foydaliroqdir.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



