Kuling umringiz uzoq boʻladi: eng sara latifalar toʻplami

Aytishlaricha, qizlar ikki turga boʻlinarkan.
Birinchi turdagisi:
— Ishonasanmi, dugonajon, sevgan yigitim menga plitkali shokolad olib berdi. Sevgan yigitimni judayam yaxshi koʻraman!
Ikkinchi turdagisi:
— Ishonasanmi, dugonajon, sevgan yigitim menga «Ayfon» olib berdi. «Ayfon»ni judayam yaxshi koʻraman!

Xotin erta tongda oʻrnidan turib koʻzgu qarshisiga bordi va oʻziga oʻzi qayta-qayta qarab olgach, uxlayotgan erining tepasiga kelib dedi:
— Sizdaylarga buyam kam!
Yaponlar zamonaviy osma soat turini yaratishdi. Soathar safar asabiylashganda bir daqiqadan oldinga ilgarilarkan. Avval Yaponiyadagi barga ilishibdi. Roppa-rosa 24 soatdan keyin kelib qarashsa, atigi 2 daqiqa ilgarilabdi. Keyin Angliyadagi barga ilib ketishibdi. 24 soatdan keyin kelib qarashsa, soat 5 daqiqa ilgarilabdi. Rossiyadagi barga ilib ketishibdi. 24 soatdan keyin kelib qarashsa, soat joyida yoʻqmish. Barmendan soʻrashibdi:
— Biz kecha manavi yerga soat ilib ketgandik. Qani u?
Barmen javob beribdi:
— Iye, u soatmidi hali? Biz boʻlsak, qishda ventilyatorga balo bormi deb axlatxonaga irgʻitvoribmiz.
Erkak kompyuterlar doʻkoniga kelib sotuvchiga dedi:
— Men bir hafta oldin sizlardan kompyuter sotib olgandim.
— Xoʻsh, nima boʻldi?
— Kompyuter buzilib qoldi.
— Kafolot muddati qanaqaydi?
— Bir umrga kafolat bergandingiz.
— Buzilgan boʻlsa, demak, kafolat muddati tugabdi.

Muallim oʻquvchidan soʻradi:
— Tasavvur qil, qoʻlingda 10 ming dollar pul bor. Birov kelib sendan 2 ming dollar qarz soʻradi. Senda qancha dollar qoladi?
— 10 ming dollar.
— Mayli, olaylik, senda 10 ming dollar pul bor. Bezori kallakesar keldi-da, 2 ming dollarini tortib oldi. Qancha pul qoladi senda?
— 10 ming dollar va bitta basharasi buzilgan bezori kallakesar.
— Doʻxtir, sizning dorilaringiz bilan tuzaldim mana! Shunchalar minnatdormanki, soʻz bilan taʼriflashga ojizman!
— Soʻzni boshingizga urasizmi? Pul bilan taʼriflang,pul bilan!
Sakkizlik uchrashuvida Toni Bler debdi:
— Kecha tushimda men yer yuzining prezidentigaaylanganmishman.
Gapni Bushlar kichigi ilib ketibdi:
— Men boʻlsam, kecha tushimda koinot va yerning yagona prezidenti emishman.
Putin ikkoviga bir-bir qarab olibdi-da, debdi:
— Men tushimda ikkalangizning nomzodingizniyam tasdiqlamabman.
Besh yashar bolakay dadasi bilan hayvonot bogʻiga bordi. Sherning qafasi yonida toʻxtashgach, dedi:
— Dada, mabodo anavi sher ikkalamizdan birimizni yeb qoʻysa, nechanchi avtobusda uygacha yetvolay?
Sinoptikning oʻgʻilchasi otasidan soʻradi:
— Dada, ob-havo maʼlumotlaringiz har safar toʻgʻri chiqadimi?
— Albatta, faqat oy va kunlar toʻgʻri kelmay qolishini aytmasa.
Uy bekasi mehmonlarga mulozamat koʻrsatyapti:
— Olishib oʻtiringlar, uyalmanglar, olinglar, uyalmanglar!
Shu payt besh yashar qizchasi gapga aralashdi:
— Oyi, mehmonlarga xuddi bizning bogʻchadagiday gapirish kerak.
— Bogʻchangda qanday gapirishadi?
— Bogʻchamizda: «Nima yegilaring kelsa, uyingga borgandan keyin yeysanlar. Bu yerda nima bersa shuni gʻajib oʻtirlaring!» deyishadi.
Erkak doʻstiga dedi:
— Sen bilan kelinga havasim keladi. Hamisha birgasizlar! Kecha bozorga chiquvdim, qarasam, yana ikkovlaring xuddi oshiq-moshiqlarday qoʻltiqlashib ketib boryapsizlar! Biram havas qildi-im!..
— E, bu nima deganing? Oshiq-moshiqmish. Agar uni qoʻltiqlab olmasam, qimmatbaho buyumlarni koʻrdi deguncha oʻsha yoqqa chopqillab qoladi.
Yigit doʻstiga dedi:
— Vey, bu nima qilganing? Yaqinda uylangan boʻlsang, yana nimaga paltongning tugmasini oʻzing qadayapsan?
— Jinnimisan? Bu mening paltommas, xotinimniki!

Suratkashni tugʻilgan kunga taklif etishgandi. Birnechta suratlar olib uy bekasiga koʻrsatdi. Uy bekasi qoyil qolib, hayratini yashira olmay dedi:
— Voy, suratlarning zoʻr chiqqanini! Fotoapparatingiz yangimi deyman?
Suratkash xafa boʻldi-yu, sezdirmadi. Faqat ketayotgan payt uy bekasiga dedi:
— Pishirgan ovqatlaringiz judayam mazali ekan! Qozoningiz yangimi deyman?
Tiqilinch avtobusda. Yoshi 80 dan oshgan qariya yonidagi yigitga dedi:
— Qara, hov anavi yerda keksa kampir turibdi. Chaqirib joy boʻshatsang boʻlmaydimi?
Yigit qariyaning qulogʻiga shivirladi:
— U mening qaynonam, ota!
— Iye, shunaqami? Unda manavi tizzangdagi yarim qop yukingniyam uning yelkasiga ort, tizzada yuk olib oʻtirish juda noqulay-da,bolam!
Kasalxonada amaliyot oʻtayotgan talaba qiz vrachga dedi:
— Doʻxtir, menga boshqa kasalni bera olmaysizmi?
— Nega?
— Boyagi berganingiz oʻlib qoldi.
70 yoshli kampir dugonasiga dedi:
— Tovba, haliyam ikkitasi meni talashib bir-birining goʻshtini yeb yotibdi.
— Yoʻgʻ-e, kimlar? Men taniymanmi?
— Taniysan.
— Ismi nima ularning?
— Biriniki Parkinson, ikkinchisiniki Altsgeymer.
Erkak yaqin doʻstiga dedi:
— Agar temir yoʻl vokzaliga borib mening oʻrnimga qaynonamni kutib olsang, ellik dollar beraman.
— Kelmasa-chi qaynonang?
— Unda yuz dollar olasan.
Besh yashar bolakay onasiga dedi:
— Oyi, men ulgʻaysam, koʻcha supuruvchi boʻlaman!
— Voy, nega?
— Koʻcha supuruvchi boʻlsam, kun boʻyi koʻchada oʻynayman-da!
Toʻrtta bolasi bor erkak ishdan qaytishda bir quti shokolad sotib oldi-da, uyga kirgach, bolalaridan soʻradi:
— Kim onasining gapini ikki qilmasa, onasining gapiga quloq solsa, u bilan tortishmasa, mana shu konfetlar oʻshaniki boʻladi. Xoʻsh, aytinglar-chi, konfetlar kimniki boʻladi?
Bolalari baravar javob berishdi:
— Sizniki, dada, sizniki!

Besh yashar bolakay koʻchada oʻynab yurgandi. Qarasa, keksa bir kampir yigʻlab oʻtiribdi. Asta yaqin bordi-da, soʻradi:
— Momo, nega yigʻlayapsiz?
— Men hech kimga kerak boʻlmay qolibman, bolam.
Bolakay birpas oʻylanib turdi-yu, soʻradi:
— Momo, hamma-hammadan soʻradingizmi?
Toʻrt yashar bolakay televizor orqali kuylayotgan opera xonandasining qoʻshigʻini tinglab turdi-da, dadasiga dedi:
— Dada, xoh ishoning, xoh ishonmang, bogʻchada biz shunaqa baqirsak, tarbiyachimiz urishib beradi!
Temir yoʻl vokzali. Jinni boshqa bir jinniga yaqin kelib soʻradi:
— Kechirasiz, mana shu yoʻlda «Toshkent-Moskva» poyezdi turgandi. Koʻrmadingizmi?
— Ketib boʻldi u poyezd.
— Ketib boʻldi? Qayerga ketdi?
— Eshitdingmi yangilikni?
— Qanaqa yangilik?
— Dunyo olimlari sabzavotlar ham bir-biri bilan muloqot qilishini aniqlashibdi. Ammo bu muloqot «Odnoklassniki» saytida sodir boʻlarkan.
Ona uch yashar bolasiga dedi:
— Agar hadeb yigʻlayversang, seni gapga quloq soladigan, yigʻlamaydigan, yuvosh bolaga almashtirib kelaman.
— Almashtira olmaysiz?
— Nega?
— Qaysi ahmoq yaxshi bolani yomon bolaga almashardi!?.
— Dadasi, uch oydan beri qanday mashina olishni bilmay hayronsiz. Menga tanishganimizga uch kun boʻlgandayoq uylanib olgandingiz.
— Xotin, tushunmaysan-da! Mashina sotib olish uylanish degani emas!
— Eshitdingmi, Toshmatvoy aka tomorqasiga judayam qoʻrqinchli yogʻoch haykalcha qoʻyib olibdi!?
— Yoʻgʻ-e!
— Ha, haykalcha shu qadar qoʻrqinchli ekanki, oʻtgan yili don oʻgʻirlab ketgan qargʻalarning hammasi oʻsha donlarni qaytarib berishibdi.
Ota oʻgʻlidan soʻradi:
— Xoʻsh, maktabda ishlar qalay?
— Zoʻr! Beshinchi sinf bilan oʻzaro shartnoma muddatini yana bir yilga choʻzdim!

— Doʻxtir, rahmat! Meni boylik vasvasasidan xalos etdingiz! Xoʻsh, xizmat haqingizga necha million soʻm soʻraysiz?
Yigit qizga dedi:
— Yur, restoranga boramiz!
— Men, bormayman. Sizdan xafaman.
— Yura qolgin!
— Mensiz boravering.
— Qanday qilib sensiz boraman? Axir, pulim yoʻq-ku!
Tun. Poyezd kupesi. Erkak ikkinchi qavatdan pastga quladi.
Xotin:
— Nima boʻldi?
Er:
— Koʻylagim tushib ketdi.
Xotin:
— Nega unda dupurlagan ovoz keldi?
Er:
— Koʻylakning ichidan chiqishga ulgurmay qoldim.
Boʻri quyonni oʻzining tugʻilgan kuniga taklif etdi.
Quyon:
— Albatta boraman, boʻrivoy! Meni tugʻilgan kuningga taklif qilganing uchun boshim osmonga yetdi.
Boʻri oʻzicha oʻyladi:
— Mana, gazak topildi. Endi taom topsam, bas!
Milliarder yaqin doʻstining oʻgʻlini tugʻilgan kuni bilan qutlash niyatida tashrif buyurdi va soʻradi:
— Bolajon, tugʻilgan kuningga nima sovgʻa qilay?
— Temir yoʻl.
— Ha-a... Olti yuz ming chaqirimligi yetadimi?
Erkak oʻrmonga borib kattakon archaning ostida turib olgancha Xudoga nola qilardi:
— Xudoyim, menga shu archada nechta igna boʻlsa, shuncha boylik ato et!
Buni eshitgan tanishi soʻradi:
— Agar shuncha boylikka ega boʻlib qolsang, mengayam yarmini berasanmi?
— Bu nima deganing? Yo senga oʻrmonda archa kamlik qilayaptimi?
Bozorda bir erkak toʻtiqush va xoʻroz sotayapti. Xaridor soʻradi:
— Toʻtiqush necha pul?
— Oʻn ming soʻm.
— Namuncha qimmat?
— U «Sen jinni» deb gapira oladi.
— Xoʻroz qancha?
— Yigirma ming.
— Iye, nega buncha qimmat?
— U aqlli. Jinni demaydi-ku, lekin shunday deb oʻylay oladi.

— Oyijon, koʻzgungizni sindirib qoʻydim. Faqat meni koyimang! Dadam aytdilarki, endi boʻsh vaqtingiz judayam koʻp boʻlarkan.
Er xotiniga dedi:
— Hayron qolaman-da! Koʻz tegmasin-u, lekin oʻgʻlimizning miyasi toʻla aql-a! Kimdan oʻtgan ekan-a?
— Sizdan oʻtgan boʻlsa kerak. Chunki, mening aqlim joyida turibdi.
Ona oʻgʻliga dedi:
— Bugun seni jazolayman. Kechqurun ovqat yemasdan uyquga yotasan.
Ota bosh qashib turib dedi:
— Mana shu shoʻrvangni ichishga majbur qilganingda, yanada ogʻir jazo bergan boʻlarding.
Erkak restoranga kirib oʻtirgach, ofitsiantkaga dedi:
— Menga bir piyola choy bering. Choyga oʻn qoshiq shakar soling. Ammo aralashtirmang. Shirinlikka unchalik hushim yoʻq.
Ilgari men tennis, futbol, xokkey deganini shunday mohirlik bilan oʻynab qoʻyardimki, menga teng keladigani bu dunyoda yoʻq edi... Afsuski, oʻgʻlim kompyuterni buzib qoʻygandan soʻng hammasi tugadi...
Birinchi sinfga borishi kerak boʻlgan bolakayni maktabga sudrab olib kelishayapti. U tinimsiz ovozining boricha baqirardi:
— Oʻn bir yil?.. Qaysi gunohim uchun???
Ota oʻgʻlidan soʻradi:
— Maktab direktoringning familiyasi nima?
— Bilmayman.
— Sinf rahbaringniki-chi?
— Uniyam bilmayman.
— Iye, yoshing oʻn beshga yetdi-yu, haliyam «bilmayman» dan nariga oʻtolmasang!.. Nechanchi sinfda oʻqiyotganingni bilarsan, hech boʻlmasa?
— Albatta. Ahmoqmanmi bilmay?
— Xoʻsh, nechanchi sinfda oʻqiysan?
— Uchinchi.
Sayyohlar tunda aeroportga kelib tushishdi. Ularni avtobusda qayergadir olib ketishdi. Yoʻlning yarmiga yetishganda pastlikka tushish kerak ekan. Avtobus katta tezlikda pastga tusha boshladi. Sayyohlardan biri kuzatuvchiga dedi:
— Iltimos, haydovchiga ayting, sekinroq haydasin!
— Iloji yoʻq. Uygʻotib yuborsam oʻldiradi.
Chumoli va fil razvedkaga chiqishdi.
Chumoli:
— Fil! Yot! Dushmanlar meni payqab qolishdi!
Ikki kar gaplashishyapti:
— Sen baliq oviga ketyapsanmi?
— Yoʻq, men baliq oviga ketyapman.
— Ha-a, men baliq oviga ketyapsanmi deb oʻylabman.
Erkak toʻtiqushini gapirishga oʻrgatayapti:
— Men yurishni bilaman.
— Men yurishni bilaman.
— Men gapirishni bilaman.
— Men gapirishni bilaman.
— Men ucha olaman.
— Aldamang.
Ona qoʻshnisiga maqtanayapti:
— Bilasizmi, qizim Hilolaxon atigi olti yoshga toʻlgan boʻlsayam ingliz tilini, algebrani oʻrganayapti. Qizim, algebrachasiga «Salom» soʻzini aytib ber!
Tish doʻxtiri mijozdan soʻradi:
— Xoʻsh, boshlaymizmi? Qoʻrqmaslik uchun oʻzingizda kuch toʻplab oldingizmi?
— Ha, endi tishimga tegib koʻring-chi...
Xotin eriga dedi:
— Siz mening qarindoshlarimni yomon koʻrasiz!
— Bekorlarni aytibsan! Masalan, sening qaynonangni oʻzimning qaynonamdan koʻra koʻproq yaxshi koʻraman.
Xasisdan qoʻshnisi soʻradi:
— Ha, oshna, kasal boʻlib qoldingizmi?
— Yoʻq.
— Unda nega ketma-ketiga dori ichayapsiz?
— Saqlanish muddati tugashiga yaqin qolibdi. Uvol boʻlmasin dedim.

Qoʻlini sindirib olgan millionerga vrach dedi:
— Singan joyingizni gipslamasak boʻlmaydi.
— Gipslashingni boshimga uramanmi? Marmarla, haqini toʻlayman!
— Bilasanmi, men "Moskvich" eng sadoqatli mashina deb hisoblayman!
— Nega?
— Chunki, uni bir marta xarid qilasan-u, umring oxirigachayam birovga sota olmaysan.
— Ishonasanmi, kecha shaxsan Kasparov bilan oshxonada bir stol atrofida oʻtirdim.
— Nima boʻpti?
— E, tuzni uzatib yuboring desam, naq qirq besh daqiqa kuttirdi.
Fransuz yozuvchisi Viktor Gyugo kunlarning birida Prussiyaga joʻnadi. Chegarada askar undan soʻradi:
— Nima ish qilasiz?
— Yozaman.
— Men sizdan kundalik hayotingizni nimaning evaziga kechirasiz deb soʻradim.
— Qalam evaziga.
— Shunaqami? Unda yozib qoʻyamiz: «Gyugo. Qalamfurush.»
Ikki tanish ishbilarmon tasodifan qabulxonada uchrashib qolishdi.
— Salom, ishlar qanday?
— Ha, ochigʻini aytsam, unchalik yaxshi emas. Gap shundaki, korxonam yonib ketdi. Endi taʼtilga chiqib, yuz ming dollar sugʻurta puli olmoqchiman.
— Buni qara-ya, mening ham korxonamni suv bosib, barcha ishlarim yoʻqqa chiqdi. Endi salkam bir million dollar sugʻurta puli olishim kerak.
Bir daqiqalik jimlikdan keyin birinchi ishbilarmon ikkinchisining qulogʻiga sekin dedi:
— Ayt-chi, suv toshqinini qanday uyushtirsa boʻlarkan.
Qiz dengizchi askardan soʻradi:
— Dengiz juda chiroyli boʻlsa kerak-a?
— Bilmadim, men suv ostida xizmat qilaman.
Boʻri Qizil Shapkachaning yoʻlini toʻsib soʻradi:
— Qayerga ketayapsan? Buvijoningnikigami?
— Ha.
— Savatingdagi somsami?
— Ha.
— Gazetaga oʻralganmi?
— Ha.
Kel, oʻsha gazetangni oʻqishga berib tur!
Oʻsmir harbiy komissariatga kelib dedi:
— Men harbiy dengiz flotida xizmat qilishni xohlayman.
— Xoʻp. Suzishni bilasanmi?
— Suzishni?.. Nima, flotda kema yoʻqmi?
Xotin goʻzallik salonidan chiqib eridan soʻradi:
— Xoʻsh, qandayman?
— Unchalik emas-u, lekin harakat qilganing koʻrinib turibdi.

Bolakay lagerdan turib ota-onasiga xat yozdi:
— Oyijon, adajon, mening ahvolim yaxshi. Kecha bizning lagerda boks boʻyicha musobaqa boʻldi. Mana, tish pastasi, choʻtkasi vashunga oʻxshash keraksiz buyumlarimni sizlarga yuborayapman.
— Eshmat Boʻribosarovich, mana shu filni bir milliongasotib oling!
— Bu nima deganingiz? Men bor yoʻgʻi ikki xonali kvartirada yashasam, shunday katta filga joyni qayerdan topaman? Nima berib boqaman? Yoʻq...
— Boʻpti, oʻsha pulga ikkita fil beraman.
— Bu boshqa gap.
Ofisga qoʻngʻiroq qilishdi.
— Yaxshi qiz, faksni qabul qilib oling!
— Toʻxtang, oldin ruchkamni topib olay!
Birinchi sinfga borgan bolakay bogʻchaning yonidan oʻtib ketayotib, oʻynab yurgan bolalarga yaqinlashdi-da, dedi:
— Eh, jon deb sizlarga qoʻshilardim-u, maʼlumot qurgʻur yoʻl qoʻymaydi-da!
Togʻ. Choʻpon qoʻylarini haydab ketib borardi. Shu payt qoʻl telefoni jiringlab qoldi. Telefon ovozini eshitgan qoʻylar taqqa toʻxtab choʻpon tomonga qarashdi. Choʻpon esa, kim bilandir gaplashib boʻlgach, telefonni choʻntagiga solarkan, qoʻylarga dedi:
— Xavotirlanmanglar, meni soʻrashibdi!
— Qoʻshnijon, qozoningiz bormi?
— Ha.
— Kattami?
— Ha.
— Koʻk ranglimi?
— Ha... Qozon kerakmidi?
— Yoʻq, shunchaki... Gap yoʻgʻida gap-da!
Kapitan serjantdan soʻradi:
— Nega harbiy xizmatga yangi kelganlarni ikki qator saflantirib, novchalarni oldinga, past boʻylilarni orqaga turgʻazib qoʻydingiz?
— Kechiring, men armiyaga kelgunimcha bozorda meva-cheva sotish bilan shugʻullangandim.
— Oshna, muncha xoʻrozing dangasa boʻlmasa?
— E, asti soʻrama! Ishonasanmi, ertalablari mahalladagi xoʻrozlar qichqira boshlasa, mening xoʻrozim ularga javoban bosh irgʻab qoʻya qoladi.
Harbiy komisarriatda armiyaga chaqiriluvchidan soʻrashdi:
— Ismi-sharifingiz nima?
— Aleksandr Sergeyevich Pushkin.
— Shu ism-sharif juda tanish koʻrinayapti-da!
— Toʻgʻri. Dadam mana shu yerda ishlaydi.
Professor talabalar bilan palatalarga kirib,bemorlarni koʻrar ekan, shogirdlariga kasallikni toʻgʻri aniqlashga yordam beradigan belgilar toʻgʻrisida gapirdi:
— Masalan, mana bu yerda, — dedi u bir bemor yonida toʻxtab, — koʻkrak qafasi kengaygan bemorni koʻrayapmiz. Odatda bu xil holat musiqa asboblarini puflab chaluvchilarda kuzatiladi. Siz musiqachimisiz?
— Ha.
— Ana koʻrdingizmi, — dedi xursand boʻlib ketgan professor, — sinchkov koʻzga hammasi maʼlum. Qanaqa musiqa asbobini chalasiz?
— Baraban chalaman.
Sayohat agentligiga qoʻngʻiroq qilishdi.
— Allo, Misrga yoʻllanma sotasizlarmi?
— Ha.
— Misrda qanday kurortlar bor oʻzi?
— Sharm-al-Shayx, Xurgada, Taba, Nuveyba.
— Toʻxtang, Nuveyba dedingizmi?
— Ha, qachon bormoqchisiz?
— Uzr, biz... Shunchaki, skanvord yechayotgandik. Nuveyba toʻgʻri keladi.
— Azizam, 8 mart bayramiga qanday sovgʻa taqdim etishimni istarding? SMSmi yoki MMSmi?
Yozma imtihondan chiqqan abituriyent doʻstidan soʻradi:
— Biror nima yozdingmi?
— Yoʻq, toza qogʻozni topshirib yubordim.
— Jinnimisan? Endi meni sendan koʻchiribdi deb oʻylashadi.
Okulist talabalarga lektsiya oʻqiyapti:
— Har bir koʻrish qobiliyati yomon boʻlgan odam yonida ikkita koʻzoynak olib yurishi kerak. Biri oʻqish uchun, ikkinchisi birinchisi yoʻqolganda topib olish uchun.
Maktabda yangi yil ertasi. Qorbobo kiyimida harbiy taʼlim muallimi.
— Salom bolalar!
— Salom, Qorbobo!
— Yoʻq, jaranglamadi. Yana bir marta takrorlaymiz!
Haydovchi tanishlariga maqtanayapti:
— Men mashinamni shu qadar tez haydaymanki, koʻchadagi simyogʻochlar tep-tekis koʻrinadi.
— Bu nima boʻpti. Yaqinda men mashinamda shunaqangi zoʻr agʻdarildimki, orqadagi davlat raqamini koʻrdim.
Yigit doʻstiga dedi:
— Men nimani orzu qilishimni bilasanmi?
— Yoʻq.
— Bankni oʻmarsam-da, oʻgʻirlik sodir boʻlgan joyda qaynonamning barmoq izlarini qoldirib ketsam deyman.
— Kechirasiz, manavi baliqlar yangimi?
— Bilmadim, men bu doʻkonda uch oydan beri ishlayapman xolos.

Jinoyatchining uyini militsionerlar tintuv qilishyapti. Undan soʻrashdi:
— Avtomat kimniki?
— Kalashnikovniki.
— «Doʻkonga farrosh kerak! Imzo: Xaridorlar.»
Ayol qoʻshnisiga dedi:
— Qoʻshnijon, yoʻqligingizdan foydalanib siz haqingizda qoʻshnilar shunaqangi yomon gaplarni gapirib tashalashayapti!..
— E, bu gaplar nima boʻpti? Yoʻgʻimda menga desa kaltaklashmaydimi...
— Bobo, uxlayapsizmi?
— Nimaydi?
— Ikki ming soʻm berib turing!
— Uxlayapman, bolam, uxlayapman.
Uch abituriyent imtihon topshirayapti. Birining otasi oʻta badavlat. Ikkinchisining tanishi badavlat. Uchinchi abituriyent kambagʻal oiladan. Birinchi abituriyentdan soʻrashdi:
— Qaysi mamlakat ustiga ilk bor atom bombasi yogʻdirilgan?
— Yaponiya.
— Toʻgʻri, bahongiz «5»!
Ikkinchi abituriyentdan soʻrashdi:
— Ilk bor qaysi mamlakat ustiga atom bombasi tashlangan?
— Yaponiya.
— Toʻgʻri. Nechanchi yilda?
— 1945 yil.
— Toʻgʻri, bahongiz «besh»!
Uchinchi abituriyentdan soʻrashdi:
— Ilk bor qaysi mamlakat ustiga atom bombasi tashlangan?
— Yaponiya.
— Nechanchi yili?
— 1945 yili.
— Qaysi shahriga tashlangan?
— Xirosima.
— Nechta odam halok boʻlgan?
— Ikki yuz toʻqson toʻrt ming kishi.
— Oʻlganlarning ismi shariflarini ayting.
Ayol doʻkonda yangi palto sotib olayotib sotuvchidan soʻradi:
— Mabodo erimga yoqmay qolsa, «Sotib olingan buyumlar qaytarib olinmaydi» deya olasizmi?
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



