Kosmos sinoati: Gagarinning xayrlashuv maktubi, kosmosga chiqqan ilk jonivorlar va poyabzalning antiqa bogʻichlari

Yuriy Gagarin bilan yoʻlga chiqqan "Vostok" havo kemasi yerga yaqin boʻlgan joyda 108 daqiqalik safarni amalga oshirdi va ushbu vaqt ichida sayyoramizni aylanib oʻtdi. Keyinchalik havo kemasi SSSR hududiga kelib qoʻndi. Yerdan bir necha kilometr balandlikda esa kosmonovt havo kemasi ichidan katapulta usulini amalga oshirdi va Saratov viloyati, Tenrovskiy tumanidagi Smelevka qishlogʻiyaqinidagi Volga daryosi boʻyiga Moskva vaqti bilan 10:55 ta parashyutda tushib keldi.

Insoniyatning ilk bor kosmosga chiqishi uchun 20 ta odam nomzodlik qilar edi. Ular mamlakatning eng yaxshi uchuvchilari emasdilar, ushbu kosmonavtlarni parvoz rahbari Sergey Korolev boʻy balandligi,vazn va salomatlik darajasiga qarab tanlab olgan.
1959 yili Aviatsion tibbiyot institutida kosmonavtlarni tanlab olish va tayyorlash boʻyicha boʻlim tashkil qilindi.
Kosmonavtlarni uzoq muddat davomida va turli usullar bilan tekshirib koʻrishdi. Aylana kresloga va maxsus argʻimchoqlarga solib qoʻyib sinashdi.
Gagarinning organizmi esa juda chidamli ekan. Bardosh va chidam sifatlarini sinagan bosim testlari paytida Gagarin eng yuqori natijalarga ega boʻldi, uning tanasi turli sharoitlar va taʼsirlar - vibratsiya, ogʻirlik, gipoksiyaga osonlikcha moslashib olar edi.
Bundan tashqari Gagarinni oʻta murakkab sinov jarayoniga ham duchor qilishdi. Bunda kosmonavtni stol ustiga kamarlar bilan bogʻlab qoʻyishgan va 10 daqiqa shu holatda qimirlamasdan yotgan. Laborant tana koʻrsatkichlarini birma-bir qayd etib bordi. Keyin esa stolni tik holatga keltirdilar, navbatdagi 20 daqiqa davomida ham organizmdagi barcha oʻzgarishlar yozib olindi. Keyin kosmonavtninng boshini pastga qaratib tik holatga keltirildi. Uni vibrostend, barokamera ichida sinab koʻrishdi, hotira va diqqatni jamlay olish qobiliyatlari tekshirildi.
Bundan tashqari kislorod yetishmasligi holatiga nisbatan qanday taʼsir koʻrsatishi ham aniqlandi. Sinovlar davomida ruhiy tekshiruvlar olib borildi. Yuriy Gagarin turli jadvallar, apparatlar, ruhiy testlar bilan ishladi, yuzlab savollarga javob berdi, aqlining tezkorligi va emotsional reaklilar, uddaburonlik sifatlari tekshirib olindi.Yuriy Gagarin esa bularning barchasida aʼlo natijalarni koʻrsata oldi. Uni jimjitlik bilan qoplangan xona ichiga solib qoʻydilar, kosmonavt bu yerda 10 sutka davomida bir oʻzi qoldirildi. Izolyatsiya xonasida boʻlgan paytlari Gagarin badantarbiya bilan shugʻullandi, kitob oʻqidi, kunadlik yozdi, shifokorlar esa uning salomatligini nazorat qilib turdilar.

Tibbiy natijalar tayyor boʻlgach, Gagarin ish boshlash uchun xozir ekanligi maʼlum boʻldi. soat 9:07 da "Vostok" orbitaga chiqdi. 9:48 da esa Gagarindan xabar keldi: "Oʻzimni yaxshi his qilyapman, kayfiyatim yahshi"
Bu paytda esa dunyo Yuriy Levitanning mashhur ovozi bilan oʻqib berilgan olamshumul xabarni tingladi: "1961 yilning 12 aprel kuni Sovet Ittiqofqida Yer orbitasiga ichida inson mavjud boʻlgan dunyodagi birinchi kosmik kema-yoʻldosh "Vostok" parvoz qildi".

Gagarinning yonida barcha yaxshi tanigan German Titov bilan Grigoriy Nelyubov ham boʻlgan. Gagarin va Titovdan farqli oʻlaroq, u egniga skafandr kiymagan edi. Ammo keskin holat yuzaga kelsa parvoz uchun tayyor holatda boʻlgan. Ammo keyinchalik Nelyubovning taqdiri omadsizliklar bilan toʻla boʻldi. Gagarinning parvozidan bir muddat oʻtib uni tartibni buzgani uchun kosmonavtlar otryadidan chiqarish tashladilar, keyinchalik esa baxtsiz hodisa sababli olamdan oʻtdi.
Ushbu maktab Gagarin bilan kutilmagan va halokatli xodisa sodir boʻlsa uning ayoliga berilishi kerak boʻlgan. Xayriyatki, insonning kosmosga birinchi parvozi juda yaxshi oʻtdi. Biroq maktubni Yerning birinchi kosmonavti 1968 yil 27 mart kuni aviahalokatda vafot etganidan keyin uning jufti haloli Valentina Ivanovnaga yetkazib berdilar.
Buning sababi kosmonavtning vaznsizlik holatiga qanday vaziyatga toʻqnash kelishi aniq boʻlmagani bilan bogʻliq edi. Ammo har ehtimolga qarshi Yuriy Gagaringa maxsus kod berilgan, ushbu kod yordamida kemaning qoʻlbola boshqaruvini ishga tushirish mumkin boʻlgan.
Bularning biri Yuriy Gagarin, qolgan ikkisi uning dublyorlari German Titov va Grigoriy Nelyubov tomonidan yozilgan edi. Huddi shu kabi TASS xabari ham 3 hil koʻrinishda boʻlgan. Ularning birida parvozning omadli oʻtgani, yana birida kosmonavtlarning qidirilayotgani, yana birida kemaning halokatda uchragani aytilgandi.
Ammo bu iborani uzoq vaqtga qadar hech qayerda yozmaganlar.
Gap shundaki, Gagaringa qadar hech kim havo kemasining atmosfera qatlamidan qanday oʻtishi haqida tasavvurga ega boʻlmagan. Shu sababli Gagarin ham illyuminator orqali olov uchqunlarini koʻrib, kosmik kema yonayotgani va bir necha daqiqadan keyin oʻlishini tahmin qilgan. Aslida esa buhar bir parvoz vaqtida kuzatiladigan oddiy holat edi.

Yuriy Gagarin Nikita Xyushyovning yonida doklad oʻqish uchun gilam ustidan borar ekan kadrda uning poyabzalidagi yechilib ketgan bogʻichlar tushib qoladi. Bu esa odamlarning Gagaringa boʻlgan mehrini yanada oshirib yubordi. Ammo oʻsha marosimda qatnashgan Sergey Xrushyov kosmonavtning poyabzali bogʻichlari bunday holatda boʻlmaganini aytgan.

Bu kabi savol oddiy odamlar tomonidan kosmonavtlarga juda koʻp bor berilgan. Uzoq vaqt mobaynida kosmosdan faqatgina Buyuk Xitoy Devori koʻrinishi haqida aytardilar. Ammo kosmonavtlar devorning aniq jolashuv oʻrnini bilmagan odamni uni koʻrish qiyin ekanligi haqida aytishadi. Buni Xitoyning ilk kosmonavti Yan Livey ham taʼkidlagan. Ammo kosmosdan turib Misr piramidalari juda yaxshi koʻrinar ekan.

Koʻpchilikka maʼlumki, kosmosga ilk bora kuchuklar olib chiqilgan. Oyga esa ilk marta borgan hayvon - toshbaqa sanaladi. Bu 1968 yilda sodir boʻlgan. Sovet ittifoqining "Zond-5" kosmik kemasi ichiga Oʻrta Osiyo toshbaqalaridan olib qoʻyishgan.

Haqiqatan ham, sovet kosmonavtlari orasida keng tarqalgan ushbu odat Rossiya kosmonavtlari orasida haligacha bor. Ular parvoz oldidan "Sahroning oq quyoshi" filmini tomosha qiladilar. Ammo bu mantiqsiz odatning oʻzi emas. Ushbu film kosmonavtlarda operatorlik ishi namunasi sifatida namoyish qilinadi, uning timsolida kamera bilan ishlash asoslari tushuntirib beriladi.
Odamlar orasida keng tarqalgan afsonalardan biriga koʻra, NASA kosmosda yozish imkoniyatiga ega boʻlgan ruchkani yaratish uchun bir necha million dollar pul sarflagan. Ammo rus kosmonavtlari parvoz vaqtida oddiy qalamlardan foydalanganlar. Aslida esa Amerika kosmonavtlari ham oddiy ruchka yoki flomasterlar yordamida yozishgan. Buning asosiy kamchiligi uning mayda zarralari kosmonavtlarga zarar yetkazishi ehtimoli bilan bogʻliq edi. 1960 yillarda esa ixtirochi Pol Fisher har qanday holatda ham yozish imkoniyatiga ega boʻlgan ruchka yaratdi. Uni NASAga donasini 2 dollardan sotgan. Keyinchalik ushbu ruchkani Rossiyaning kosmonavtlarga ham olib berishgan.

Charlz Simoni tarixda ikki marta kosmik sayohatni amalga oshirgan ilk sayyoh sanaladi. U 2007 va 2009 yillarda Halqaro kosmik stansiyaga qadar uchib borgan. Yaqindagina uylangan Charlzning nikoh shartnomasiga esa uning rafiqasi tomonidan kosmosga qayta uchishni taʼqiqlovchi band kiritib qoʻyilgan.
Salamanka bosh ibodatxonasi (Ispaniya) 12 asrda qurilgan boʻlib, bu yerda skafandr kiygan kosmonavt tasviri aks etgan. Ammo ushbu gʻoya mistik mavjudotlarga tegishli emas. Shunchaki kosmonavt tasvirini 1992 yildagi qayta tiklash ishlari davomida qoʻshib qoʻyganlar.

Gagarinning parvozi oʻz yakuniga yetgach, unga qora rangli "Volga" mashinasini sovgʻa qilganlar. Eng qizigʻi, mashinaning davlat raqami 12-04 YuAG edi. YuAG - kosmonavtning ism-sharifi, 12-04 esa parvoz sanasini anglatgan.

Xoʻsh, nima uchun "Qani, uchdik!" emas? Sababi Gagarin uchuvchi edi. Samolyotlar esa odatda parvoz qilishdan oldin yerda yurib boradi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



