Dunyodagi eng qimmat ayollar sumkalari

Ushbu Mark Jeykobs tomonidan yaratilgan sumkaning qimmatbaho narxi va mashxurligi binafsharang timsoxning terisidan ishlanganiga ham bogʻliq.

Fendi Sellerianing oʻziga xosligi shundaki , bu qimmatbaxo sumkaning materiali noyob hayvonlarning terilaridan yaratilganligidadir. Ushbu sumkaning ichi keng. Koʻp kerakli buyumlarni ichiga joylashtira oladi: xamyon, kalit, telefon, pardoz xaltasi va kerakli boʻlgan yana bir qancha buyumlar.

Bu ajoyib sumka Norvegiyalik dizaynerning ijod maxsullaridan biri hisoblanadi. Sumkaning baxosi uning ilgakidagi oq tilla va 39 ta oq brilliant toshlar jamlanmasi tufayli ham baland baholangan.

Ushbu qimmatbaho noodatiy sumka oʻz koʻrinishida koʻp kichik sumkachalarni aks ettirgan. Uning narxi 42000 $ deb baholangan. Siz bundan tashqari yana huddi shu sumkani boshqacha joylashuvdagi koʻrinishini uchratishingiz ham mumkin.

Agar siz olmos ilgakli, pushti sapfir va turmalin bilan bezatilgan mukammal gul koʻrinishidagi sumkani payqadingizmi, bilingki bu shubxasiz “Qimmatbaxo gul” sumkasidir. Ushbu takrorlanmas jozibaga ega sumka faqatgina yagona nusxada.

Ushbu durdona yaratilishida ilhomlantiruvchi Djeyn Birkin boʻlib, uning nomi sharafiga shu nom berilgan. Uning ilgaklarida 10 karatli brilliant yarqirab, koʻzni yashnatib turadi. Asosiy material bu timsohning terisi va u narxga salmoqli tasir koʻrsatgan. Siz ushbu firmaning sumkasini taxminan 5000 dollardan yuqorisiga sotib olishingiz mumkin.

“Shaxarbop sumka” ni Louis Vuitton aslida eski tuski narsalardan vujudga keltirgan. Biroq koʻrib turganimizdek u dunyodagi eng qimmat yukxaltalardan biri.

Bir yilda faqatgina bir dona Kleopatra sumkasi yaratiladi. Lekin bu juda ajoyib! Modelning asosini kumush, metall, timsoh terisi tashkil qiladi. Tutqichi 1500 ta oq va qora brilliantlar hamda oq tilla bilan qoplangan. Aytishlariga qaraganda Lana Marks bir yil mobaynida faqatgina bitta insonga qizil yoʻlakchada oʻzi yaratgan brilliant durdona bilan paydo boʻlishga ruxsat beradi.
2007- yilda Akademiya mukofotini olish uchun yoʻlakchada sumkacha bilan paydo boʻlishga Xelen Mirren 250 ming dollar toʻlagan ekan.

Diamond Forever sumkasida 300 tadan koʻp brilliant tosh jilolanib turadi. Oppoq tilla esa sumka tutqichini qoplagan. Dunyoga 13 ta Diamond Forever taqdim etilgan, lekin shunga qaramay uning uchdan biri AQSh da.

Dunyo miqyosidagi eng qimmatbaho sumka. Platina va ikki mingta brilliant mana shu sumkaning asosidir. Sumkaning bahosi 1900000 $ ga yaqin. Uning jozibadorligi universalligidadir. Olmosli kamarini brilliant taqinchoq oʻrnida ishlatsa ham boʻladi. 8 karadli noksimon shakldagi olmosi ham huddi shunday vazifani oʻtay oladi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



