Qiziqarli

26 nafar bir paytlar omadsiz boʻlgan omadli shaxslar

26 nafar bir paytlar omadsiz boʻlgan omadli shaxslar

 Uinston Churchill

Cherchil oltinchi sinfdan yettinchi sinfga oʻtkazilmagan. U yillar davomida oʻzi  urinib koʻrgan siyosiy lavozimga erisha olmagan. Keyinchalik  62-yilda Britaniya Bosh vaziri boʻldi.

 Tomas Edison

 Edisonning oʻqituvchilari unga biror narsa oʻrganish uchun juda ham aqmoq ekanligini aytishdi.  Bundan tashqari, u ishlaydigan lampochka versiyasini olishdan oldin 1000 omadsiz versiyasini yaratgan. 

26 nafar bir paytlar omadsiz boʻlgan omadli shaxslar

Harland David Sanders

Sanders KFC, tovuqlarini hech kimga sotolmadi.  U1000 dan ziyod restoranlardan rad javobini olgan. Lekin keyinchalik bir restaran rozi boʻlgan va bugungi kunda dunyodagi KFC belgisida mavjud oshpazda oʻzining surati aks etgan.   

26 nafar bir paytlar omadsiz boʻlgan omadli shaxslar

R.H.  Meysi

Nyu –Yorkdagi doʻkondan tortib Meysida butun boshli bizneslarning omadsiz yakunlari  juda koʻp edi. Biroq u toʻxtamadi va bugungi kundagi eng yirik univermaglardan biri Macy’s ni tashkil qildi.

Steven Spilberg

Stiven Spilbergni uch marta ketma-ket oʻzi istagan  Janubiy Kaliforniya Universitetiga qabul qilishmagan.  U boshqa bir joyda taʼlim olishga  qaror qildi, keyin esa oʻqishni tark etib rejisorlikni boshlagan. 

26 nafar bir paytlar omadsiz boʻlgan omadli shaxslar

Charli Chaplin

Charli Chaplinning chiqishlari menedjerlar tomonidan iliq kutib olinmadi: ular ushbu chiqishni odamlar tushunishlari uchun juda ham chigal deya baholashdi.  Lekin ular baribir ham sinab koʻrdilar va Charli Chaplin Amerikaning birinchi raqamli kino yulduziga aylandi.

 Merlin  Monro

Columbia Pictures kompaniyasi bilan Merlin Monroning birinchi shartnomasini bekor qilingan: prodyuserlar Monroni aktrisa boʻlish uchun yetarli darajada chiroyli va iqtidorli  emas deyishgan. Merlin Monro rollarida izlanishda davom etgan va Gollivudning eng yorqin yulduziga aylangan.   

26 nafar bir paytlar omadsiz boʻlgan omadli shaxslar

Soichiro Honda

Toyota kompaniyasiga muhandis sifatida ishga joylasha olmadi va Honda ishsiz qoldi.  Ammo keyin u mototsikllarni toʻplashga kirishdi, oʻz biznesini ochib, milliarderga aylandi.

Vera Vong

U AQSh Olimpiya terma jamoasiga figurali uchish boʻyicha kira olmagan.  Shundan soʻng u Vogue Jurnalida muharrir boʻlib ishladi.  Lekin u bosh muharrir boʻla olmadi. 40 yoshida Vera Vong toʻy liboslari dizayneriga aylandi va bugungi kunda u ushbu sohaning eng yetakchi dizaynerlaridan biridir. 

26 nafar bir paytlar omadsiz boʻlgan omadli shaxslar

Walt Disney

Gazetaning muharriri Disneyni ishdan boʻshatdi, chunki u "hayol va tasavvurdan mahrum edi".  U bir nechta kompaniyalarni yaratdi, ammo ularning barchasi magʻlub boʻldi.  Ammo keyin Disney "Oppogʻoy" multfilmini oldi va bugungi kunda bolalarning aksariyati ushbu multfilmni sevib tomosha qilib ulgʻaymoqdalar.   

26 nafar bir paytlar omadsiz boʻlgan omadli shaxslar

 Albert Eynshteyn

Enshteyn gapirishni toʻrt yoshidan , yozishni esa yetti yoshidan boshlagan.  Oʻqituvchilar uni "ezma" va "aqliy rivojlanmagan" deb atashgan. Ammo Eynshteyn oʻzining fizika boʻyicha Nobel mukofotini tasdiqlaydigan maxsus fikrga ega edi.

Charlz Darvin

Darvinni aqlsiz talaba deya hisoblashgan.  Darvin tibbiy martabasidan voz kechib, diniy maktabda oʻqishni boshlaydi.  Ammo tabiatni oʻrganish orqali Darvin oʻzini topdi.

26 nafar bir paytlar omadsiz boʻlgan omadli shaxslar

Isaak Nyuton

Sir Isaak Nyuton oilaviy fermani boshqarishga tayinlangan boʻlsa-da, u qattiq ishdan qochib qutulavergan. Keyinchalik  Kembrij universitetiga yuborildi va u fizikga aylandi.

 Dik Cheyni

Cheyni Yel universitetidan ikki marta haydalgan.  Jorj Bush bir paytlar hazilida : "Endi biz bilamizki: Yelni tugatsangiz, siz prezident boʻlasiz.  Agar siz oʻqishni tugatolmasangiz,  u holda vitse-prezident boʻlasiz. " degan edi. 

26 nafar bir paytlar omadsiz boʻlgan omadli shaxslar

Jerri Seinfeld

Seinfeld birinchi sahnada paydo boʻlganida, xaloyiq uni yaxshi kutib olmadi. Keyinchalik mashhur komediyachi boʻldi va eng sevimli televizor serialidan birini suratga oldi.

 Fred Aster

Fred Asterning birinchi kino filmlari natijalariga koʻra, “sudyalar” yozgan: "U oʻynashni  bilmaydi, qoʻshiq ham aytolmayapti. Juda kam raqsga tushdi”.   Aster tarixdagi eng mashhur raqqos boʻldi va amerikalik ayollarning qalbidan joy egalladi.

26 nafar bir paytlar omadsiz boʻlgan omadli shaxslar

Sidni Puate

Birinchi ekran sinovidan soʻng Sidni Puatega oʻzi va atrofdagilarni vaqtini behuda sarflamaslikni, undan koʻra idish tovoq yuvishga yoki shunga oʻxshash ishga joylashishini aytishdi. U Oskarni qoʻlga kiritgan va dunyo aktyorlari undan ibrat olishadi.

Opra Uinfri

Opra oʻzining birinchi televizion ishidan boʻshatildi: xoʻjayinlar uning tashqi koʻrinishi ekranda notoʻgʻri deb qaror qilishdi.  Ammo u oʻzida kuch yigʻdi ,ishlashni davom ettirdi va televizion tok-shoularning malikasiga aylandi.  Shu oʻrinda milliarderga ham.

26 nafar bir paytlar omadsiz boʻlgan omadli shaxslar

Lusill Boll

Koʻp yillar davomida Bolli uchinchi darajali aktrisa hisoblanib qoldi, uning agenti unga yana bir narsa qilishni maslahat berdi.  U  Amerikada uzoq yillar davomida  eng mashhur tele koʻrsatuv boʻlib qolgan "Men Lucy-ni sevaman" teleseriali bilan kashfiyot qildi.

 Harrison Ford

Fordning birinchi filmidan keyin prodyuserlar unga hech narsaga eisha olmasligini  aytishdi. Ammo bugungi kunda Ford dunyo boʻyicha eng “kassabop” aktyorlar  roʻyixatining uchinchi oʻrinida turadi. 

26 nafar bir paytlar omadsiz boʻlgan omadli shaxslar

Vinsent Van Gok

Vaan Gok hayoti mobaynida chizgan asarlaridan faqatgina bittasini sota oldi bu ham boʻlsa doʻstiga.  Baʼzan suratlarini (800dan ortiq) chizish uchun och qolishiga ham toʻgʻri kelgan . Bugungi kunda esa uning asarlari bebaho hisoblanadi.

Doktor Syuss

Doktor Syussning birinchi kitobi 27 noshir tomonidan rad etildi.  Bugun u bolalar kitoblarining eng mashhur muallifi.

26 nafar bir paytlar omadsiz boʻlgan omadli shaxslar

Genri Ford

Genri Fordning birinchi avtomobil kompaniyasi bankrotga uchradi.  Ikinchi kompaniyasini esa sherigi bilan janjali tufayli tashlab ketdi, uchinchisi yuqori pogʻonalarga koʻtarila olmadi.  Lekin oxir-oqibatda u eng katta amerikalik tadbirkorlardan biri boʻldi.

 Jeyms Dayson

 Sirli Jeyms Dayson 15 yil davomida changyutkichning ixtirosi ustida ishlagan,  5126 nomaqbul prototipni sinovdan oʻtkazdi va ularga katta mablagʻ sarfladi.  Ammo 5127 prototip omadli ishlab chiqildi va bugungi kunda Qoʻshma Shtatlarda changyutgichlarning koʻpchiligi Dayson markasi ostida sotilmoqda.

26 nafar bir paytlar omadsiz boʻlgan omadli shaxslar

Stiven King

Avvaliga Kingga oʻzining  birinchi romani  “Kerri” yoqmagan va uni axlat qutisiga uloqtirgan. Kingning xotini qoʻlyozmani savatdan  topib oladi. Bugungi kunga qadar u 49 ta roman, 350 million nusxadagi tiraji boʻlgan romanni yozgan.

 J.K. Rowling

Rowling ishsiz, ajrashgan va qizini ijtimoiy yordam orqali voyaga yetkazayotgan edi. Garri Potter kitobini yozmaguniga qadar.  Bugungi kunda  u xalqlar aro mashxurlikka ega va kitob yozuvchilar ichida milliarderga aylangan ilk odamdir.

26 nafar bir paytlar omadsiz boʻlgan omadli shaxslar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar