Odamlarga berish kerak boʻlmagan bir qancha savollar

Begona qalbni va savolning ahamiyatsiz boʻlishini hech kim aniq bilolmaydi. Ammo har qanday ongli odam uchun taqiq boʻlishi kerak boʻlgan bir qator mavzular mavjud, chunki bunday mavzular deyarli koʻp insonlarga yoqmaydi.
Etiket va biznes protokoli boʻyicha maslahatchisi Tatyana Nikolaeva jurnalistlarga suhbatdoshiga berib boʻlmaydigan savollar haqida gapirib berdi. Koʻpchilik ularni xotirjamlik bilan yoki hatto hazil bilan tushunishi mumkin, ammo siz ularni behuda soʻraganingizga amin boʻlishingiz aniq.

Ayniqsa ayollarga ushbu savolni berish qisman hurmatsizlik hisoblanadi. Ammo, aslida, bu savolni erkaklarga ham bermagan maʼqul. Haqiqat shundaki, bugungi kunda aksariyat erkaklar ham oʻz yoshlaridan yoshroq koʻrinishni va sogʻligʻiga, tana tuzilishi va tashqi koʻrinishiga qarashni xohlashadi. Agar siz hali ham odamning yoshini bilishingiz kerak boʻlsa, u haqida uchinchi shaxslar orqali soʻrash yoki ijtimoiy tarmoqlarga murojaat qilish yaxshiroqdir. Hisob qaydnomasidagi baʼzi saytlar odamning yoshini koʻrsatadi, agar u roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, albatta.

Agar sizga shunga oʻxshash savol bersalar-u, lekin u siz javob berishni xohlamasangiz nima boʻladi? Shu chogʻda oʻsha inson bilan munosabatlarni buzmagan yaxshi, javob berishni hohlamasangiz unga hazil tariqasida 98 yosh ekanligingizni aytsangiz boʻladi. Yana oʻz yoshingizni aytib suhbatdoshingizdan “yoshingizga qaraganda ancha yoshroq koʻrinishingizni” eshitishingiz mumkin. Shu vaziyatda suhbatdoshingizga minnatdorchilik bildirishni unutmang.

Yaradorlik va jarohat toʻgʻrisida qiziqmagan yaxshiroqdir. Juda koʻp zamonaviy ayollar turli hildagi kosmetik amaliyotlarini yuzlarida sinab koʻradilar. Shunday muolajalardan soʻng yuzlarida quruqlashib qolish yoki boʻlsa iz paydo boʻlib qolishi kuzatilishi mumkin. Agar siz bunga eʼtibor qaratsangiz, xonimni noqulay axvolga solishingiz tabiiy. Siz har doim shuni unutmangki, nuqsoni va kamchiligi bor odam bu toʻgʻrisida hammadan oʻzi yaxshiroq biladi. Bu toʻgʻrisida unga qaytadan eslatish shart emas. Hatto erkak kishilar ham chandiqlar toʻgʻrisida gapirishni yoqtirmaydilar. Bu ular gapirishni yoqtirmaydigan mavzu boʻlishi mumkin.

Agar siz shifoxonada biron bir odamni uchratgan boʻlsangiz, u holda nega u yerga kelganligi haqida darhol soʻrov oʻtkazmasligingiz kerak. Agar u zarur deb topsa, oʻzi siz bilan baham koʻradi. Ehtimol, u venereolog bilan uchrashuvga kelgan boʻlishi va buni aytib oʻzini hamda sizni noqulay vaziyatga solishi mumkin. Albatta bu yaxshi vaziyat emas. “Axvolingiz yaxshimi” degan savolingizga “ yaxshiman , hammasi oʻtib ketadi” zaynida javob qaytarsa, suhbatni davom ettirishga ham hojat qolmay qoladi.

Ushbu notoʻgʻri savol koʻplab tafovutlar keltirib chiqarishi mumkin. Sochning oʻrnida tirnoq, tish, kiprik ham boʻlishi mumkin. Lekin ushbu savol begʻamdek koʻrinishi mumkin biroq insonni ranjitadi. Agar inson oʻzidagi biror narsani qoʻydirgan boʻlsa bu haqida uning oʻzi gap ochmaguniga qadar indamaslik kerak.

Har qanday yoshdagi ayol uchun eng yoqimsiz savollardan biri. Bu yerda mavzu shu qadar nozikki, unga hazil kabi qaramaslik kerak. Bu savolga javob maxsus omillar va hatto shaxsiy fojia bilan bogʻliq boʻlishi mumkin, shuning uchun uni sinab koʻrmagan yaxshiroqdir. Savol ayol kishi uchun qanchalik oʻgʻir boʻlsa erkak kishi uchun ham shunchalik yoqimsizdir. Agar sizdan qachon turmushga chiqishni yoki turmush qurishni rejalashtirayotganligingiz haqida soʻrasalar, eng yaxshi javob shunchaki "oʻz insonimni uchratganimda" degan javob boʻladi.

Agar savolga javob aniq boʻlsa, uni ahmoq deb atash mumkin. Birovning homiladorligini sezmayotganingizni daʼvo qilish ham bemaʼni. "Sizni toʻgʻri tushunyapmanmi, sizni tabriklasam boʻladimi?" qabilida savol berib koʻrishingiz mumkin, suhbatdoshingiz xohlasa sizga yangilikini boʻlishadi. Agar siz bunga ishonch hosil qilmagan boʻlsangiz yaxshisi shu savolni bermay qoʻyaqoling. Agar ayolning tanasi shakli oʻzgargani oʻrtiqcha vazn bilan bogʻliq boʻlsa bu savol unga ogʻir botishi mumkin. Agar soʻralmasa, oʻz tajribangizni baham koʻrishni maslahat bermang .

Biror kishining vazni toʻlishgani yoki u oldingidan ozib ketgani u faqat eng yaqin insonlari bilan muhokama qiladigan mavzu. Hoʻsh agar shu kabi savol berib qolinsa qanday javob bergan maʼqul? “ha,oʻzimni ancha tinch his qilganim uchun semirdim” kabilida javob qaytaring. Asosiysi suhbatdoshingizga uning savolidan ranjiganingizni bildirib qoʻymang.

Birovning hamyoni bilan qiziqish odobsizlik sanaladi. Shunday ekan qanchalik bu masala sizni qiziqtirmasin buni ichingizda saqlashingiz kerak. Bunday savolga boʻlsa neytral javob berganingiz yaxshi “Boʻladi, yashashimga yetib turibdi” yoʻsinida. Shuni hisobga olish kerakki baʼzi hollarda hatto yaqin insoningiz ham maoshi toʻgʻrisida siz bilan suhbatlashishga tayyor boʻlmaydi. Agar odam moliyaviy masalalarni muhokama qilishga tayyor emasligini koʻrsangiz, darhol ushbu mavzuni yopishga urining.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



