Oshxona

Sharqona pahlavaning eng qulay va oson retsepti

Sharqona pahlavaning eng qulay va oson retsepti

Turk tarixchisi Nuri Janlining aytishicha, mazkur shirinlik haqidagi ilk qaydlar XV asrga tegishli: “Pahlava uchun yupqa xamir tayyorlash anʼanasi ossuriyaliklardan kirib kelgan. Usmoniy sultonlar hayot kechirgan Topkapa saroyida Sulton Fotih davridan qolgan kitoblar saqlangan, unga koʻra tahmin qilish mumkinki, mazkur shirinlik ilk marta 1453 yilda sulton saroyida tayyorlab koʻrilgan. Aytishlaricha, shirinlik sultonga shunchalar yoqib qolganki, uni har bayramda tayyorlash uchun buyruq bergan.

Sharqona pahlavaning eng qulay va oson retsepti

Kerakli masalliqlar:

420 gr un

1 dona tuxum

10 gr qavartma

1 oshqoshiq guruch sirkasi

taʼbga koʻra vanilin 

150 gr joʻxori kraxmali 

yarim choyqoshiq tuz

250 gr shakar (sirop uchun)

200 ml suv (sirop uchun)

2 oshqoshiq limon sharbati

1 dona dolchin tayoqchasi

ozroq kunjut

qovurish uchun oʻsimlik yogʻi

 

Sharqona pahlavaning eng qulay va oson retsepti

1. Idish ichiga tuxum chaqib, ustidan shakar, tuz va vanilin qoʻshiladi. 

Sharqona pahlavaning eng qulay va oson retsepti

2. Masalliqlar ketidan suv quyib, sirka hamda oʻsimlik yogʻi qoʻshiladi. 

Sharqona pahlavaning eng qulay va oson retsepti

3.   Idish ichiga un va qavartma qoʻshib, xamir qoriladi. Xamir stol ustida 10 daqiqa mushtlanadi. 

Sharqona pahlavaning eng qulay va oson retsepti

4.     Xamir uchta boʻlakka boʻlinadi va har biri sharcha koʻrinishiga keltirib olinadi. 

Sharqona pahlavaning eng qulay va oson retsepti

5. Xamir ustiga kraxmal sepib, yupqa shaklda yoyiladi. 

6. Yoyilgan xamir ustiga kraxmal sepiladi.

Sharqona pahlavaning eng qulay va oson retsepti

7. Xamir rulet shakliga keltiriladi.

Sharqona pahlavaning eng qulay va oson retsepti

8.  Ruletdan 1,5 sm qalinlikdagi boʻlaklar kesiladi. 

Sharqona pahlavaning eng qulay va oson retsepti

9.     Xamir boʻlaklari ustki tomonidan yoyiladi.Bunda uning qatlama tomoni ikki tarafga qarab turishi kerak.

Sharqona pahlavaning eng qulay va oson retsepti

10.   Xamir boʻlaklari qizdirilgan yogʻ ichiga solinadi va sanchqi yordamida qavatlari ochib chiqiladi. 

Sharqona pahlavaning eng qulay va oson retsepti

11.   Kastryulka ichiga suv, shakar va dolchin tayoqchasi solinib, qaynash holatiga keltiriladi.  Sirop 5-7 daqiqa davomida past olovda qaynatiladi. Sirop olov ustidan solingach, ichiga limon sharbati va asal qoʻshib aralashtiriladi.

Sharqona pahlavaning eng qulay va oson retsepti

12.   Tayyor pahlavalar sirop ichiga botirilgach, ustiga kunjut sepiladi. 

Sharqona pahlavaning eng qulay va oson retsepti
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar