Sayohat

Nima uchun AQSH sudi baʼzan jinoyatchilarga 1000 yildan ortiqroq qamoq jazosini beradi?

Nima uchun AQSH sudi baʼzan jinoyatchilarga 1000 yildan ortiqroq qamoq jazosini beradi?

Unday boʻlsa nima uchun federal qonunlar buni hisobga olmagan? Nima uchun ular bugungi kunga qadar odamlarning umri yetmaydigan darajada uzoq muddatli qamoq jazolarini tayin etadilar?

Nima uchun AQSH sudi baʼzan jinoyatchilarga 1000 yildan ortiqroq qamoq jazosini beradi?

AQSHda boshqa mamlakatlardan farqli ravishda ozodlikdan mahrum etish jazosi bir nechta moddalar boʻyicha umumlashtirilmaydi. Misol uchun bir qator jinoyatlarni amalga oshirgan odamning jazo muddatlari qoʻshib chiqiladi. Shu tariqa jinoyatchilarning qamoq muddati ming yillarga ham choʻzilib ketishi mumkin. Buni osonroq qilib oʻlim jazosiga almashtirish mumkin emasmi, deysizmi?

Nima uchun AQSH sudi baʼzan jinoyatchilarga 1000 yildan ortiqroq qamoq jazosini beradi?

Shuni aytish kerakki, AQSHda oʻlim jazosi bekor qilingan. Mahbusning qamoqdan shartli ravishda ozod qilishlari uchun imkon beradigan minimal muddat mavjud. Shu tariqa oʻta xavfli jinoyatchilar ham muddatidan avvalroq ozodlikka chiqishlari mumkin. Biroq, jinoyatchi ketma-ket uzoq muddatli jazo olgan boʻlsa, shartli ravishda ozod etilish imkoniyatiga ham qaramay, keyingi jazo muddatini oʻtashga kirishadi. 

Oklaxomada "85%" qonuni mavjud. Unga koʻra, mahbus muddatidan avval ozod etishlarini soʻrash uchun umumiy qamoq muddatining 85% qismini oʻtab boʻlgan boʻlishi kerak. Agar jazo muddati bir necha ming yilga teng boʻlsa, shartli ravishda ozod boʻlish haqida unutadi. 

Nima uchun AQSH sudi baʼzan jinoyatchilarga 1000 yildan ortiqroq qamoq jazosini beradi?

Tarixdagi eng katta muddatli qamoq jazosi Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan. Charlz Skott Robinson jismoniy zoʻravonlikda ayblangan va har bir jinoyati uchun 5000 yildan jazo olgan. Shu tariqa Charlz Skott Robinsonning jazo muddati 30 000 yilni tashkil qilgan.

1996 yilda Oklaxoma shtatida Allan Ueyn MakLorin 12 750 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Uni odam oʻgʻirlash, jismoniy zoʻravonlik va bosqinchilikda ayblaganlar. MakLorinning sherigi Darron Anderson esa 1993 yilda 2200 yillik qamoq jazosini olgan. Ammo Anderson ushbu qarordan norozi boʻlgan va uni qayta koʻrib chiqishlarini talab qilgan.

Qayta koʻrib chiqilgan ish natijasida uning qamoq muddati 11 000 yilga qisqartirilgan.

Nima uchun AQSH sudi baʼzan jinoyatchilarga 1000 yildan ortiqroq qamoq jazosini beradi?

"Masxaraboz-qotil" Jon Ueyn Geysi tarixdagi eng shafqatsiz qotillardan biri sanaladi. U oʻtgan asrning 70 yillarida 33 ta yigitni oʻldirgan va 12 ta qatl, 21 karra umrbod qamoq jazosini olgan.

1994 yilda qotil oʻlim jazosiga duchor boʻlgan. 

Nima uchun AQSH sudi baʼzan jinoyatchilarga 1000 yildan ortiqroq qamoq jazosini beradi?

Bunday jazo turlari faqatgina AQSHda emas. Misol uchun 1989 yilda Tailandda Chama Txipyaso ismli tovlamachi qiz va uning 7 ta sherigi bank operatsiyalarida tovlamachilik qilganlari uchun 141 078 yilga qamoq jazosiga hukm qilinganlar. Ushbu holat ham Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar