Uyni toza saqlash uchun 14 ta sodda maslahatlar


Uyni jihozlashda boʻsh joy va ochroq ranglarga koʻproq eʼtibor qarating. Ular xonani vizual kengaytirishi va xonani ozoda qilib koʻrsatishi ilmiy jihatdan isbotlangan. Xona devorlari uchun ochiq ranglar : oq, qaymoqrang, och moviy ranglar tanlaganingiz maʼqul. Uy jihozlari, parda gilam choyshablar ham bundan mustasno emas. Hona qanchalik yorqin boʻlsa shunchalik toza koʻrinadi.

Tadqiqotlarga koʻra, odamlar toʻgʻri chiziqlar va burchaklarni tartib va tozalik bilan bogʻlashadi. Bu qiyinchiliksiz uyni toza va tartibli qilishning bir usuli. Tekis chiziqli va ravon burchakli mebellarni tanlang. Uni devor chiziqlari nisbatini olgan holda tekis joylashtiring. Bu uyga maʼlum bir nafislik, vazminlik va albatta poklikni beradi.

Uyingizni tartibsiz koʻrinishiga taʼsir etuvchi omillardan biri bu yoyilib yotgan buyumlar, oshxonadagi, burchakdagi va yotoqxonalardagi toʻplangan narsalardir. Siz kiyimni kresloga tashlamasligingiz , shunchaki javonga taxlab qoʻyishingiz uchun ikki daqiqa ham ketmaydi. Faqat oʻzingizdagi dangasalikni yengsangiz bas.

Barcha keraksiz narsalardan xalos boʻling! Xonangizga diqqat bilan qarang, shunda uzoq vaqt davomida ishlatmagan koʻplab keraksiz narsalar bilan toʻldirilganligini koʻrasiz. Ularni yashirish yoki butunlay tashlab yuborish haqida qaror qabul qiling.

Agar siz hamma joyni changini artib, polni, chiroqlarni yuvgan boʻlsangiz-u lekin yostiqlarni yaxshilab qoqib bir tekisda qoʻymagan boʻlsangiz boʻlsangiz, unda barcha ishlar kerakli natijani bermaydi. Divandagi tekis yoyilga yopinchiq va toʻgri joylashtirilgan yostiqlar umuman changyutkich, supirgi va shvabraning hizmatiga muhtoj emas.

Oyoq kiyimlar uchun javon sotib olish - bu sizning uyingizga kiritadigan eng yaxshi investitsiyalaringizdan biridir. Albatta, siz foydalanish uchun qulay boʻlgan poyafzallarni saqlash uchun yaxshi joyni topishingiz mumkin. Ikkala variant ham uyni toza va tartibli qilishga yordam beradi

Qadimgi, tasdiqlangan usul. Va eng samaralilardan biri! Yoyilgan narsalarni yigʻib oling va ularni biron bir yopiq joyga: savatga, javonga yoki boʻlmasa qutiga solib qoʻying.

Uyning estetikasi haqida gap ketganda tartibga keltirilmagan toʻshak hamisha yoqimsiz taasurot qoldiradi. Ogʻir ish kunidan keyin oʻzingizni ham kayfiyatingiz buzilmasligi uchun ertalab oʻrningizni toʻgʻirlashga bir necha daqiqa vaqt ajrating.

Bu oddiy koʻrinadi. Biroq, xonangizga qarab turing va koʻp narsalar har qayerda va qandaydir tarzda yotishini koʻrasiz. Bolalar oʻyinchoqlari, jurnallar, kiyim-kechaklar, plitalar, tugallanmagan qahva va hokazo... Bularning barchasi maʼlum bir joyga ega boʻlishi kerak. Shunday usuldagina sizning uyingiz tartibli va toza boʻladi.

Guldon yoki tuvakdagi gullar bilan jihozlangan uy juda ham chiroyli, tartibli va toza koʻrinadi. Xona gullari yoki oʻsimliklar tanlayotganingizda uyingiz intereriga mos keladiganidan tanlasangiz yanada ajoyib natijaga erishasiz. Yan bir foydali tomoni shundaki oʻsimliklar xonani kislorod bilan toʻldirib turadi.

Ehtimol, hech narsa stolda, pechkada, gaz pech ustida yuvilmagan idishlar kabi kuchli nopoklik tuygʻusini keltirib chiqara olmasa kerak ... Ovqat tugashi bilanoq darhol barcha idishlarni yuving yoki idish yuvish mashinasiga soling.

Toza burchaklar ozodalik hissini bergani kabi taxlangan sochiqlar ham uy estetikasiga taʼsir qiladi. Uydagi narsalarni : yopinchiq, hammom sochiqlari,oshxona sochigʻi, pledlarni taxlab qoʻyishga odatlaning.

Yana bir yaxshi sarmoya bu zamonaviy patnislar sotib olishdir. Ular yordamida siz osongina narsalarni olib yurishingiz va guruhlarga ajratishingiz mumkin. Bir nechta sochilgan narsalarga, oshxona anjomlariga yoki ovqatga qarash yoqimsiz. Baʼzi narsalarni mayda tovoqlar ustiga guruhlasangiz yaxshi boʻladi. Bu juda toza va yoqimli koʻrinadi.

Qogʻozlar, hisob varaqalari, cheklar, kartalar, tashrif qogʻozlari ... Siz bularning barchasini ish stoliga, javonlarga, oshxona stoliga, muzlatgich tepasiga qoʻyasizmi? Agar shunday boʻlsa, siz barcha qogʻozlar uchun tegishli joy haqida aniq oʻylab olishingiz kerak: javonlar,qogʻoz idish, patnis, alohida javon va boshqalar. Shunday usullar orqali, sizning uyingiz nafaqat tartibli, balki toza koʻrinishga ega boʻladi. Shunday qilib, yashash joyingizni vizual ravishda toza va tartibli qilishga yordam beradigan ushbu oddiy qoidalarni eslab qoling: dizaynda yorqin ranglarni afzal koʻring; kvartirani toʻgʻri chiziqlar va burchaklar bilan taʼminlang; xonalarning burchaklariga narsalarni yigʻmang; keraksiz narsalardan xalos boʻling; yostiqlarning toza boʻlishiga eʼtibor bering; poyabzalni sochib tashlamang; tartibsiz narsalarni savatlarga, qutilarga solib qoʻying; narsalarni yerga tashlamang; uyni yangi gullar bilan bezang; kerksiz buyumlardan esa halos boʻling. Uyingizdagi tartibni saqlashni odat qiling.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



