Oshxona

Uydan keluvchi shirin iforning sirlari

Uydan keluvchi shirin iforning sirlari
Uydan keluvchi shirin iforning sirlari

Har qanday xonaga kirib  birinchi boʻlib sezadigan narsangiz hid boʻladi. Aynan shu narsa uy va uy egalari haqidagi birinchi taasurotni ifodalaydi. Yoqimli , xushboʻy narsalar shinam va qulay atmosferani yaratadi, tinchlantiradi  va oʻziga jalb qiladi. Zax va oʻtkir hidlar darhol xonada tonusni pasaytirib, kayfiyatini tushiradi. 

Uydan keluvchi shirin iforning sirlari

Agar yoqimsiz hid manbai kanalizatsiya quvirlarida deb oʻylasangiz, buni tekshirish yoʻli juda oson. Atigi bir choy qoshiq qalampirdan foydalaning, shunda yoqimsiz hid manbai aniqlanadi. Qalampirni kanalizatsiya ichiga toʻkib tashlang. Muammoli joydan yalpizning hidi taralib turadi. Agar muammoni oʻzingiz hal eta olmasangiz, mutahassislarni chaqirishingizni maslaxat beramiz.

Uydan keluvchi shirin iforning sirlari

Agar yoqimsiz hid uy hayvonlari tufayli yuzaga kelayotgan boʻlsa, demak hayvonlar doimiy parvarishga muhtoj. Egalar esa oʻz uy hayvonini qay yoʻsinda toza saqlashni yaxshi bilishadi.  Aynan ularning ahlatini tozalash jarayonida uyning hidi buziladi. Odatda bu kabi hidlar juda uzoq saqlanib qoladi. Hidni bartaraf qilish uchun esa shunchaki soda yordam beradi. Yoqimtoy uy hayvoningiz gilamdagi  “bajarib” qoʻygan joyiga soda seping. Ushbu mahsulot turli hil hidlarni olishi bilan mashxur. Jarayondan soʻng sepilgan sodani changyutkich bilan tozalab oling. Yoqimsiz hid yoʻqolganiga guvoh boʻlasiz. Tozalash ishlarida boshqa tozalovchi vositalar ham halaqit bermaydi: gel, dogʻ ketkazgichlar va neytrolizatorlar.

Uydan keluvchi shirin iforning sirlari

Agar xonada sigaret tutunining doimiy hidi boʻlsa, hech boʻlmaganda bitta chekuvchi yashaydigan uyda oʻtkir tamaki hidi har doim hukmronlik qiladi. Bu hid  koʻpchilik uchun yoqimsiz. Vaziyatni sirka bilan osonlikcha tuzating. Sirka eritmasini (1: 5) barcha xonalarga joylashtiring va bu suyuqlik barcha yomon hidlarni tezda oʻziga oladi. Bundan tashqari tamaki tutuni oʻrnashib qoʻlgan narsalarni shamollatish ham zarar qilmaydi.

Uydan keluvchi shirin iforning sirlari

Xonadan hushboʻy hid anqib turishi uchun mavjud boʻlgan har qanday vositalardan foydalansangiz boʻladi: atirlar, sprey, sham, diffuzerlar. Chiqindi toʻplanib ketishidan saqlaning, hushboʻy atmasferani buzuvchi barcha narsalardan forigʻ boʻling. Shunday usullar bilan uyingiz nafaqat mehmonlar balki butun oila azolaringiz uchun ham yoqimli boʻladi.

Uydan keluvchi shirin iforning sirlari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar