Oshxona

Qanday qilib turk oshpazi tabassumi va noodatiy taomlari tufayli butun dunyoga mashhur boʻldi.

Qanday qilib turk oshpazi tabassumi va noodatiy taomlari tufayli butun dunyoga mashhur boʻldi.

Dastlab Burak oshpazlikni hayoliga ham keltirmagan. Koʻplab bolalar singari futbol oʻynashni yoqtirgan va mashxur futbolchi boʻlishni orzu qilgan. Oiladagi moliyaviy qiyinchiliklari tufayli 13 yoshdayoq ishlashga majbur boʻlgan. 

Qanday qilib turk oshpazi tabassumi va noodatiy taomlari tufayli butun dunyoga mashhur boʻldi.

Burakning ota-onasida oʻzinig shaxsiy restorani boʻlgan. Aynan oʻsha yerda oʻsmir oshpazlikdan tajriba orttirishni boshlagan.Turk milliy taomlariga boʻlgan muhabbatni Oʻzdemirga uning buvi va bobosi singdirgan.

2009-yil 16 yoshli yigitchaning yelkasiga katta masuliyatni yuklagan holda otasi uni Istanbul chekkasidagi Oqsaroyga yubordi. Unga oilaviy restoran yangi filiali ochish topshirildi. Oʻzdemirni hotirlashicha avvaliga unga hech kim ishonmagan.

“Menga odamlar bu joyni otam ochganligini va men boshqaruvni eplay olmasligimni aytishgan. Lekin bu men uchun nafaqat biznes, balki mening haqiqiy uyim boʻlgan. Oʻshanda men oshpazdan ofitsiantgacha boʻlgan barcha xodimlarimga bu meni emas, Bizni joyimiz ekanligini aytdim. Shuning uchun biz buni uddaladik. Men oʻzimga namuna qilib otamni oldim va uning izidan ketdim” –deydi Burak.

Yosh restorator boshchiligidagi oilaviy restoran mashurlikka erishdiyu, lekin  boshqa shu kabi restoranlardan deyarli farq qilmadi. Shunda yigitchaga yaxshi bir gʻoya keldi: u tavakkal qilishga va ulkan hajmli taomlarni yaratishga qaror qildi. Tez orada ikkita tuya qush tuxumi,1 metrli kabob va toʻy tortini eslatadigan burger tayyorlaydigan oshpaz haqidagi mish-mishlar butun dunyoga taqrqaldi. 

Qanday qilib turk oshpazi tabassumi va noodatiy taomlari tufayli butun dunyoga mashhur boʻldi.

Uning biznesi shunchalik mashxurlikka erishdiki natijada bir necha yildan soʻng Burak Istanbulga koʻchib oʻtishga va u yerda shahar markazida yangi, shaxsiy restoran Hatay Medeniyetler Sofrasıni ochishga qaror qildi. Muassasaning nomi bejizga bunday tanlanmagan. Hatay – Turkiya janubidagi viloyat boʻlib, Buraklar oilasi oʻsha yerda tugʻlgan. 

Bugungi kunda Hatay Medeniyetler Sofrası nafaqat mahalliy aholi, balki butun dunyo sayyohlari oʻrtasida aql bovar qilmas mashxurlikka erishdi. Istanbulda bu restoranni bir necha tarmoqlari faoliyat yuritadi va Oʻzdemir Yaqin Sharqda yangi filiallar ochishni rejalashtiryapti. 

Qanday qilib turk oshpazi tabassumi va noodatiy taomlari tufayli butun dunyoga mashhur boʻldi.

Oʻzdemir restoranlari oʻzining ulkan hajmliligi bilan birgalikda taomni turli xil usullarda tortiq qilinishi bilan ham mashxur. Menyuda 150 dan ortiq taom boʻlib ularning har biri oʻzgacha servirovka qilinadi. Hatay Medeniyetler Sofrasıning oʻzgacha jihati bu mijozlarni ismi yozilgan pishiriq.  Burak taomning tashqi koʻrinishi uning tami kabi muhim deb hisoblaydi. 

Qanday qilib turk oshpazi tabassumi va noodatiy taomlari tufayli butun dunyoga mashhur boʻldi.

U Youtube va Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarda oʻzining takrorlanmas taomlarini namoyish qiladi. U oshpazlik sanʼatini mutaxassisligiga erishibgina qolmay ijtimoiy tarmoqlar yulduziga aylandi. Oshpazni Instagramdagi saxifasiga 12 millionta odam aʼzo boʻlgan.

Qanday qilib turk oshpazi tabassumi va noodatiy taomlari tufayli butun dunyoga mashhur boʻldi.

Turk restoraniga betun dunyodan mehmonlar keladi, shular qatorida amerikalik  hip-hop qoʻshiqchi Iggi Azaliya, rus bokschisi Habib Nurmugamedov, Braziliyalik futbolchi Ronaldino va boshqalar. 

Qanday qilib turk oshpazi tabassumi va noodatiy taomlari tufayli butun dunyoga mashhur boʻldi.
Qanday qilib turk oshpazi tabassumi va noodatiy taomlari tufayli butun dunyoga mashhur boʻldi.

Oshpazning hayotida alohida oʻrinni xayriya egallaydi. Burak oʻz jamoasi bilan qariyalar uyiga, kasalxona va bolalar uylariga borib turadi. Bu muassasadagilar uchun sovgʻalar olib boradi, haqiqiy tomosha va master-klaslar oʻtkazadi.

Shuni aytish joizki doimo kulib turadigan oshpaz hammaga ham yoqavermaydi. Baʼzilar uning tabassumi soxta va uning har bi rishi oʻz muassasalarining piar qilish yoʻli deb oylaydi. Siz Bural Oʻzdemir faoliyatiga qanday qaraysiz? Sizga bu oshpaz yoqadimi? Uning restoraniga boʻrishni istaysizmi? 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar