Sayohat

Hindistonning ushbu kurortlari bir umr unutilmaydigan xotiralarni inʼom etadi

Hindistonning ushbu kurortlari bir umr unutilmaydigan xotiralarni inʼom etadi
Hindistonning ushbu kurortlari bir umr unutilmaydigan xotiralarni inʼom etadi

Tabiatning bu goʻzalligi bilan hech bir narsa tenglasholmaydi. Bu kurort yashil oʻrmon bilan oʻralgan boʻlib, “Om” sohil boʻyi plyaji bu yerning asosiy bezagidir. Tabiat bor-yoʻq ranglarini shu yerga sarflagan, deysiz. Agar siz barcha muammolaringizni esdan chiqarib, hayotdan zavq olishni istasangiz, aynan mana shu joyga tashrif buyurishingizni maslahat beramiz. Ushbu kurort asosan davolashga moʻljallangan, bu yerda shuningdek, basseyn, yoga studiyasi hamda ayurvedik massaj xizmatlari ham bor.

Hindistonning ushbu kurortlari bir umr unutilmaydigan xotiralarni inʼom etadi

Gozʼal qishloq manzarasi bilan oʻralgan ajoyib dam olish maskani. Ushbu muqaddas hisoblangan joy Goa sehrli sohilboʻyi plyajida joylashgan boʻlib, 4 ta kottejdan va 3 ta uncha katta boʻlmagan uydan iborat. Bu yerda kun botish va kun chiqish jarayonlari oʻta jozibali va maftunkor koʻrinishga ega, shuning uchun buning taʼsirida xotirjamlik va ruhiy mutanosiblikka erishasiz. 

Hindistonning ushbu kurortlari bir umr unutilmaydigan xotiralarni inʼom etadi

Togʻlar hamisha bizga sirli va viqorli koʻrinadi. Togʻlarda dam olish – zavqli va jozibalidir. Agar bu togʻlar – Himolay togʻlari boʻlsa-chi, bunday goʻzallikka hech kim jim qarab tura olmaydi. Hindistondagi shu joylarni koʻrishni istasangiz, Shakti 360 Leti kurortiga borishni maslahat beramiz. Bu kichkinagina dam olish maskani bor- yoʻgʻi 4 ta kottejdan iborat. Lekin shunga qaramay, bu yerga kelgan sayyoh tabiat manzarasi va ketma-ket kelgan togʻlarning qorli choʻqqilariga nazar tashlar ekan, bu goʻzallik oldida tillari aylanmay qolishi aniq.

Hindistonning ushbu kurortlari bir umr unutilmaydigan xotiralarni inʼom etadi

Sahroga sayohat qilishni istarmidingiz? Hindistondagi bu joylar aynan siz va sizga oʻxshaganlar uchun moʻljallangan. Qumli Tar sahrosi sizga hech narsa bilan tenglashtirib boʻlmaydigan unutilmas hissiyotlar va eng yorqin xotiralarni beradi. ”Mihir Garh” mehmonxonasi bor-yoʻgʻi 9 ta xonadan iborat. Bu xonalar dizayni Rojaston shtati madaniyatiga butunlay mos keladi. 

Hindistonning ushbu kurortlari bir umr unutilmaydigan xotiralarni inʼom etadi

Bu qasrni faqatgina bitta soʻz bilan taʼriflash mumkin – muhtasham! Bir vaqtlar u Maxorajaning akasi tomonidan loyihalashtirilgan boʻlib, Panjob shtatining tarixiy hududida joylashgan. Hozirgi kunda bu saroy ekzotik otelga aylangan boʻlib, bu yerda Bollivud filmlari suratga olinadi. Ushbu XIX asrning meʼmoriy moʻjizasi unutilmas xotiralarni hadya etadi. Siz nafaqat ruhingiz va tanangizga dam berasiz, balki bir umr esdan chiqmas hissiyotlarga ham ega boʻlasiz.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar