Oshxona

Yosh koʻrinish sirlari

Yosh koʻrinish sirlari

Zigʻir yogʻ terini namlantiradi. Bunga ishonmaslikning ilojisi yoʻq. U haqiqatdan ham teridagi qizarish va qurishdan himoya qiladi. Chunki zigʻir tarkibida omega-3 yogʻ kislotasi bor. U terining moyini va silliq boʻlishini taʼminlaydi. Zigʻir yogʻini yogurt, turli pishiriqlar uchun tayyorlangan hamir va salatlarga ham qoʻshish mumkin. 

Ismaloq koʻzga tiniqlik ulashadi. Ushbu mahsulot koʻzlardagi charchoqni oladi va tabiiy oq rangini qaytaradi. Kun davomida  1-2 stakan ismaloq barglarini isteʼmol qilish meʼyor hisoblanadi. 

Yosh koʻrinish sirlari

Kivi mevasi yoshlikni saqlab qolish borasida har doim birinchi oʻrinda boʻlgan. Agar 40 yoshda ham 25-30 yoshli ayollar kabi koʻrinishni istasangiz, muntazam kivi  isteʼmol qilishga odatlaning. Negaki kivi tarkibida koʻp miqdorda C vitamini mavjud boʻlib, u qarish jarayonini sekinlashtiradi.

Yosh koʻrinish sirlari

Tuhum isteʼmol qilib esa tirnoqlar mustahkamligiga erishish mumkin. Chunki u biotin moddasining bulogʻidir. Bu element tirnoqlar mustahkamligini taʼminlaydi. Haftasiga bir necha dona tuhum isteʼmol qilishning oʻziyoq tirnoq bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etadi.

Yosh koʻrinish sirlari

Har kuni 1 donadan olma yeb yursangiz uzoq vaqt tish shifokori qabuliga bormaysiz, chunki ushbu meva tishlarni choy, qahva va turli dogʻlardan tozalaydi.

Yosh koʻrinish sirlari

Sochlar jilvakor va goʻzal boʻlishini istasangiz taomnomangizga yashil dukkaklilarni ham qoʻshib qoʻying. Chunki bu mahsulotlar tarkibida koʻp miqdorda kremniy mavjud. U sochlarni sogʻlomligi va mustahkamligini yaxshilaydi.

Yosh koʻrinish sirlari

Qovoq urugʻi tozalik manbai. Olimlar yuzdagi toshmalarni bartaraf etishda qovoq urugʻining oʻrni beqiyos ekanini taʼkidlashgan. Tajribalardan maʼlumki, kimning organizmida rux moddasi mavjud boʻlsa, uning yuziga husnbuzar va toshmalar toshadi. Shuning uchun kuniga 1-2 qoshiqdan tozalangan qovoq urugʻi isteʼmol qilinsa bu muammolardan halos boʻladi.

Yosh koʻrinish sirlari

Yuzni namlantirish uchun 1 osh qoshiq qirgʻichdan oʻtkazilgan turp boʻtqasini shuncha miqdordagi zaytun yoki yogʻ bilan aralashtiring. Yuzga surtib, 10 daqiqa qoldiring.

Qora turp terini oziqlantiradi. 1 dona qora turpni qirgʻichdan oʻtkazib, suvini siqib oling. 1 osh qoshiq boʻtqaga suvini soling, 1 osh qoshiq smetana va 1 choy qoshiq asal aralashtiring. Tayyor boʻlgach uni yuzga surting. 5 daqiqadan keyin iliq suvda chayib tashlang.

Yosh koʻrinish sirlari

Namatak yogʻini kiprikka surtsangiz, uni namlantirib, qayriluvchanligini oshiradi.

Yosh koʻrinish sirlari

Teri koʻchganda teng miqdordagi qirgʻichdan oʻtkazilgan turp, qaymoq va tuxum sarigʻini bir hil koʻrinish hosil boʻlguncha yaxshilab aralashtiring. Keyin uni yuzga surtib, 15-20 daqiqadan soʻng iliq suvda yuvib tashlang.

Yosh koʻrinish sirlari

Ushbu maqolamiz davomida yosharish uchun nima isteʼmol qilish va qanday niqoblardan foydalanish kerakligi haqida qisqacha toʻxtalib oʻtdik. Sizga naf keltirsa bundan faqat hushnud boʻlamiz. Eʼtiboringiz uchun tashakkur.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar