Sayohat

Goʻzallikka taʼsir qiluvchi kichik ammo muhim qoidalar

Goʻzallikka taʼsir qiluvchi kichik ammo muhim qoidalar

Qalbingizni goʻzal qiling. Tashqi goʻzallik doimo ichki goʻzallik bilan birga uygʻunlashishi lozim. Aks holda tashqi yasama chiroyning foydasi boʻlmaydi.

Avvalo ayol kishining yurishi chiroyli boʻlishi kerak. Ayolni erkakdan ajratib turuvchi farq - qomatni tik va qadamlarni yengil tashlashidadir. Sport bilan shugʻullanish ayol goʻzalligini yanada ochadi.

Goʻzallikka taʼsir qiluvchi kichik ammo muhim qoidalar

Yuz va  badan terisi toza va parvarishlangan boʻlishi lozim. Buning uchun haftada bir marta giyohli yoki dengiz tuzi qoʻshilgan vanna qabul qilishni unutmang.

Ayol koʻzlari uning eng katta boyligidir. Koʻzlar tiniq va charchamagan boʻlishi uchun uyquga toʻyib,  vitaminli tamponlar qoʻyib, oʻtli damlamada koʻzni chayib turish kerak. 

Goʻzallikka taʼsir qiluvchi kichik ammo muhim qoidalar

Toʻgʻri ovqatlanish goʻzallik garovidir. Yogʻli, shoʻr va shirin yeguliklardan kamroq yeb, koʻproq meva va sabzavotlar tanovul qiling.

Toza havo-tanga davo. Toza havo organizm hujayralarini yangilashga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Har kuni saharda toza havoda jismoniy mashqlar bajarsangiz, jismonan va ruhan yosharasiz.

Goʻzallikka taʼsir qiluvchi kichik ammo muhim qoidalar

Sochingizga alohida eʼtibor bering. U doim toza va parvarishlangan boʻlishi lozim.

Tirnoqlar ham toza, manikyur qilingan hamda sogʻlom boʻlishi kerak.

Goʻzallikka taʼsir qiluvchi kichik ammo muhim qoidalar

Did bilan kiyining. Moda ortidan quvmay, oʻzingizga yarashib turadigan, kamchiligingizniberkitib, goʻzalligingizni ochib beradigan kiyimni tanlang. Juda tor boʻlgan liboslar hammaga ham yarashavermaydi. Libos tanlashdan ham goʻzallik oddiylikdan boshlanishini unutmang.

Goʻzallikka taʼsir qiluvchi kichik ammo muhim qoidalar

Ortiqcha, didsiz va yoshiga nomunosib boʻyanish ayol kishini hunuk koʻrsatadi. Shu sababli ham makiajni toʻgʻri qiling.

Taqinchoqlarga haddan ortiq ruju qoʻymang. Bitta uslub uchun koʻpi bilan ikkita aksessuardan foydalaning.

Goʻzallikka taʼsir qiluvchi kichik ammo muhim qoidalar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar