Taniqli brend logotiplarining yaratilish tarixi


Aytishlaricha, Applening logotipi matematik Alan Tyuringga bagʻishlangan emish. Goʻyoki u zaharlangan olmani tishlab, oʻz joniga qasd qilgan. Aslida esa logotipni yaratgan dizaynerning aytishicha, u olmani tishlangan qilib koʻrsatishiga sabab, uning shaklini aniqlik bilan koʻrsatish, chunki butun olmani boshqa dumaloq shaklli meva bilan adashtirish mumkin.

Oddiygina boʻlib koʻringan Pepsi logotipi aslida kompaniyaga 1 mln dollarga tushgan. Ushbu belgini yaratayotganda dizaynerlar bir-biriga mutanosib boʻlgan hamda inson koʻzlariga yoqimli koʻrinadigan oltin kesma nisbatiga tayanganlar.

1923 yilda frantsiyalik tennischi Rene Lakost jamoa kapitani Alan Mur bilan koʻchada ketib borayotib, doʻkonlardan birining vitrinasida timsoh terisidan tayyorlangan jomadonni koʻrib qoladilar. Tennischilar bahs boyladilar, va agar Rene keyingi oʻyinda gʻalaba qozonsa, Alan unga mana shu jomadonni sovgʻa qilishini aytadi. Lakost yutqazdi, ammo bu voqeani kuzatgan bir jurnalist uni yoritar ekan, tennischi haqida “timsohday kurashdi”, deb yozadi. Shunday qilib, Rene Lakost “timsoh” laqabini oladi, ushbu hayvonning tasviri esa uning kompaniyasining logotopiga aylandi.

1962 yilda McDonald's kompaniyasi psixolog Luis Cheskinni ishga oldi, u esa oʻz navbatida kompaniya logotipini almashtirishni taklif qildi va arka shaklidagi oltin rangli “M” harfini logotip sifatida ishlab chiqdi. Uning fikricha, arkalarning shakli ayollarning koʻkragini eslatadi va ongli ravishda ishtaha ochilishigasabab boʻladi hamda begʻubor bolalik chogʻlarini eslatadi.

Dunyodagi eng taniqli logotiplardan biri boʻlgan bu belgi eng arzoni hisoblanadi – bor yoʻgʻi 35 dollar. 1971 yilda kompaniya egasi Fil Nayt Karolin ismli bir talaba qizga logotip oʻylab topishni topshiradi. Avvaliga Karolinning ishidan uning koʻngli toʻlmagan, biroq keyinchalik tan bergan, chunki logotip muvaffaqiyatli chiqqan va kompaniyaning mashhur boʻlishiga xizmat qilgan.

Grafik dizayner Irina Blok va uning jamoasiga robotsimon shakldagi, ammo hamma bittada taniy olishi uchun soddagina logotip ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. Kulgili, chunki yashil rangli robotli bu logotip jamoatchilik hojatxonalari eshiklarida osilib turgan piktogrammalarga asoslangan holda yaratilgan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



