Yuzdagi pardoz orqali inson feʼl-atvorini bilish usullari

Tabiiy koʻrinishni saqlagan holda yengil pardoz bilan cheklanuvchi ayollar birmuncha “yopiq” va yolgʻizlikka intiluvchan boʻlishadi. Ular oʻzlariga behad ishonishadi, murosayu madorani qoyillatishadi. Bu kabi ayollar fikriga koʻra, atrofdagilarni tashqi goʻzallik bilan emas, qalb chiroyi bilan maftun qilish kerak.

Agar pardozda lab sohasiga koʻproq urgʻu bersangiz, u holda siz hamisha diqqat eʼtiborda boʻlishni yoqtiruvchilar sirasiga kirasiz. Taʼsirchanlik, yorqinlik va turfalikka intiluvchanlik bu kabi pardoz qiluvchi ayollarda eng koʻp uchraydigan hususiyat. Yana bir maʼlumot bu kabi ayollar yolgʻizlikka toqat qila olmaydilar.

Bu usulda pardoz qiluvchi ayollar “yopiq” feʼl-atvorga ega boʻlib, shovqinli jamoalardan koʻra, osoyishta muhitni hush koʻradilar. Ular uchun yolgʻiz qolish zavqli jarayon, shu barobarida, oʻz muammolari bilan boshqalarni qiynash bunday ayollar uchun butkul yot. Bu toifa ayollar barcha muammolarni oʻzlari hal qilishga odatlanganlar. Koʻp kuzatuvchi va ziyrak boʻlish bilan birga gapirishdan koʻra koʻproq eshitishni hush koʻradilar.

Yorqin pardoz qiluvchi ayollar barcha hodisalarni yurakka yaqin olishadi, pardoz orqali esa oʻzlarini turli muammolar va atrof-muhitdan himoya qilishga urinishadi.Ularning fikriga koʻra, kosmetika vositalari va yorqin pardoz ayolni real hayotdan ajratib tura oladi.

Pardoz qilishdan butkul voz kechgan ayollar oʻziga nisbatan past baho berishdan aziyat chekadilar. Ularning fikriga koʻra, kosmetika vositalari yordamida goʻzallik yaratib boʻlmaydi. Bu toifa ayollar inson boshqalarga qanday boʻlsa, shundayligicha yoqishi kerak deb hisoblaydilar, shu sababdan ham ular kiyim yoki pardoz vositalari uchun ortiqcha pul sarflamaydilar.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



