Har bir ayol garderobida boʻlishi kerak boʻlgan eng kerakli 12 buyum

Latofat – hamisha urfda ekanligi yoddan koʻtarilmasligi lozim. Jinsi buyumlar qanday marka va qanday narxda ekanligidan qatiiy nazar, uzoq yil xizmat qiladi va barcha libos bilan oʻzaro uygʻunlasha oladi.

Kiyishga hech qanday poyabzal topilmay qolgan onlarda neytral rangdagi tufli sizni murakkab vaziyatdan halos etadi. Uning ortiqcha bezaklarsiz boʻlishiga eʼtibor bering.

3. Kulrang tolstovka
Kulrang tolstovka jinsi bilan ham, A siluetli ofis yubkasi bilan ham noodatiy tarzda uygʻunlasha oladi.
4. Kalta koʻylak
Oddiy bichimga ega kalta koʻylakni baland poshnali tufli bilan birga kechki bazmlar, kardigan va qulay poyabzal bilan esa kundalik uchrashuvlar uchun kiyish mumkin.

5. Pidjak
Erkaklar kiyimini yodga soluvchi pidjak har qanday qomat sohibasiga jiddiy koʻrinish bera oladi.
6. Futbolka
Paxta matosidan tayyorlangan oddiy futbolka turli liboslar bilan kiyish uchun moʻljallangan. Uning qora, oq va kulrang tusda boʻlishi esa har qanday vaziyatda sizga qoʻl kelishi mumkin.

7. Plash
Plash-makintosh– salqin kunlarda eng mukammal yechim boʻla oladi.
8. Krossovka
Taʼtil va sayr chogʻida garderobingining bir chetidan joy olgan krossovka (yoki keda) joningizga oro kirishi aniq. U ham bugungi kunning eng ommalashgan uslubidagi muhim qismdir. Uzun koʻylak bilan uygʻunlashtirsangiz ajoyib uslubni hosil qilasiz.

9. Yorqin rangdagi sumka
Sumka rangini tanlash oʻzingizga havola. Ammo uning yorqin rangi kundalik garderobingizga yangilik olib kiradi.
10. Etik
Etikni sovuq kunlarda leggings, jinsi va koʻylaklar bilan kiyish qulaylik hamda zamonaviylikni taʼminlaydi.

11. Yoʻl-yoʻl futbolka
Bu turdagi futbolka bejizga Koko Shanelning eng sevimli liboslari qatorida boʻlmagan. Uning erkin siluetli boʻlishi harakat qulayligini taʼminlaydi.
12. Qora koʻzoynak
Quyoshdan himoyalovchi koʻzoynak har qanday mavsumda sizga ajoyib uslubini toʻldirishingizda qoʻl keladi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



