Oʻzbekiston korrupsiya reytingida nechanchi oʻrinda turadi?

Transparency International xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan yuritiladigan "Korrupsiyani tasavvur qilish 2019" indeksi boʻyicha navbatdagi hisobotini eʼlon qildi. Hisobotga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi 25 ball bilan 5 pogʻonaga yuqoriladi va 153-oʻrinni egalladi.

Jahon miqyosida oʻrtacha koʻrsatkichdan yuqori boʻlgan Sharqiy Yevropa davlatlaridan, Gruziya (56 ball), Belorus (45 ball) va Chernogoriya (45 ball) qayd etilgan. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo davlatlaridan: Turkmaniston 19 ball, Oʻzbekiston va Tojikiston 25 balldan toʻplashdi.
2012-yildan boshlab Belarus, Qirgʻiston va Oʻzbekiston "Korrupsiyani tasavvur qilish" indeksi boʻyicha oʻz pogʻonalarini sezilarli darajada yaxshilab kelmoqda.
Transparency International tashkilotining 2019-yil hisobotiga koʻra, quyidagi davlatlarda korrupsiya hodisasi deyarli kuzatilmayotganligini aniqlagan. Daniya va Yangi Zelandiya 1-oʻrin (87 balldan), Finlandiya 3-oʻrin (86 ball), Shvetsiya 4-oʻrin ва Shveytsariya 5-oʻrinni (85 ball) egallab ijobiy natija koʻrsatishdi.
"Korrupsiyani tasavvur qilish" indeksi 1995-yildan boshlab dunyoning barcha mamlakatlarida davlat sektorida korrupsiya darajasini aniqlash boʻyicha ekspertlar va tadbirkorlar baholari asosida 0 (eng yuqori) 100 (eng past) shkala boʻyicha baholanadi. Shuningdek,ushbu indeks Jahon banki, World Justice Project, Afrika taraqqiyot banki, Economist Intelligence Unit va boshqa mustaqil va taniqli institutlar tomonidan ishlab chiqariladigan korrupsiyaga oid maʼlumotlarining turli manbalarini yigʻish orqali baholanadi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



