Koronavirusdan qanday himoyalanish kerak?

Virus hozirgacha kam oʻrganilgan. Birinchi boʻlib kasallik Xitoydagi Uxang dengiz mahsulotlari va hayvonlarning ulgurji bozorida aniqlandi. Hozirgi kunda esa kasallik nafaqat Xitoyning boshqa shaharlarida, balki AQSHʼda ham kuzatilmoqda.
Koronaviruslar - 38 turni oʻz ichiga olgan viruslar oilasidir. Ulardan faqat oltitasigina odamga yuqishi mumkin edi, yangi kasallik virusi esa yettinchisiga aylandi.
Tadqiqotchilarning fikriga koʻra, virus hayvonlardan tarqalgan, endilikda esa odamdan odamga ham yuqmoqda. Alomatlar orasida yutal va nafas olishning qiyinlashishi ham bor.

Virus yuqtirish xavfini kamaytirish uchun quyidagilarga amal qilish kerak:
- Qoʻllarni sovunlab yuvish yoki spirt bilan artish;
- Yutalganda yoki aksirganda ogʻiz va burunni yopish;
- Tumov yoki gripp alomatlari bor insonlar bilan himoyasiz yaqin aloqada boʻlmaslik;
- Isitma, yutal va nafas olish qiyinlashishi paydo boʻlishi bilan shifokorga murojaat qilish;
- Jonivorlar sotiladigan bozorlarga borilgan taqdirda, himoyalanmasdan turib hayvonlarni ushlash yoki hayvonlar tegishi mumkin boʻlgan joylarga tegishdan saqlash;
- Ovqatni, ayniqsa goʻsht mahsulotlarini yaxshilab pishirish.
Oʻzingizni va salomatligingizni asrang!
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



