Oʻzbekiston

Oʻzbekistonning eng maftunkor aktrisalari

Oʻzbekistonning eng maftunkor aktrisalari

Zamonaviy kinolarda roʻllar ijro etib shuxrat qozongan elning sevimli aktrisasi Dilnoza Kubayeva 1986-yilning 22-noyabr sanasida tavallud topgan. "Kelgindi kelin", "Telba" filmlarida ijro etgan roʻllari orqali barchaning nazariga tushdi. 2012-yilda aktrisa "Shuxrat" medali bilan mukofotlandi. Quvnoq feʼl-atvori bilan barchani oʻziga maftun etgan yulduz 2011-yil "Oʻzbekiston belgisi" koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

Shaxzoda Matchanova 1987-yil 8- avgust sanasi Nukusda dunyoga kelgan. Iqtisodiyot va Diplomatiya universitetida taxsil olgan. Aktrisa sira ham kino haqida hayol qilmagan. Uni "Oʻzbekfilm" rejissori payqab kinoda oʻzini sinab koʻrish taklifini beradi. Biroq Shaxzoda taklifni oʻylab koʻrmay oʻqishni davom ettirdi. Keyinchalik rejissor Zebo Navruzova uning suratini koʻrib, "Aprel-May" filmiga taklif qildi va yulduzning ijodiy faoliyati boshlanishiga sabab boʻldi. Bugungi kunda qadar Shaxzoda Matchanova juda koʻplab kino va kliplarda suratga tushishga ulgurdi.

Maxoratli aktrisa Raʼno Shodieva 1979-yilning 12-avgustida tavallud topgan. Xalq uni aktrisa sifatida "Chimildiq" filmidan soʻng taniy boshlagan. Raʼno Shodiyeva bugungi kunning eng obroʻga sazovor va mahoratli aktrisalari qatoridan oʻrin egallagan.

"Ummon" guruhining "Yoʻq" nomli taronasi bilan barchaga tanilgan aktrisa Yulduz Rajabova bugungacha koʻplab film, klip va seriallarda roʻl ijro etgan. Bundan tashqari mahoratli aktrisa turk aktyorlari bilan birgalikda suratga olingan bir qancha filmlarda ham suratga tushgan. Oʻziga hos goʻzallikka ega boʻlgan ushbu aktrisamizning ijodiy qobiliyatiga ham tan bermasdan iloj yoʻq!

Zarina Nizomuddinova 1989-yilning 29- mart sanasida Toshkentda sanatkorlar oilasida tugʻilgan. Yoshlik chogʻida Uspenskiy nomidagi bolalar musiqa maktabida taxsil olgan. 7-sinfdan boshlab Zarina Xoreografiya bilim yurtining milliy raqs boʻlimida tahsil oldi. Zarina aktrisalik faoliyatini "Yoʻl boʻlsin" filmidan boshlagan. U "Romeo va Julietta", "Qorakoʻz", "Men yulduzman" , "Oqibat" kabi filmlari bilan barchaning qalbidan joy egallagan.

Oʻzbekistonning eng maftunkor aktrisalari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar