Baxtsiz reyslar yoxud Boeing 737 MAX rusumidagi avialaynerlarning halokati

52 yillik faoliyati davomida Boeing 737 samolyotlari turli modifikatsiyalarining 215 nafar bortlari izsiz yoʻqolgan, 115marta uni olib qochishga urinishlar boʻlgan, halokatlarda qurbon boʻlganlarning soni esa 5562 tani tashkil etadi. Quyida shunday aviahalokatlardan baʼzilari haqida eslab oʻtamiz.

JT-610 reysi Jakarta – Pankalpinang yoʻnalishi boʻyicha parvozni amalga oshirayotgan edi. Osmonga koʻtarilgandan 13 daqiqa oʻtgach samolyot radar ekranidan yoʻqolib qoldi. Yangi ogohlantirish tizimidagi yanglish maʼlumotlar halokatga sabab boʻldi. Layner Yava oroli yaqinida quladi, uning bortidagi 181 nafar yoʻlovchi va 8 nafar ekipaj aʼzolarining barchasi halok boʻlgan.

“Ukraina xalqaro avialiniyalari” kompaniyasiga qarashli avialayner Tehron – Kiyev yoʻnalishi boʻyicha parvozni amalga oshirayotgan edi. Havoga koʻtarilganidan uch daqiqa oʻtgach, UR-PSR bort raqamli Boeing 737-8KV Eronning jangovar holatda turgan Harbiy Havo Kuchlari tomonidan tasodifan urib tushirildi. Natijada samolyot uchib chiqqan aeroporti yaqinida qulab tushdi, uning bortidagi 176 nafar odamdan hech kim tirik qolmadi.


Hindistonga qarashli Air-India-Express kompaniyasining bort 737 avialayneri Dubay-Mangalur yoʻnalishi boʻyicha parvoz qilayotgan edi. Havo ochiq boʻlishiga qaramay bort VT-AXV qoʻnayotgan vaqtda qattiq sirgʻanish sodir boʻlib, samolyot qoʻnish chizigʻidan chiqib ketib, ancha joygacha sirgʻanib bordi va jarlikka qulab tushdi. Bortdagi 166 yoʻlovchidan 159 tasi halok boʻldi.


Yangi 737 MAX modelidagi birinchi avialayner halokatidan (Jakartadagi) koʻp oʻtmay ushbu modeldagi samolyotlardan yana biri quladi. Uchoq Addis-Abebadan Nayrobiga qarab parvozni amalga oshirayotgan edi. Havoga koʻtarilganiga koʻp boʻlmay, uchuvchilardan biri bortda kelib chiqqan nosozliklar haqida xabar berib, avariya holatida qoʻnishga izn soʻradi. Biroq parvozning yettinchi daqiqasida ekipaj bilan aloqa yoʻqoldi. Birinchi galdagidek halokat sababi ogohlantirishdagi notoʻgʻri maʼlumotlar edi. Bortdagi 157 nafar odamlar halok boʻldi. Bu aviahalokatdan keyin aviakompaniyalar Boeing 737 MAX 8 samolyotlaridan foydalanishni toʻxtatdilar.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



