Ayol makri yoki nikoh shartnomasidagi gʻalati bandlar


Аktrisa turmush oʻrtogʻi bir umr unga nisbatan sadoqatini saqlab qolishi uchun hiyla ishlatdi. Ketrin Zeta-Jons Maykl Duglasga turmushga chiqar ekan, nikoh shartnomasida ajrashadigan boʻlsa, erining pullariga daʼvogarlik qilmasligini aytdi. Buning oʻrniga u boshqa shart qoʻydi: unga koʻra Maykl xiyonat qiladigan boʻlsa, naqd 5 million dollar tovon puli toʻlashi zarur. Mana 18 yildirki, bu juftlik birga yashab kelmoqda, ammo Duglas bu vaqt oraligʻida biror marotaba ham xiyonat koʻchasiga kirmadi.

Ishni koʻzini biladigan ayol! Rassel Krou va Daniel Spenser 11 yil birga yashadilar. Juftlikning nikoh shartnomasida farzand tugʻilishiga alohida eʼtibor berilgan. Unga koʻra, Daniel har bir tuqqan bolasi uchun eri unga 5 million dollar toʻlashi kerak edi. Turmushlari davomida tugʻilgan ikki nafar farzandlari evaziga Krou rafiqasi Spenserga 10 million dollar pulni tortiq qildi. Ajrashganlaridan keyin ham Rassel sobiq xotiniga Sidneydagi 11 million dollarlik hashamatli uyini oʻtkazib berdi. Bu birgalikda oʻtgan yillari uchun minnatdorchilik ramzi edi.

Bu juftlik kundalik ish va muammolar ularning munosabatlariga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi uchun haftada bir marotaba birgalikda romantik sayrga chiqishga qaror qildilar va buni nikoh kontraktidagi shartlardan biri sifatida qayd qildilar.


Erni er qiladigan – xotin. Advokat Layza Gottsegen Dastinga turmushga chiqar ekan, nikoh kontraktiga bir nechta shartlarni kiritdi. Unga koʻra, Xoffman filmda rol oʻynayotganda ishqiy sahnalarda suratga tushmasligi lozim, hattoki boʻsa olish sahnasida ham. Bundan tashqari Layza eriga 14 kundan ortiq muddatga uydan ketmaslik talabini qoʻydi (aktyorlik kasbida bu juda qiyin). Agarda ish safariga ketadigan boʻlsa, har dam olish kunlari rafiqasining oldiga kelib ketishi lozim. Bu juftlik 40 yildan beri birga yashab kelmoqda, ularning 4 nafar farzandlari bor va bu davr mobaynida nikoh shartnomasining birorta ham bandi buzilmadi. Havas qilsa arziydigan juftlik!

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



