Liboslarga yopishib qolgan saqichni qanday olib tashlash mumkin?

Albatta,eng samarali usul kiyimni ximik tozalashga berishdir. Biroq bu sizdan vaqt va pul talab qiladi. Ammo bunday joylarda maxsus vositalar qoʻllanilib, ular hatto eng nozik matoni ham buzmasdan tozalab tashlashi mumkin.

- Dastavval, saqich yopishgan joyni qaynab suvda tutib turishingiz kerak;
- Suvni qoʻlni solish mumkin boʻlgan haroratda sovugunicha kutib turing.
- Saqich qaynoq suvdaligida oʻtkir narsa bilan (masalan, pichoq bilan) olishga harakat qiling;
-Suvda turgan holida matoni ishqalab, yuvib tashlang.
- Kiyimni quriting va agar lozim boʻlsa, protsedurani qayta takrorlang.

-Issiq suvni oching;
- Issiq oqim ostida matoni ifloslangan joyini tuting, choʻtka yordamida saqichni tozalashga harakat qiling (tish choʻtkasini ishlatishingiz mumkin).

- Saqich yopishgan joyni benzin bilan hoʻllang.
- Benzin saqichni osonlik bilan olib tashlaydi. Faqatgina siz uning hididan xalos boʻlishingiz kerak, buning uchun kiyimni etiketkadagi koʻrsatmalarga muvofiq yuvish kerak.
* Saqichni olib tashlash uchun sizga juda kam benzin kerak boʻladi. Ehtiyot boʻling, chunki benzin yonuvchan mahsulot.
* Agar siz benzin topmagan boʻlsangiz, uni xuddi shu taʼsirga ega boʻlgan alkogol bilan almashtirishingiz mumkin.

- Birinchi, sellofan paketga joylash uchun kiyimni saqich yopishgan joyini tepaga qaratib taxlang.
- Kiyimni sellofan paketga joylang va ustini yoping. Saqich paketga yopishib qolmasligiga ahamiyat qarating.
- Paketni muzlatgichga qoʻying va mato muzlashini kuting.
* Matoni muzlatgichning chetiga tegmasliga eʼtibor bering.
-Muzlatgandan soʻng, kiyimingizni oling va saqichni imkon qadar tezroq olib tashlashni boshlang.
* Saqich erimasligi kerak.
* Agar saqich erigan boʻlsa, kiyimni muzlatgichga qayta qoʻying yoki saqichni muz boʻlagi bilan muzlatib koʻring.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



