Qiziqarli

Haqiqiy insoniylik tuygʻusu haqida 8 ta misol

Haqiqiy insoniylik tuygʻusu haqida 8 ta misol

Hayotda beminnat, fidoyi va haqiqatdan ham mard insonlar kamdan-kam uchraydi. Bunday insonlar har qanday sharoitda ham yordamlarini ayamaydilar va madad qoʻlini choʻzadilar.

Haqiqiy insoniylik tuygʻusu haqida 8 ta misol

1.Syun Shiyxua, xitoylik biznesmen-millioner, qishloqdoshlariga shinam kvartira va villalar qurib bergan.

Haqiqiy insoniylik tuygʻusu haqida 8 ta misol

Syun Shiyxua Xitoy janubidagi Syunkeng qishlogʻida tugʻilib oʻsdi. Katta boʻlib qurilish biznesi va poʻlat savdosi bilan shugʻullanib, millionlar ishlab topgandan keyin qishloqdoshlariga yordam berishga qaror qildi. U 72 ta oilaga yangi kvartiralar hamda unga ayniqsa yordami tekgan yana 18 ta oilaga villalar qurib berdi. Bu loyihaga biznesmen 4 mln funt sterling mablagʻini sarf qiʼldi. U shuningdek qariyalar va kam taʼminlangan oilalarni bepul uch mahal ovqat bilan taʼminlashni vaʼda qildi.

Haqiqiy insoniylik tuygʻusu haqida 8 ta misol

2.Chak Fini, sobiq eks-milliarder oʻzining boyligining 99% ni tashkil qilgan 7,5 mlrd dollarini yoshlarning taʼlim olishi uchun sarfladi.

Haqiqiy insoniylik tuygʻusu haqida 8 ta misol

Chak Fini irland-amerika biznesmeni, oʻzining hayriya ishlarini 1984 yilda aktsiyalarining 38, 75% ini Duty Free Shops ga oʻtkazish bilan boshladi. Fini shuningdek Irlandiyaning Limerika Universitetiga 170 mln dollar miqdoridagi bir qator grantlarni taqdim qildi. Oxirgi 30 yil ichida 7,5mlrd dollar mablagʻni xayr-ehson ishlarga sarfladi, shulardan 6,2 mlrd dollarni taʼlim, ilm, sogʻliqni saqlash, qariyalar himoyasi va fuqarolar huquqi bilan shugʻullanuvchi Atlantik Philanthropies fondiga nasib etdi. Hozirda Chakning bor yoʻgʻI 2 mln dollar mablagʻi bor.

Haqiqiy insoniylik tuygʻusu haqida 8 ta misol

3.Bikers Againts Childs Abuse (BASA) nomi bilan tanilgan Los-Andjelesdagi baykerlar guruhi, zoʻrlangan bolalarni himoya qilish bilan shugʻullanadi.

Haqiqiy insoniylik tuygʻusu haqida 8 ta misol

BASA tashkilotidagi baykerlarning ishi – zoʻrlik qurboni boʻlgan bolalarga havfsizlik muhitini yaratishdan iborat. Ular tajovuzchi qamoqqa olinmaguncha bolalarni uyi oldida kechqurunlari qorovulchilik qiladilar, maktabga, sud majlisiga va psixoterapiya seanslariga kuzatib boradilar. Baykerlar bolalar sudda avblanuvchiga qarshi koʻrsatma berayotganlarida qoʻrquv va noqulaylikni his qilmasliklari uchun hattoki sud jarayonida ham ishtirok etadilar.

Haqiqiy insoniylik tuygʻusu haqida 8 ta misol

4.Dashrat Mandji, qishlogʻiga boruvchi yoʻlni qisqartirish maqsadida 22 yil mobaynida togʻ ichidan 100 metrlik yoʻl kavlab, 55 km yoʻlni 15 km ga qisqartirdi.

Haqiqiy insoniylik tuygʻusu haqida 8 ta misol

Dashrat Mandji Hindistonning Bixar shtatida yashar edi. 1960 yilda homilador xotini jarohat oladi, yaqin oʻrtadagi kasalxona 70 km uzoqlikda joylashgan edi. Dashrat xotinini u yerga olib borguncha, xotini yoʻlda jon beradi. Bu voqeadan keyin Dashrat hukumatga qisqa yoʻl qurish haqida iltimos bilan chiqadi, biroq urunishlari zoye ketadi. Shunda u yoʻl qurishni oʻzi boshlaydi. U 22 yil davomida togʻni teshib, undan uzunligi 100 metr kengligi 9 metr boʻlgan yoʻlni qurishga muvaffaq boʻladi. Dashrat Mandji 2007 yilda vafot etdi, u katta izzat bilan dafn qilindi.

5.102 yoshli Dobri Dobrev har kuni sadaqa soʻraydi va tushgan xayr-ehsonning barini cherkov va bolalar uylariga beradi.

Dobri Bolgariya poytaxtidan 24 km uzoqlikda yashaydi. Yoshligida Sofiyaga piyoda borgan qariya hozirgi kunda u yerga avtobusda borib kun boʻyi sadaqa yigʻadi. Yigʻganlarini cherkov va bolalar uyiga hadya qiladi. Uning eng yirik ehsoni 24 000 dollar boʻlgan. Dobrining aytishicha, u bir paytlar gunoh ish qilib qoʻygan, shuning uchun uni yuvish uchun shu ishni qiladi.

6.11 yoshlik Lyan Yaoi miya saratoni kasalligidan vafot etadi. Oʻlimidan oldin u onasiga oʻzining tana aʼzolarini boshqa bolalarni asrab qolish uchun berishini vasiyat qilib qoladi.

Janubiy Xitoyning Guandun qishlogʻida yashagan Lyan Yaoi 9 yoshidan miya saratoni kasalligi bilan kasallangan. Oʻlimidan oldin tana aʼzolarini boshqa bolalarga vasiyat qilib qoldirdi. Jasur va fidoyi bolakayning joni uzilganda tibbiyot xodimlarining barchasi unga uch bora taʼzim qiladilar.

7. Kaliforniyadagi qariyalar uyi kasodga uchraganda, barcha xodimlar ketib qoldi. Faqatgina farrosh va oshpaz qolib, 16 ta qarovsiz qolga qariyalarga begʻaraz yordam koʻrsatdilar.

Oshpaz Moris Roulend va farrosh Migel Alvares yopilgan qariyalar uyida qolishga qaror qildilar, chunki u yerda 16 ta yordamga muhtoj qariya qarovsiz qolgan edi. Ular qariyalar bilan tunu kun birga boʻlib, ularni bir lahza ham qarovsiz qoldirmadilar. Uylariga ham bir soatgagina borib kelardilar. Bu voqea sababli 2014 yilda mamlakatda qariyalarga gʻamxorlik qilish qonuni kuchga kirdi.

8.Albert Leksi 36 yil davomida bolalar kasalxonasida oyoq-kiyim tozalab kelmoqda.

71 yoshli Albert Leksli 15 yoshidan oyoq-kiyim tozalashni boshlagan. Har seshanba va payshanba kunlari u Pitsburg kasalxonasiga kelib, kasallarning oyoq-kiyimini tozalaydi. Ishlab topgan pullarining barchasini xayr-ehson ishlariga sarflaydi. 36 yil ichida u choychaqadan tushgan pullari 200 000 dollarni tashkil etdi, bu pullarning barchasini qiynalgan va muhtojlarga sarf qildi. Oʻzining esa hatto avtomobili ham yoʻq.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar