Oddiy tuzning noodatiy qoʻllanilish usullari

Shunday ekan, tekshirishni oshxonadan, aniqrogʻi sovutgichdan boshlaymiz! U yerda tuhumlarni koʻryabsiz, ammo ular qachondan beri turganini bilmaysizmi? Tuxumlarni oʻta shoʻr suvga soling. Eski tuxumlar suv ustiga suzib chiqadi, yangilari esa suv tubiga choʻkadi.

Pishloqni sovutgichda uzoq muddat, mogʻor bostirmay saqlashni istaysizmi? Shuinchaki pishloqni tuzli suvga chayilgan dokaga oʻrang.Yoz kunlarida dasturxonda qolib ketgan sariyogʻ qay holatga kelishini bilasizmi? Toʻgʻri, u erib, nohush boʻtqasimon koʻrinishga ega boʻladi. Agar sariyogʻni tuzli suvda chayilgan qogʻoz sochiq bilan oʻrab qoʻysangiz, u erib ketmaydi.

Quvurish paytida yogʻ sachrashi sizga tanish holatmi? Bunday holatda qizib turgan yogʻga biror mahsulotni solishdan avval unga ozgina tuz soling. U ortiqcha suyuqlikni tortib oladi va masalliq solingan payt yogʻ sachramaydi.

Biror nima pishirmoqchimisiz? Agar qolip ostiga ozina tuz sepilsa, pechenielar kuyib ketmasligidan habardormisiz?!

Bir chimdim osh tuzi shokolad, qahva va tort uchun tayyorlanayotgan kremning taʼmini yanada yaxshilashini, tuhumlar tezroq koʻpirishiga yordam berishini va sutni achib qolishidan saqlab qolishini bilasizmi? Sut haqida aytadigan boʻlsak, u biroz kuyganda mazasini yaxshilaydi. Shunchaki sutga ozgina tuz qoshib, soviting. Agar sut toshib ketsa, gaz plitasiga tuz seping, shunda kuygan isdan halos boʻlasiz.

Bizning bu “yordamchimiz” baliq taomlarini hush koʻruvchilarga ham asqotadi. Agar baliqdan suv oʻtlarining hidi kelayotgan boʻlsa, uni tuz aralashtirilgan muzdek suvda yuvish kerak. Agar baliq tayyorlanishidan avval 5-10 daqiqa tuzlab qoʻyilsa, tuz singadi va qovurilayotgan baliq uvalanib ketmaydi. Silliq baliqni tozalash oson boʻlishi uchun qoʻllarni shoʻr suvga tiqib olish kifoya.

Qoʻziqorinni hush koʻruvchilarga kichik sirni ochamiz. Agar quritilgan qoʻziqorinlar biroz tuzlangan suvga boʻktirilsa, ular yangiday koʻrinishga ega boʻladi.
Endi oshxonani tartibga keltiramiz. Agar tayyorlayotgan taomingizni gaz plitasida unutib qoldirgan boʻlsangiz, kastryulka yoki tovaga tuz seping. Bu sizning unutuvchanligingiz oqibatlarini osongina tozalaydi.

Shuningdek, tuz stol va idishlarni suvdan qolgan oq dogʻlardan tozalaydi. Buning uchun 1 oshqoshiq tuzni 1 choyqoshiq oʻsimlik yogʻi bilan aralashtiring.
Oshxona gubkalarini biroz tuzli suvga boʻktirib, yangilash mumkin.
Nohush hidlarga keladigan boʻlsak, sovutgichdagi ushbu hidlarni ketkazish uchun tuz va soda aralashmasidan foydalaning. Tuz dolchin bilan aralashtirilsa, mikrooʻlqinli yoki gaz pechidagi hidlarni ketkazishi mumkin.
Uydagi havoni yangilamoqchimisiz? Apelsinni ikkiga boʻlib, ikkala boʻlakka ham tuz seping.

Oshxonani ham tozalab boʻldik, endi uy yigʻishtirish, kir yuvish va tozalashga oʻtamiz! Biror misdan yasalgan buyumni yaltiratib tozalash uchun tuz, un va sirkadan bir hil miqdorda solib, tayyorlangan pastadan foydalanish mumkin. Buning uchun pastani biror metal buyumga yaxshilab surtib, soʻng artib tashlanadi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



