Oʻzbekiston

Ulugʻbekning gʻoyib boʻlgan kutubxonasi yoxud Sharqning yechimi topilmagan jumbogʻi

Ulugʻbekning gʻoyib boʻlgan kutubxonasi yoxud Sharqning yechimi topilmagan jumbogʻi

Oʻz davrining buyuk sarkardasi Amir Temur Samarqandning nomini butun dunyoga yoyib, uni arxitektura va madaniyat markaziga aylantirdi. Sarkarda yurishlardan oʻljalar bilan birga Kichik Osiyodan, Turkiya, Hindistondan qimmatbaho kitoblarni olib kelar edi.

Amir Temurning vafotidan keyin uning imperiyasi ikkiga boʻlindi: Hirotni sarkardaning oʻgʻli Shohruh boshqargan boʻlsa, Movaraunnaxrda Shohruhning oʻgʻli Ulugbek hukmronlik qildi. Ulugʻbekka bobosidan kutubxona ham meros boʻlib qoldi.

Ulugʻbek oʻrta asr davrining maʼrifatli hukmdorlaridan biri edi. U oʻz atrofiga Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi sharqning buyuk olimlarini yigʻgan edi. Katta davlatning hukdori boʻlishiga qaramasdan Ulugʻbek umrining asosiy vaqtini ilmiy ishlarga bagʻishlar va koʻp vaqtini oʻzi qurdirgan observatoriyada oʻtkazar edi.

Otasining oʻlimidan keyin Uligʻbek Timiriylar sulolasining yagona hukmdori boʻldi. Uning ilm bilan shugʻullanishi koʻpchilikka yoqmas edi. Ulugʻbekka qarshi fitna uyushtirildi, dushmanlar hatto uning oʻgʻlini ham oʻz tomonlariga ogʻdirib oldilar.

Ulugʻbekning gʻoyib boʻlgan kutubxonasi yoxud Sharqning yechimi topilmagan jumbogʻi

Yaqinlashib kelayotgan fitnani sezgan Ulugʻbek hukumat tepasiga keladigan jaholat vakillari uning yaratgan ilm maskanini vayron qilishlarini bilar edi. Rasadxona yoʻq qilinish arafasida edi, ammo kutubxonani qanday boʻlmasin saqlab qolish kerak edi. Olim oʻz fikrini shogirdi Ali Qushchiga bildirdi, u esa buning yoʻli borligini aytdi. Ali Qushchi Kesh qishlogʻidan boʻlgan, shu qishloq yaqinida togʻda koʻplab gʻorlar borligini va oʻsha yerda kitoblarni yaxshilab berkitib qoʻyish mumkinligi ham qoʻshib oʻtdi. Ulugʻbek shunday qildi ham – bir necha yuz tomdan iborat kitoblar sandiqlarga joylanib, yashirin ravishda olib ketildi.

Ulugʻbekning gʻoyib boʻlgan kutubxonasi yoxud Sharqning yechimi topilmagan jumbogʻi

Buning orasida 1449 yilda Samarqandda fojiali voqealar sodir boʻldi. Ulugʻbek hiyonatkorona oʻldirildi, uning rasadxonasi vayron qilindi. Ustozining oʻlimidan keyin Ali Qushchi ham Turkiyaga oʻtib ketdi. Aytishlaricha, u oʻzi bilan birga kitoblarning ozgina qismini olib ketgan, qolgani esa maxfiy berkitilgan joyda qolib ketdi. Ali Qushchi Movaraunnaxrga boshqa qaytib kelolmadi, kitoblarning berkitilgan joyini esa faqatgina u bilar edi. Shu tariqa kutubxonaning izlari ham yoʻqoldi, uning joylashgan joyi hozirda ham Sharqning yechimi topilmagan jimbogʻi boʻlib qolmoqda.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar