Foydali

Tirnoq tishlash odati haqida koʻpchilik bilgan va bilmagan maʼlumotlar

Tirnoq tishlash odati haqida koʻpchilik bilgan va bilmagan maʼlumotlar

Olimlar bunday xatti-harakatlarining sababini bilishga qiziqib, tadqiqot oʻtkazib, uning yordamida turli xil dalillarni topishdi. Koʻpchilik "tirnoq tishlovchilarr" orasida perfeksionizm mavjudligi aniqlandi.

Aslida perfeksioner boʻlish unchalik yomon emas, ammo bunday xatti-harakatlar maʼlum noxush oqibatlarga olib kelshi mumkin. 

Tirnoq tishlash odati haqida koʻpchilik bilgan va bilmagan maʼlumotlar

Perfeksionistlar odatiy ritmda sust ishlaydilar, ular boshlagan ishlarini mukammallikka yetkazishiga koʻproq vaqt talab etiladi. Vaqt va sharoit har doim ham ularning izmida emas. Shu sababli ham ularda boshqa odamlarga qaraganda tushkunlikka tushish ehtimoli koʻproq. Perfeksionistlar oʻzlari uchun yuqori maqsad qoʻyadilar va har doim ham bunga erisha olmaydilar. Maqsadlarni rejalashtirish- vaziyatni nazorat qilishning eng yaxshi usulidir. Perfeksionerlar nimanidir oʻz rejasi bilan amalga oshirsa, buning evaziga mukofot olishadi deb oʻylashadi. Tirnoqni tishlash - bu oʻzlariga berilishi mumkin boʻlgan maʼlum darajadagi mukofotni olishning psixologik usulidir. 

Tirnoq tishlash odati haqida koʻpchilik bilgan va bilmagan maʼlumotlar

Bu shunday odatiy odatki, koʻpchiligimiz buni kimdir qilganda ham unga ahamiyat bermaymiz. Ushbu harakatda gʻayrioddiy narsa yoʻqdek tuyuladi.

Ushbu odat shifokorlar tomonidan chuqur oʻrganilgan.

Ushbu xatti-harakatga nima sabab boʻlganligi haqida olimlar qiziqish bildirishdi va ular bitta asosiy umumiy oʻxshashlikni topdilar.

Koʻplab "kemiruvchilar" mukammallikka intilishadi. Aksariyat "kemiruvchilar" perfektsionistlardir. Ular tirnoqlarini tishlab, oʻz maqsadlariga erishish, natijasini qoʻlga kiritish istagida boʻladilar.

Tirnoq tishlash odati haqida koʻpchilik bilgan va bilmagan maʼlumotlar

Perfeksionizmning sifati xarakterning boshqa xususiyatlariga bevosita taʼsir qilishi mumkin. Bunda umidsizlik va xafsala pir boʻlishiga olib kelishi mumkin.

Perfeksionizm faqatgina tirnoq tishlashda aks etmaydi.Tadqiqotchilar har qanday "takroriy" xatti-harakatlar, masalan, sochni oʻynash yoki teriga tegish ham perfeksionizmning belgisi boʻlishi mumkinligini aniqladilar.

Tirnoq tishlash odati haqida koʻpchilik bilgan va bilmagan maʼlumotlar

Ishga biroz oson yondashing. Yuqori maqsadlarni qoʻyish yaxshi, lekin umidsizlik va muvaffaqiyatsizlik sizni ortiqcha “yutib” yuborishiga yoʻl qoʻymang.

Tirnoq tishlash odati haqida koʻpchilik bilgan va bilmagan maʼlumotlar

Vaziyatni nazorat ostiga oling. Agar siz tez-tez bajarilmagan maqsadlaringiz tufayli tushkunlikka tushsangiz, bu depressiya va boshqa noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Siz hech qachon tirnoq ostida nima borligini bilmaysiz, shuning uchun ehtiyot boʻling. Qoʻllari tez-tez yuving.

Tirnoq tishlashga odatlanganlar barmoqlari qachon ogʻziga yetib qolganini ham sezmay qoladilar. Bu holat ularning ongida beixtiyor sodir boʻladi.

Tirnoq tishlash odati haqida koʻpchilik bilgan va bilmagan maʼlumotlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar