Ekstremal turizm uchun eng munosib maskanlar beshligi

Bled- Slobeniyaning chekka hududida joylashgan va oilaviy hordiq olish uchun ayni muddao boʻlgan togʻ kurortidir. Ekstrim ishqibozlari bu yerda ham zerikib qolmasliklari aniq. Moviy rangli koʻl va uning atrofidagi qalin oʻrmonlarni qush parvozi balandligidan turib tomosha qilishga nima deysiz? Buning uchun parashyutdan sakrab koʻrish kerak boʻladi, xolos. Ushbu tajriba butun umrga yodingizda qolishi aniq.

Yerdan bir necha metr balandlikda parvoz qilish va jazirama Ispaniyaning yashil rangga burkangan hududlarini hotirjam tomosha qilish – shunchaki orzu emas. Buni har bir inson oʻzida sinab koʻrishi mumkin. Paraplanda uchish- parashyutda sakrashga jurati yetmagan, ammo hudud goʻzalliklarini yuqoridan tomosha qilishni istagan insonlarga juda maʼqul keladi.
Ispaniyaning shimoli- gʻarbiy qismida joylashgan Pontevedra provinsiyasi mazkur sport turi bilan shugʻullanish mumkin boʻlgan eng ajoyib joylardan biri. Hududning ob-havo sharoitlari yaxshi mutahassislar ham katta tajribaga ega. Murabbiy bilan birga mashq qilish orqali mustaqil ravishda parvoz qilishga tayyor boʻlasiz.

Yuqoridan pastga erkin parvoz qilish - asabi boʻshlar uchun moʻljallangan mashgʻulot emas. Ammo u sizga butun umrga tatiydigan taassurotlarni hadya qila oladi. Bvandji-jamping – alpinistlar ashyolari bilan baland maydondan pastga sakrash hisoblanadi. Birinchi oʻn yoki yuz metrda shunchaki parvo qilib borasiz, keyin esa zanjir bilan joyingizda qolasiz. Buning uchun eng ajoyib maskanlardan biri balandligi 300 metr keladigan Makao minoirasi hisoblanadi. Moviy dengiz va shahar manzaralari 7 soniya davomida koʻzlaringiz qarshisida butunlay boshqa bir olamni aks ettirib beradi.

Bu alpinizmning biroz oʻzgacharoq koʻrinishi boʻlib, Provansdagi Gorj-dyu-Verdon darasi buning uchun eng qulay joylardan biri hisoblanadi. Jarayon davomida tabiatning bor goʻzalligi- moviy rangli daryo, oppoq qoyalar va daraxtlarning yashil yaproqlarini kuzatishingiz mumkin.

Togʻ yoʻlaklari boʻylab velosiped uchish ham asablari baquvvat insonlar uchun moʻljallangan mashgʻulot. Tezlik, keskin qiyaliklar va betakror manzara sizga yangi taassurotlarni hadya qiladi.
Islandiya oʻlkasida mazkur sport turi bilan shugʻullanish uchun imkoniyatlar yetarlicha. Ammo mashq qilish uchun taʼqiqilangan togʻ yoʻllarini tanlay koʻrmang.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



