Sayohat

JAR: koʻpchilikka maʼlum va nomaʼlum Afrika

JAR: koʻpchilikka maʼlum va nomaʼlum Afrika

JAR Afrikaning janubiy qismida joylashgan boʻlib, uning ikki tomonini ikkita okean oʻrab turadi. Mamlakat Namibiya, Botsvana, Zimbabve, Mozambik hamda Esvatini bilan chegaradosh. JAR oʻziga hos va koʻp millatli mamlakat hisoblanadi. Bu yerda 11ta davlat tili va 3ta poytaxt mavjud. 

JAR: koʻpchilikka maʼlum va nomaʼlum Afrika

JAR Afrika mamlakatlari orasida eng koʻp oltin oladigan mamlakat sanaladi. Bu yerda bir yil davomida 190 tonna oltin qazib olishadi. Oltin qazib olish JARning xalqaro iqtisodiyotidagi muhim oʻrinlarga chiqib olishi uchun yordam bergan. Shu bilan bir qatorda mamlakatda qishloq xoʻjaligi hamda vinochilik  ham yaxshi rivojlangan. JAR jamoat transporti tizimi aʼlo darajada shakllantirilgan yagona Afrika mamlakati hisoblanadi.

JAR: koʻpchilikka maʼlum va nomaʼlum Afrika

Oʻlkada aholining 99%ida haydovchilik guvohnomasi bor. Yoʻl harakatiga amal qilish madaniyati ham oʻta oliy darajada. JARning ichimlik suvi sifati boʻyicha yetakchi oʻrinlarda turadi. Bu oʻlkada kran ostidagi suvni ham qaynatmay ichish mumkin. Mamlakat hududida tarixdagi ilk yurak koʻchirish operatsiyasi oʻtkazilgan. 1967 yilda boʻlib oʻtgan jarrohlik kardioxirurg Kristian Bernard tomonidan amalga oshirilgan edi.

JAR: koʻpchilikka maʼlum va nomaʼlum Afrika

“Ajdaho” togʻi

Ushbu togʻ mamlakatning oʻziga hos timsoli boʻlib, bunday nomga togʻ atrofidagi bulutlar sabab boʻlgan. Aytishlaricha togʻ bagʻrida ajdaho yashaydi va u odamlardan berkinib hayot kechiradi. U hosil qiladigan bugʻ hudud atrofida yigʻilib qolar emish. Mazkur togʻda foydali qazilmalar haddan tashqari koʻp. Uning bagʻrida bir qancha qoʻriqxonalar joylashgan.

JAR: koʻpchilikka maʼlum va nomaʼlum Afrika

Bu mamlakatning eng mashxur milliy bogʻi boʻlib, 2 million gektarlik hududdan oʻrin olgan. Bogʻ maʼmuriy jihatdan 14 ta ekozonalarga boʻlib qoʻyilgan. Bu yerda turli hil jonivorlar hayot kechirishadi. Ulardan eng mashxurlari esa sher, karkidon, buyvol, fil va leoparddir.

JAR: koʻpchilikka maʼlum va nomaʼlum Afrika

“Tugela” sharsharasi esa dunyodagi eng baland sharsharalar reytingida Anxeldan keying ikkinchi oʻrinni egallaydi. U Natal qirollik milliy bogʻi ichida joylashgan. Suvning pastga tushish balandligi 948 metrni tashkil qiladi.

JAR: koʻpchilikka maʼlum va nomaʼlum Afrika

Mamlakat hududida mahalliy oʻsimliklarning 1800 xil turi mavjud.

JAR odamlari dengiz mahsulotlarini isteʼmol qilish koʻrsatkichlari boʻyicha dunyodagi yetakchi oʻrinlardan birida turadi.

JAR hududidagi eng yirik shahar Yoxanesburg hisoblanadi.

Ushbu mamlakat odamlarining mentaliteti slavyan xalqlariga oʻxshab ketadi.

JAR: koʻpchilikka maʼlum va nomaʼlum Afrika

Tarixda faqatgina bir marta 3 nafar nobel mukofoti sovrindori bir koʻchada isteʼqomat qilgan va bu koʻcha aynan JAR da boʻlgan.

Mamlakat hududidan topilgan inson qoldiqlarining yoshi160 000 yilga teng ekani aniqlangan.

“Kullinan” nomli eng yirik olmos JAR hududida qoʻlga kiritilgan.

JAR: koʻpchilikka maʼlum va nomaʼlum Afrika
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar