Avto

Krishtianu Ronalduga tegishli boʻlgan eng qimmatbaho avtomobillar

Krishtianu Ronalduga tegishli boʻlgan eng qimmatbaho avtomobillar

 Audi kompaniyasi "Real Madrid" futbol klubi bilan faol hamkorlik qilib keladi va sportchilarni oʻz brendiga tegishli boʻlgan avtomobillar bilan taʼminlaydi. Krishtianu Madridda oʻynagan vaqtlari uni mazkur mashina rulida koʻp bor koʻrishgan. Avtomobilni oddiy mashinalar qatoriga kiritish imkonsiz. Quvvati 560 ot kuchiga teng boʻlgan V8 motori mashinaning 3,9 sekund ichida 100 kilometr tezlikda oʻt olishiga imkon yaratadi. Mashinaning maksimal tezligi soatiga 305 km. 

Krishtianu Ronalduga tegishli boʻlgan eng qimmatbaho avtomobillar

Bu futbolchi kolleksiyasidagi eng tezkor avtomobillardan biridir. Quvvati 1019 ot kuchiga teng boʻlgan superkar dvigateli mashinaga 2.9 sekund ichida 100 km tezlikda oʻt olishga imkon beradi. Mashinaning maksimal tezligi soatiga 402 kilometr. Qurilma intellektual poyga shassisi yordamida boshqariladi. 

Krishtianu Ronalduga tegishli boʻlgan eng qimmatbaho avtomobillar

Rolls-Royce Phantomni Krishtianu bisotidagi eng qulay mashina sifatida eʼtirof etishadi. Phantom Drophead Coupe seriyasiga tegishli boʻlgan Rolls-Royce futbolchiga 410 000 yevroga tushgan. 

Krishtianu Ronalduga tegishli boʻlgan eng qimmatbaho avtomobillar

"Lamborgini" dizaynini boshqa hech bir superkar bilan adashtirib qoʻymasligingiz aniq. Kuzovning aerodinamik koʻrinishi koʻpchilikni oʻziga rom etadi. Futbolchi mazkur avtomobilni 27 yoshga toʻlishi munosabati bilan 270 000 yevro evaziga sotib olgan.

Krishtianu Ronalduga tegishli boʻlgan eng qimmatbaho avtomobillar

Krishtianu Ronalduning eng qimmatbaho va sevimli avtomobili. Mashinaning maksimal tezligi soatiga 420 kilometrni tashkil qiladi. Futbol yulduzi mazkur avtomobilni 2.8 million yevro evaziga harid qilgan. 

Krishtianu Ronalduga tegishli boʻlgan eng qimmatbaho avtomobillar

Shuningdek, Krishtianu yaqindagina McLaren Senna superkarini ham harid qilganini bildirdi. Uning tahminiy narxi 850 000 yevroga teng boʻlib, avtomobil "Formula-1"ning afsonaviy poygachisi Ayrtona Senna sharafiga nomlangan.  Superkar ilk marta 2018 yilda Jeneva avtosalonida namoyish qilingan boʻlib, unga quvvati 800 ot kuchiga teng boʻlgan 8 silindrli dvigatel oʻrnatilgan.

Krishtianu Ronalduga tegishli boʻlgan eng qimmatbaho avtomobillar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar