Ajoyib desert: "Malika" torti

Bu ayol qirol Gustav V ning ukasi boʻlmish shahzoda Karl Bernedottning qizlari - malikalar Margarita, Marta va Astridga muallimalik qilgan. Qizlar tortni juda yaxshi koʻrganlari tufayli shirinlikka "Malika" nomi berilgan. Oʻz vaqtida ushbu desertni "Prinsesstårta", yaʼni "Malikalar torti" deb ham atashgan. Sentyabr oyining uchinchi haftasida esa tortni pishirish uchun maxsus bayramlar uyushtirilgan. Ayni vaqtda Shvetsiyada ushbu tort yilning toʻrt faslida ham tayyorlanadi. Tortning ustki qoplamasi rangi esa nafaqat yashil, balki pushti, sariq, qizil, toʻq sariq va oq boʻlishi ham mumkin.
Kaloriya: 842 kkal
Oqsillar: 12,4 gramm
Yogʻlar: 51,4 gramm
Uglevodlar: 86,6 gramm
3 dona tayyor biskvit
150 gr malina murabbosi
1,5 choyqoshiq jelatin
500 ml qaymoq
50 gr qand upasi
250 ml sut
4 dona tuxum sarigʻi
2 oshqoshiq kartoshka kraxmali
3 oshqoshiq shakar
1 dona vanil tayoqchasi
500 gr marsipian
80 gr sariyogʻ

1. Tuxum sarigʻi shakar, kraxmal va vanil urugʻlari bilan birga koʻpirtiriladi. Sut qizdirib olinadi, asta-sekinlik bilan tuxum sarigʻi ustidan quyiladi. Aralashma olov ustiga qaytarilgach, ichiga sariyogʻ solib, aralashtirgan holatda massa quyuqlashguniga qadar qaynatib turiladi. Krem toza idish ichiga solinadi, usti plyonka bilan yopiladi va sovutgich ichiga joylab qoʻyiladi.

2. Jelatin ikki oshqoshiq issiq suvga solib ivitiladi va shu holatda toʻliq eriguncha qoldiriladi. Koʻpirtirilgan qaymoq qand upasi bilan aralashtiriladi. Ikki oshqoshiq massa eritilgan jelatin ichiga solinadi va yaxshilab aralashtiriladi. Hosil boʻlgan massa asta-sekinlik bilan koʻpirtirilgan qaymoqning qolgan qismi ichiga quyilgach, koʻpirtirish davom ettiriladi.

3. Birinchi korj ustiga murabbo va qaymoq yupqa qilib surtiladi. Ustidan ikkinchi korj yopiladi. Uning yuza qismiga esa vanilli krem hamda koʻpirtirilgan qaymoq surtib chiqiladi.

4. Qaymoqqa gumbaz shakli beriladi. Ustidan yupqa korj joylashtirilgach, tort dumaloq shaklga keltiriladi. Chetlariga qaymoq surtiladi, biskvitning har bir qismi qaymoq bilan toʻliq qoplangan boʻlishi lozim. Ana shunda marsipian ham yaxshi yopishadi.

5. Tayyor tort yashil marsiapian bilan qoplangach, ustki qismi atirgullar bilan bezatiladi va qand upasi sepib qoʻyiladi.
Yoqimli ishtaha!

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



