Yangi Harmony of the seas – dunyoning eng yirik dengiz sayohat kemasi

Harmony dengiz layneri Fransiyaning STX France kompaniyasi tomonidan qurilgan boʻlib, shu yilning may oyida Amerikaning Royal Carribean International (RCI) kompaniyasiga foydalanish uchun topshiriladi.


Harmony of the seas (Dengizlar uygʻunligi) nomlidengiz sayohat laynerining tuzilishi tahsinga sazovor:
*kemaning umumiy sigʻimi – 226 ming tonna;
*uzunligi – 362metr;
*kengligi – 66 metr;
*balandligi– 70 metr. Bu 23 qavatli binodan ham baland.

Uning bortida 6 296 ming yoʻlovchi va 2 384nafar ekipaj aʼzolari joylashishi mumkin.

Ushbu yangi kema qurilishining narxi milliard yevrogateng.

Royal Carribean International kompaniyasi hozirgikunda ikkita Oasis rusumli kruiz layneriga ega. Ulardan biri Allure of the Seas2010 yilda faoliyatini boshlagan boʻlib, dunyoning eng yirik yoʻlovchi kemasihisoblanadi, biroq bu koʻrsatgich yaqinda oʻzgaradi.

Yangi kema foydalanishga topshirilgandan soʻng Allureof the seas kemasi uzunasiga ikki santimetr farq bilan ikkinchi oʻringa tushibqoladi.

Fransiya, 10 mart 2016 yil











Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



