Google xaritalari yordamida qilingan 12 ajabtovur topilmalar


Xarobazor posboni
2006 yilning noyabrida Linn Xikoks Google xaritalarida Kanadaninh Albertprovinsiyasida hinduning qulogʻiga naushniklar taqilgan boshini eslatuvchi geologik majmuani topdi. Xaqiqatda esa bu tuproq erroziyasining maxsuliboʻlib, quloqdagi naushniklar esa neft minorasiga olib boruvchi yoʻl va neftminorasining oʻzi edi.

Iroqdagiqonli koʻl
2007 yili Iroqning Sadr shahri yaqinida qip qizil rangdagi koʻl topilganedi. Bu koʻl ustida koʻp spekulyasiyalar boʻlgan. Anomal hodisa kelib chiqishtaxminlari juda turfa bulib, oqava suvlaridan tortib to yaqin atrofdajoylashgan qassabxona chiqindilarigacha edi. Ammo koʻl suvining rangini oʻzgarishiga olib kelgan sabablar shu boʻyicha aniqlanmadi. Bugunga kelib koʻl koʻrinish boshqa koʻllarnikiga oʻxshaydi.

Yurak koʻrinishidagi orol
Xotvatiyaga tegishli Galeshnyak oroli 2009 yili sputnik xaritalaridatopilgan edi. Juda tez orol mashhur boʻlib ketib, bir vaqtlar kimsasiz boʻlfanyer endi butun dunyodan kelgan sevishganlarning ziyoratgoh joyiga aylandi.

Barmoq izi koʻrinishidagi labirint
Angliyaning Braytonshahrida “Xouv” bogʻida odam barmogʻining izi koʻrinishidagi ohaktoshdanterilgan labirint joylashgan. U 2006 yili rassom Kris Druri eskizi boʻyichabarpo etilgan. Bu labirintning boshqalaridan farqi shundaki, undagi markazgaolib boruvchi yoʻlaklarda berk yoʻlaklar va ayrilishlari yoʻq.

Niderlandiyaning Almere shaharchasidagi koʻldagi“qotillik sahnasi”
Niderlandiyada 2009 yili qilingan sputnik surʼatni Reddit saytifoydalanuvchilaridan biri topib oldi. Surʼatda qotillik sodir etilayotgandekkoʻrinib, saytda haqiqatda nima yuz bergani haqida joʻshqin muhokamalarga olibkeldi.
Biroq hech qanday qotillik busurʼatda yoʻq edi. Almerelik Jaklin Kenenoʻzining suvda choʻmilishni yaxshi koʻradigan tilla rangli retriver itini tanibqoldi. Qon izlari deb taxmin qilingan izlar esa itning yungidan oqib tushgansuv boʻlib chiqdi.

Svastika koʻrinishidagi bino
AQSH Xarbiy qomondonligiga tegishli svastika shaklidagi binoni 2006 yiliGoogle foydalanuvchilari topdilar. Qomondonlikda bu oʻxshashlikni faqar qurishishlari olib borilyotgan va uni oʻzgartirib boʻlmaydigan vaqtda svastikafigurasi bilan oʻxshashlik aniqlangani haqida maʼlumot beradi.
2007 yili 600 ming Aqsh dollari miqdorida mablagʻlar landshaftnioʻzgartirish va quyosh batareyalari oʻrnatish uchin ajratilib, ularoʻrnatilganda binonig shaklini berkitishgan. Bugun sputnik xaritalarda faqatbitta L shaklidagi korpusni koʻrish mumkin. Qolganlari quyosh batareyalariplastinalari bilan yopiq.

Kabutar niqobidagi odamlar
Bu surʼat 2013 yilning mart oyida Yaponiyaning Musasino kichkinashaharchasida qilingan edi. Bu kompozisiya ataydan uyushtirilgan hollardan biriboʻlib, Daily Portal Z sayti jamoasi va foydalanuvchilari Google uchun shaharkoʻchalari surʼatga olinishini bilib oʻzlarini xaritada aks ettirishni qarorqildilar.

Daraxtlar bilan qoplangan kema
Avstraliyaning Sidneyshahri yaqinida oqib oʻtivchi Parramatta daryosida bu tashlandiq va daraxtlarbilan qoplangan kema sputnik tomonidan surʼatga olingan. SS Ayrfield nomiostidagi kema suvga 1911 yili tushurilgan edi. 1972 yili kemani xizmatdan yechib olishgan va ushavaqtdan beri daryoning quyilish joyida turibdi.

Ruminiyadagi Nomaʼlim uchar jism
Ruminiyaning Timishoara shahariyaqinidagi tashlandiq fermalarninig biri yonida bu shakl jihatidan fantastik janrdagi filmlardagi nomaʼlumuchar jismga oʻxshash obʼekt topilgan. Bu topilmabizning sayyoramizga oʻzga sayyoralik kema kelib qoʻngani toʻgʻrisida koʻp mishmishlarga olib keldi. Xaqiqatda esa, bu uchar likopcha bir vaqtlar Timishoarnisuv bilan taʼminlagan, xozirda esa tashlabdiq suv minorasi edi.

Sahro nafasi
Xaqiqatda bu antiqa doiralar Saxara choʻlida 1997 yili D. A. S. T.ijodiy birlashmasidagi odamlar qoʻli bilan yaratilgan. Haykal ikki ta spiraldayasalgan boʻlib, birinchi spiral markazdan chiqib kelib bir bibridanuzoqlashgan sari kengayib boradigan konuslardan yaratilgan. Ikkinchi spiral hamshu prinspdan kelib chiqib, chuqurliklardan yasalgan. Ijodkorlar rejasi boʻyicha spiral eroziya taʼsirioqibatida vaqt oʻtishi bilan yoʻq boʻlib ketishi kerak edi. Ammo xozir hamoradan 20 yil oʻtsada, skulpturani xatto kosmosdan juda yaxshi koʻrish mumkin.

Xarbiy samolyotlar qabristoni“
Devis-Monten” aviabazasi AQSHning Tuson shahari yaqinida joylashgan boʻlib,dunyodagi eng yirik aviataxnika konservasiya joyi nomiga loyiq. Bu yerda 4400ta samolyotlar va 40 ta kosmik kemalar saqlanadi. Har yili bu yerga 400 tatexnika birliklari keltirilib, yana shunchasi sotib yuboriladi yoki yoʻqqilinadi.

Lox-Nass koʻlidagi gʻaroyib mavjudot
Angliyaning Nottingemidan 25 yoshlik qoʻriqchi Djeyson Kuk Lox-Ness koʻliningsputnik surʼatlarini koʻrib chiqayotganida uning suvlarida suzayotgan gʻaroyibmavjudotni koʻrib qoldi. Vaholanki mashxur Nessi mavjudligi haqida ishonchli maʼlumotlaryoʻqligiga qaramay, koʻpchilik Google sputnigi aynan uni surʼatga olgan deb hisoblashmoqda.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



