«Osmon velosipedi» (SkyCycle) hayratda qoldiruvchi attraksion, Kurasiki, Yaponiya





Unda bu attraksionning nimasi qoʻrqinchli va hayajonli boʻlishi mumkin agar yoʻl tekis va harakatlanish sekin boʻlsa, degan savol tugʻildimi!? Buning bir nechta sababi bor, endi hammasini birma-bir aytib oʻtamiz. “Osmon velosipedi” nomini oʻzi bu yerdagi kabinalar doimgidek motor bilan emas, yoʻlovchilarni oʻzlari orqali harakatga keltirilishin ibildiradi. Yaʼni kabinalar oddiy velosipedga oʻxshatiladi, lekin bu velosipedlar yoʻllarda emas, balki 4-etajli bino balandligida oʻrnatilgan relslarda joylashgan. Lekin bu hol shartli, chunki attraksion tepalik atrofda joylashgan va sizning ostingizda oʻnlab metrli pastliklar turibdi.





Kabinalar 2 kishilik ochiq harakatlanadigan qurilmadan iborat boʻlib, uni bir kishi boʻlsada boshqara oladi. Bunday kabinaning har bir yoʻlovchisida oʻzining tepkilari, rul va old tomonda narsalarni saqlash uchun quti mavjud. Va engqiziq joyi shu-ki, kabinalarda xavfsizlik vositalari umuman yoʻq, sizni himoyalovchi yagona narsa bu – xavfsizlik kamari va u ham juda xavfsiz emas.





SkyCycle attraksionida haydab turib, doim esda tutish lozim - tezlik faqat sizga bogʻliq, va shuningdek siz boshqa kabinalar bilan toʻqnash kelishingiz mumkin. Va tasavvur qiling, yoʻlakdagi oʻtkir burchaklarda burilish qanchalik qoʻrqinchli, chunki bu holatda balandlik aslo kichik emas va pastdagi hamma narsalar ramkali kabina qurilmalari orqali qanchalik aniq koʻrinishi, va bu chinakamiga yoʻlovchilar asabini oʻynatishi eʼtiborni chetda qoldirmaydi albatta.





Lekin hech qanday qoʻrqinch koʻpgina tashrif buyuruvchilarga ushbu kabinalardan koʻrinadigan Kurasiki shahri va “Washuzan Highland” parkining chiroyli manzarasidan bahra olishga xalaqit bermaydi. SkyCycle dan Seto koʻprigini (Shimotsui-Seto) (“Buyuk boʻgʻoz orqali qurilgan koʻprik”) butun chiroyida tomosha qilish mumkin – Xonsyu va Sikoku qirgʻoqlarini birlashtiruvchi ichki Yapon daryosi orqali oʻrnatilgan yoʻlboshchidir. Shunday qilib, “Osmon velosipedi” (SkyCycle) attraksioni tashrif buyuruvchilardagi oʻtkir hissiyotlarni sekin va esda qoluvchi, shahar va uning atrofini aylanish bilan birlashtiradi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



