Texnologiya

Sizni kelajakka olib boruvchi 13 ixtiro

Sizni kelajakka olib boruvchi 13 ixtiro

Flyte — bu magnitlar biriktirib qoʻyilgan kichik yogʻoch asos ustida, havoda uchib yuruvchi simsiz lampa. Bunday lampalarni allaqachon faol ishlatishyapti, chunki bu juda ham energotejamli – kunda 6 soat ishlaganda, lampa 22 yil xizmat qilishi mumkin.

Sizni kelajakka olib boruvchi 13 ixtiro

Flexwarm nomli kurtka matosiga orqa tomon, koʻkrak va bilaklarga maxsus isitish elementlari biriktirilgan. Oʻz xohishizga binoan maxsus sensorlar yordamida siz issiqlik uzatishni nazorat qilishingiz mumkin. Bu foydali ixtironi nafaqat sport muxlislari aʼlo baholashlari mumkin.

Sizni kelajakka olib boruvchi 13 ixtiro

Kitchen Sanitizing Wand uskunasi ultrabinafsha nurlari orqali barcha gʻovak boʻlmagan yuzalardan 99%gacha zararkunanda bakteriyalarni va mikromavjudotlarni oʻldirishi mumkin. Barcha uy bekalari orzusi amalga oshdi shekilli, - endi oshxona toza boʻlib yaltillaydi, chunki bu fikr allaqachon hayotga kirib kelgan.

Sizni kelajakka olib boruvchi 13 ixtiro

Uchta bir-biriga bogʻliq ekran birta uyali telefon ichida har xil uslubda ishlay oladi, hattoki bir vaqtning oʻzida bir necha dasturdan foydalanilayotgan boʻlsada. Klaviatura uskunaning uch buklama elementlaridan birining orqa tomonida joylashgan. Zamonaviy foydalanuvchilar orzuda, ushbu loyiha tezroq ishlab chiqarishgacha yetkazilsin, deb.

Sizni kelajakka olib boruvchi 13 ixtiro

Mittigina naushnikni quloqqa taqishni oʻzi kifoya – u darhol sozlamada tanlangan tilda avtomatik ravishda tarjima qilishni boshlaydi. Va buning hammasi internetga bogʻlanmasdan amalga oshiriladi. Shu uchun bugundan boshlab sayohatingiz oson va qiziq davom etishi mumkin.

Sizni kelajakka olib boruvchi 13 ixtiro

Odatiy sketbordlarda oʻlaroq,  Sidewinding circular skates oyoqlarni erkin boshqarishga, buralishga vaaylanishga imkon beradi. Skeyt asosida – 2 ta 25smli gʻildirak va oyoqlar uchun qulay platformalar. B kabi ixtirodan nafaqat oʻsmirlar xursand boʻladi. Va bu allaqachon haqiqatga aylangan!

Sizni kelajakka olib boruvchi 13 ixtiro

Port – bu telefonga quyoshenergiyasi orqali zaryad beradigan ixcham tashqi akkumulyator. Bu uchun uniuydagi, mashina yoki samolyotdagi xohlagan oynaga maxsus yopishtirgʻich bilan biriktirib qoʻyilsa boʻlgani. Judayam qulay, oʻzingiz ham bir sinab koʻring.

Sizni kelajakka olib boruvchi 13 ixtiro

Va nihoyat Bluetooth garniturava  telefonni bir uskuna ichida birlashtirildi. Telefonni ikki chetidan qisganingizda, oʻrtadan naushnik bargchasi chiqib turadi, va u quloqqa taqib qoʻyiladi. Afsuslar boʻlsinki, Cambala nomli loyiha hali gʻoya boshqichida.

Sizni kelajakka olib boruvchi 13 ixtiro

Ovqat tarkibini tez va aniq bilmoqchi boʻlganlar uchun maxsus TellSpec nomli uskunani ixtiro qilishdi. U mahsulotlarni skanerlaydi va tarkibiy qismlar hamda ovqatning ozuqaviy qiymati maʼlumotlari koʻrsatilgan roʻyxatni smartfondagi maxsus dasturiga yuboradi. Endi biz isteʼmol qiladigan mahsulotlar xavfsizligi toʻgʻrisida oʻylamasak ham boʻladi.

Sizni kelajakka olib boruvchi 13 ixtiro

Portal – bu tushib qolishdan qoʻrqmaydigan va suvga 10 metr chuqurlikkacha shoʻngʻishga imkoni bor, juda moslashuvchan smartfon. Shu bilan birga u qoʻlda turadigan gadjetga yengilgina aylanib qoladi, va fitness-treker hamda smart-soat rolida ham xizmat qilishi mumkin. Ishlab chiqaruvchilar uskunani yaqinda bozorga chiqarishga soʻz berishdi.

Sizni kelajakka olib boruvchi 13 ixtiro

Copy & Paste rasmlarni qayerda va qanday holatda boʻlmasin oʻqib olib, bosib chiqaradigan moslama. Obyektni skanerlash degan tugmani bosish kifoya, va undan keyin siyoh orqali olingan rasmni xohlagan yuzaga olib koʻchirish mumkin. Hozircha bu faqatgina gʻoya, lekin bu moslamani ishlab chiqarganlarida, unga albatta uzun navbatda turishadi.

Sizni kelajakka olib boruvchi 13 ixtiro

Window Phone tasvirchan va juda real holatda ob-havoni koʻrsatishi mumkin, buning uchun u shunchaki ekran tashqi qiyofasini oʻzgartiradi. Faqatgina gʻoya amalga oshirilishini kutish qoldi xolos.

Sizni kelajakka olib boruvchi 13 ixtiro

Phree ruchkasi yordamida nimaiki xohlasangiz va qayerda xohlasangiz yozish mumkin, va bu real holatda ishlaydigan uskuna. Xohlagan yuzagaterilgan belgilar sonlanadi va smartfon yoki kompyuterga yuboriladi. Rostdanham, tezda yozish kerak boʻlib qolganda, qoʻl ostida na telefon, na qogʻoz boʻlgan paytda tengi yoʻq uskuna.

Sizni kelajakka olib boruvchi 13 ixtiro
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar