Ajoyib qoʻgʻirchoq uy – Toshkentdagi 4 xonali uydan ham qimmatroq turar ekan.

Mashxur yozuvchi F.S.Fitsjerald aytgan edi: “ Men shunday uchqun boʻldimki, yoshlarni yondirdim, Kollin Mur esa mashʼal boʻldi”. Kollin Mur–oʻtgan yuz yillikning eng mashxur va qimmat gollivud aktrisalaridan biri. Uning 2 sevimli narsasi boʻlgan ekan–kinematograf va qoʻgʻirchoqlar. Kollin qatnashgan 50 dan oshiq filmlari yoʻqolib ketgan. Lekin u yetti yil davomida yasagan qoʻgʻirchoq uy xali ham saqlanib qolgan. Hozirda uning taxminiy narxi 500 ming va 1 mln dollar oraligʻida aylanib yuribti.

Bu san'at asarini yigʻishda (3 m kenglik, 2 m balandlik) aktrisaga professional dizaynerlar yordam bergan. Detallarning boyligi aql bovar qilmas darajada. Masalan, kichik mehmonxonada qirol Artur aylana stolining mini-namunasi turibti. Uning ustidagi serviz esa – Vindzor qasrida ishlatiladiganning nusxasi.

Uni yasashda qimmatbaho materiallardan foydalanilgan. Eshiklari fil suyagidan, pol – eng yaxshi daraxtlardan, tabiiy pushti kvars va nefritdan qilingan. Yotoqxona oynalari haqiqiy vitrajdan qilingan, “rus xonasi”da joylashgan ikona esa brilliantlar bilan bezatilgan.

Bir yarim ming miniatur predmetlar orasida haqiqiy artefaktlar mavjud: kichik Bibliya, kumush oʻq otadigan pistolet, brilliantli platina uzuk, tilla qandillar… Alebasterli hammomda suv oqadi, har bir xonaning esa oʻchirib yoqadigan tugmasi bor.

Chuqur depressiya paytlarida bu qoʻgʻirchoq uy AQSh shaharlari boʻylab sayohat qilgan. Shu yoʻl bilan Kollin xayriyaga pul yiqqan. 1949 yilda aktrisa oʻzining ijod maxsulini Chikago ilim va sanoat Muzeyiga sovgʻa qilgan. Uni hozir oʻsha yerda koʻrishingiz mumkin.




Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



