Futurik Sedric – Volkswagenning kelajakdagi avtonom avtomobilidir


Mart oyidayoq Volkswagen Group kompaniyasi oʻzining Sedricnomli kelajak futuristik avtonom transport vositasining kontseptsiyasinitarmoqda eʼlon qilgan edi. Ushbu mashinada belgilangan joyga yetib olish uchunhaydovchidan oʻrindiqqa joylashib olib, kerakli tugmalarni bosish talabqilinadi, xolos. Shundan keyin xotrjamgina dam olgan holda manzaralarni tomoshaqilib yoki kitob oʻqishi, musiqa tinglashi, telefonda suhbatlashishi va yoʻlidadavom etishi mumkin.

Auto Shanghai 2017 koʻrgazmasida Volkswagen oʻziningavtonom kontsept-karining real nusxasini namoyish etdi. Yuqorida koʻrsatiboʻtilgandek, mashinaning kabinasidan yoʻlovchilar qulayligi uchun barchaboshqaruv moslamalari olib tashlangan boʻlib, faqatgina novigatsiyalar bilanjihozlangan.

VW Group Cedric avtonom avtoni yoʻlovchi uchun imkonboricha qulay qilish tarafdori, shunchaki joylashib olib, kerakli tugmanibosib, istalgan joyiga boraversin. Ushbu avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonasmart-soatlar ishlab chiqaruvchi Mobvoi kompaniyasi bilan sheriklik qilishihaqida maʼlum qildi.


Ularning maqsadi Sedric hamda VW ning kelajakda ishlabchiqaradigan boshqa avtomobillari uchun ham “aqlli” interfeys yaratishdir. Hozirchabu avtomobil shunchaki yangi gʻoya xolos, kelajakda uning keng foydalanishgatopshirilishi nomaʼlum.




Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



