Norvegiya qamoqxonasi koʻproq kurortga oʻxshaydi!


Shinam kameralarda televizor, sovutgich va dizaynerlar mebellari bilan jihozlangan. Xarbir maxbusni boqish davlat (yaʼni soliqtoʻlovchilar) uchun yiliga 150 ming evroni tashkil etadi.

Qamoqxona ichi koʻproq zamonaviy biznes markazni eslatadi.

Majmua hududi – 30 gektardan oshiqroq. Uning katta qismi oʻrmondan iborat boʻlib, u yerda maxbuslarga xar qanday vaqtda nazoratsiz aylanib yurishga ruxsat beriladi.


Bunday yondashuv oʻz mevalarini bermoqda. Statistika boʻyicha faqat 20% jazo muddatini oʻtaganlar qaytadan qamoqqa keyingi 2 yil ichida qaytar ekan. Misol uchun, EI va AQSH da bu koʻrsatkich 2-3 barobar oshiq.

Maxbuslar uchun trenajor va sport zallari mavjud.

Bundan tashqari hudud ichida supermarket ham joylashgan boʻlib, unda muzqaymoqdan tortib to yangi soʻyilgan mol goʻshtigacha xamma narsani topish mumkin.
Boshqa qamoqxonalardagi singari bu yerda ham maxbuslar mehnat qilishga haqli. Bittafarq – minimal ish haqqi – kuniga 6 evro!

Xar qaysi kishi oʻziga istakka koʻra taom tayyorlashi mumkin. Xarbir blokda barcha jihozlar bilan taʼminlangan oshxona bor.


Qamoqxona uchin mutlaqo fantastik rasm! Bunga qaramay Xaldenda xozirgacha qoʻriqchilarga hujum yoki qochishga urinishlar xech qayd etilmagan.

Norvegiya qamoqxonalarida koʻpchilik qoʻriqchilar ayollar boʻlib, umuman qurolsizdir (maxbuslar uchun qurolning borligi psixologik noqulaylik tugʻdiradi deb hisoblanadi).Xamma qoʻriqchilar 2 yillik tayyorlov sikllarini otishini taʼkidlab oʻtish joizdir. U oʻz ichiga psixologiya, inson huquqlari, etika va yurisprudensiya kurslarini oladi.

Ahloq tuzatish muassasaning boshligʻI Ore Xeidal. Uning qoʻl ostida 350 nafar qoʻriqchi va xizmat koʻrsatuvch xodimlar ishlaydi.

Ajablanarli albatta lekin, qamoqxonada kun tartibi bor boʻlib, kamerada 20:30dan to 7:30gacha boʻlish kerak. Qolgan vaqtda esa maxbuslar oʻz ixtiyorlarida qolar ekanlar. Istakka koʻra ishlash, hudud ichida sayr qilish yoki boshqa ishlari bilan mashgʻul boʻlish mumkin ekan.

Sodir etilgan jinoyati va jazo muddatidan qatʼiy nazar xar bir maxbus muloqotga haqli. Ular haftasiga 3 marta oilasi bilan muloqotga yoki alohida qurilgan kottedjda kunduzgi uchrashuvga egalar.

Bu esa Xaldenning alohida gururi – musiqa studiyasi. Unda musiqa asboblarida oʻynashni bepul oʻrgatib, qoshiq va radiokoʻrsatuvlar yoziladi.

Qamoq emas, toza havodagi sanatoriy!
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



