Sayohat

Yigit butun dunyoga Di Kaprio qanday uchishini koʻrsatish uchun 1.3 mln rubl sarfladi

Yigit butun dunyoga Di Kaprio qanday uchishini koʻrsatish uchun 1.3 mln rubl sarfladi

Singapurlik yosh tadbirkor Derek Lou (Derek Low) ish boʻyicha juda koʻp parvoz qilib, unda 93.5 ming bonus milyalari yigʻish imkoni paydo boʻlgan edi. Bu boylikning hammasini u bittada Singapurdan Nyu-Yorkka boʻlgan, dunyodagi eng qulay boʻlgan reyslik samolyot, biletiga almashtirishni qaror qildi. U boylar va Leonardo Di Kaprio va Morgan Friman kabi mashxurlar qanday parvoz qilishlarini koʻrib, bir yoʻlakayiga olamga ham koʻrsatmoqchi boʻldi. Pul koʻrinishida bilet unga 23 ming dollarga (taxminan 1.3 miln rubl) tushdi. 

Yigit butun dunyoga Di Kaprio qanday uchishini koʻrsatish uchun 1.3 mln rubl sarfladi

Biz AdMe.ru bunchalarqimmat turadigan (tom maʼnoda) bunday qiziquvchanlik oldidan oʻtib keta olmadik.

Yigit butun dunyoga Di Kaprio qanday uchishini koʻrsatish uchun 1.3 mln rubl sarfladi

Qiziqarlisi hali aeroportda boshlangan boʻlib, Derekni, lyuks klassi bilan uchadiganlar uchun moʻljallangan, shinam va umuman boʻm-boʻsh kutush zali orqali olib otishgan. “Yoʻlda biz 50 ta odam oʻtirgan, biznes-klass uchun moʻljallangan zonadan oʻtdik.  Administrator-qiz, meni plebeilardan koʻnglim aynib ketishidan havotirlangandek, shunchalar shoshilar edi”, - deb Derek oʻz blogida yozadi.

Yigit butun dunyoga Di Kaprio qanday uchishini koʻrsatish uchun 1.3 mln rubl sarfladi

“Butun personal, xuddi men bironta mashxur yulduzdek, meni ismimni aytib qarshi olardi”. Derek bu yerda juda zoʻr ovqatlantirishlari haqida oʻqigan edi va shu zahoti gryuyer pishlogʻili dudlangan lobster, emmental va chedder hamda tovuq va qoʻy goʻshtidan satay (Taylandcha taom) larga buyurtma berdi. Haqiqatda ham juda mazali ekanligini aniqladi.

Yigit butun dunyoga Di Kaprio qanday uchishini koʻrsatish uchun 1.3 mln rubl sarfladi

Soʻngra, Singapore Airlines aviakompaniyasinig personal lyuks Airbus A380 samolyoti bortiga chiqish vaqti keldi. “Mendan shu zahotiyoq “Ser, sizga bokal “Dom Perinyon” quyib beraylikmi”, deb soʻrashdi. Men bu savolga tabiiyki mumkin boʻlgan “ha!” javobini berdim ”.

Yigit butun dunyoga Di Kaprio qanday uchishini koʻrsatish uchun 1.3 mln rubl sarfladi

Airbus A380 bortida 12 ta lyuks nomerlari mavjud boʻlib, bu safar ularda, Derek bilan birga hisoblaganda, faqatgina 3 ta yoʻlovchi parvoz etayotgan edilar. Qolganlarni u koʻrmadi.

Yigit butun dunyoga Di Kaprio qanday uchishini koʻrsatish uchun 1.3 mln rubl sarfladi

Lou nomerida Salvatore Ferragamo dan krem va odekolon flakonlarili kosmetik qutichani topdi. Qolgan barcha narsalar – adyol, shippaklar, pajama, yostiqlar – Givenchy ning, filmlar koʻrish uchun naushniklar esa, Hugo Boss niki edi. Italiya kompaniyasi Poltrona Frautomonidan goʻzal charmdan yasalgan oʻrindiqlar taqdim etilgan edi.

Yigit butun dunyoga Di Kaprio qanday uchishini koʻrsatish uchun 1.3 mln rubl sarfladi

Unga personal styuard Zafani berib qoʻyishdi. Nuqsonsiz oʻqitilgan va juda samimiy styuard, oxirgi 2-3 yil davomida u, bu samolyot bilan parvoz qilishni yoqtiradigan, Leonardo Di Kaprio va Morgan Frimanga xizmat koʻrsatganini aytib bergan.

Yigit butun dunyoga Di Kaprio qanday uchishini koʻrsatish uchun 1.3 mln rubl sarfladi

Film tomosha qilish vaqtidaDerekka lobster va fenxel va osyotr ikrasidan salat va fua-gra olib kelib berishdi.

Yigit butun dunyoga Di Kaprio qanday uchishini koʻrsatish uchun 1.3 mln rubl sarfladi

Soʻngra, cheksiz zamonaviy gazaklardan Derekning uyqusi kela boshlaganda, styuardlar uning “nomerini” (yoki toʻgʻrirogʻi “kayutasini”) katta yotogʻi bor yotoqxonaga aylantirib yuborishdi. “Men oʻz zavqimni ifodalashim uchun menga biron shoir zarur boʻladi”, deb oʻyladim.

Yigit butun dunyoga Di Kaprio qanday uchishini koʻrsatish uchun 1.3 mln rubl sarfladi

Ertalabki nonushtaga, syurprizni qarang, passajirimizga yana lobster, sharobda dudlangan tomatlar va shafranli guruch hamda sparja olib keldilar. Bir ozdan soʻng losos ham, judamayin goʻst va bir juft mazali desertlar olib kelishdi. Ular nimadan  tayyorlanganligini yigit bila olmadi.

Yigit butun dunyoga Di Kaprio qanday uchishini koʻrsatish uchun 1.3 mln rubl sarfladi

“Biz uchib kelganimizda va bortni tark etish vaqti kelganda, men bitta jiddiy muammoga uchradim: men xech qayerga ketgim kelmayapti.  Ammo, bunga toʻgʻri keldi, Nyu-York ham unchalik yomon boʻlib chiqmadi”.

Yigit butun dunyoga Di Kaprio qanday uchishini koʻrsatish uchun 1.3 mln rubl sarfladi
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar