Dunyoviy muvaffaqiyatsizliklar muzeyi

“Muvaffaqiyatsizliklar muzeyi” doktor Semyuel Vest (Dr. Samuel West) yaratgan ishi, u korporativ ruxshunos boʻlib, oxirgi 7 yil ichida muvaffaqiyatsizlik va omad haqida odamlar fikrini eshitib, oʻrganib chiqdi.

Semyuel Vest qoʻlida oʻyinlar uchun moʻljallangan smartfon N-Gage ni tutmoqda.
“Men shu barcha, ayniqsa innovatsiya sohasidagi omadni maqtashlaridan charchadim, axir u yerda asosan barcha loyihalardan 80-90 foiziga yaqini butunlay muvaffaqiyatsizlikka uchraydi-ku” – deydi doktor Vest.
Bir kun Vest “Uzilgan aloqalar muzeyi”ga kirib qoldi, va u yerdagi kolleksiyaga omadi kelmagan sevgi voqealari bilan bogʻliq suvenirlar va boshqa shu kabi narsalar kirardi. Barcha eksponatlar odatiy muzey uslubiga xos qilib koʻrgazmaga taqdim etilgan – baʼzilari devorlarni bezardi, boshqalari vitrina va shisha ostida turardi. Bu noanʼanaviy joyga doktor Vest Xorvatiyaning Zagreb shahriga sayohat qilish paytida uchrab qoldi. Aynan oʻshanda uning xayoliga ajoyib fikr keldi.
“Men koʻchaga shoshib chiqdim va oʻsha mashhur evrika holati daqiqalarini sezdim. Men muvaffaqiyatsizliklar muzeyini yaratishim kerakligini tushundim va orqaga aslo yoʻl yoʻq edi”, - deb esladi Semyuel Vest.
Doktor Vestning aytishicha, muzeyning maqsadi shu-ki, innovatsiyalar nafaqat muvaffaqiyatsizliksiz kechmaydi va balki ularga muhtoj ham dir. Hayotiy tajriba bilan ilhomlangan fikr muallifi shunga aminki, agar doimo muvaffaqiyatsizlikdan qoʻrqib yashasa, yangiliklarni yaratishni umuman imkoni boʻlmay qoladi.
Muzey ochilishi 2017 yilning iyun oyiga belgilab qoʻyilgan, va ekspozitsiya 60 dan ortiq omadi kelmagan mahsulotlardan tashkil topadi. “Koʻrgazmaning har bir predmeti innovatsiyalar biznesining xavfli olamiga nazar qaratish uchun ajoyib imkoniyat yaratib beradi”, deb yozilgan muzey veb-saytida.
Muzey qatnashchisi boʻlishga tayyorlanayotgan predmetlar qatorida Harley-Davidson atiri; atayin ayollar uchun yaratilgan Bic kompaniyasi ruchkalari; kofeli ichimlik Coca-Cola BlaK, uyali telefon va oʻyin pristafkasini oʻzida mujassam ettiruvchi uskuna sifatida oʻylab topilgan Nokia N-Gage; Apple Newton, choʻntakli shaxsiy kompyuter; Colgate kompaniyasidan mol goʻshtidan qilingan lazanya; va yaqinda ishlab chiqarilgan, texnologiya bozori mahsulotlari Amazon Fire Phone va Google Glass.










Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



