Sayohat

Dunyodagi eng baland suv argʻimchoqlari

Dunyodagi eng baland suv argʻimchoqlari

Sarguzasht izlovchilarga uyda, toʻrt devor ichida qolish juda qiyin – ular doim o'zlari uchun yangi va qiziqarli narsalar axtarishadi. Buning uchun koʻngilochar hiyobonlardagi attraksionlar ayni muddao, ular haqiqiy adrenalinni sovgʻa qilishi mumkin. Lekin agar oddiy argʻimchoqlardan ham koʻproq zavq beradigan narsa qidirsangiz ayni manzilidasiz.

Dunyodagi eng baland suv argʻimchoqlari

Dunyoda tematik hiyobonlar mavjud va ularda eng baland boʻlgan suv argʻimchoqlari bor! Quyida ularning baʼzilari:

Dunyodagi eng baland suv argʻimchoqlari

1. "Verrückt" suv argʻimchogʻi (Kanzas-siti, Missuri shatati, AQSh)

Dunyodagi eng baland suv argʻimchoqlari

2014 yildan boshlab Kanzas siti dunyodagi eng baland suv argʻimchogʻiga ega boʻlgan shahar hisoblanadi. 168 fut (51,21 m) balandlikda joylashgan, joʻnatish nuqtasi, xattoki, Niagara sharsharasidan ham balandda, qayiq esa ichiga uch kishini sigʻdirib, 45 mil/s (72 km/s) tezlik bilan harakatlana oladi.

Dunyodagi eng baland suv argʻimchoqlari

Lekin baxtga qarshi (balki qarshi emas), adrenalin ovchilarida yaqin orada bu imkoniyat yoʻqoladi. Chunki 2016 yilda argʻimchoqda sodir boʻlgan baxtsiz hodisa tufayli, yaqin kunlarda uning ishini tugatish rejalashtirilmoqda.

Dunyodagi eng baland suv argʻimchoqlari

2. “Klimanjaro” (Matu-Grosu, Braziliya)

Dunyodagi eng baland suv argʻimchoqlari

Aquas Quentes davlat hiyobonining hududida joylashgan “Klimanjaro”, Kanzas sitidagidan pastroq – 164 fut (50 m).

Dunyodagi eng baland suv argʻimchoqlari

Aytishlaricha, bu argʻimchoq shunchalik zoʻrki, xatto eng pastiga yetib bormaguningizgacha tanangiz uning sirtiga tegmas ekan.

Dunyodagi eng baland suv argʻimchoqlari

3. “Insano” (Fortaleza, Braziliya)

Braziliyaning turistik kurortidagi “Beach Park”da joylashgan “Insano” – sizni yuqoridan pastga 104,61 km/s tezlik bilan olib tushadi.

Bunda siz qayiqdan foydalanmaysiz, yaʼni oʻzingiz argʻimchoqda 135 fut (41,15 m) balandlikdan tushasiz. Bu yoʻnalish hovuzda 4 soniyali suv sachratishingiz bilan yakunlanadi.

4. “Chayon dumi” (Viskonsin-Dells, Viskonsin shtati, AQSh)

Ushbu suv argʻimchogʻI AQShdagi eng katta hiyobon hisoblangan Nuh kemasi akvaparkida joylashgan.

Bu argʻimchoqning qiziqarli tomoni shundaki, undan tushayotganingizda hech qanday kuch sarflamaysiz. Oʻrningizga hammasini mexanizm bajaradi. Siz faqatgina kapsula platformasiga tursangiz bas. U sizni 400 fut (121,92 m) balandlikdagi keskin qiyalikdan, katta tezlikda olib tushadi.

5. “Jumeyra Seyra” (Dubay, BAA)

Yana bir super ekstrimal suv argʻimchogʻi. Dubaydagi “Wild Wadi Waterpark”da joylashgan. U “Chayon dumi” ga oʻxshab ketadi, unda ham oyogʻingiz ostidagi platforma tushib ketadi va siz 102 fut (31 m) balandlikdan 128 km/s tezlik bilan pastga uchib tushasiz.

6. “Kamikadzening erkin tushishi” (Algavri, Portugaliya)

Bu moslama 31,7 m balandlikka ega boʻlib, 2015 yilda “Akvashov”da qurilgan. Uzunligi 129 m boʻlgan argʻimchoqdan 70 km/s tezlik bilan uchib tushishni xohlasangiz marhamat!

7. “Ishonch sakrashi” (Paradise Island Atlantis Resort, Bagam orollari)

Agar tezlik bilan uchib tushishlar sizni xayratlantirmagan boʻlsa “Ishonch sakrashi” sizni albatta qoniqtiradi.

Bu argʻimchoq haqiqiy jannat bilan oʻralgan boʻlib, 60 fut (18,29 m) balandlikka ega.

Qoʻshimcha sinov – ichida akulalar suzib yurgan suvga shoʻngʻishdir. Ha, aynan akulalar. Lekin xavotir olmang, siz xavfdan xoli boʻlasiz, chunki suvga siz yopiq argʻimchoqda shoʻngʻiysiz.

8. “Kliffxenger” va “Qichqirayotgan ilonlar” (Galveston, Texas shtati, AQSh)

Shlitterban akvaparkida adrenalinchilar uchun ikkita attraksion mavjud. Istasangiz “Kliffxenger”ga borib 81 fut (24,69 m) balanlikdan pastga tushib maza qiling, yoki ikkinchisini tanlab adrenalin bagʻishlaydigan shoʻngʻishni xis eting. Umuman olganda, adrenalin uchun ikkalasida ham uchib koʻring!

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar