Quyosh Instituti (Oʻzbekiston)

Salom !
2016 yilning Aprel oyning boshlarida Toshkent poytaxtida boʻlmish biz doʻstlarimiz bilan oʻzimizning yangi qirralarimizni ochish uchun Toshkent viloyatiga yoʻl oldik. Rejamizga koʻra biz koʻp joylarga borishimiz kerak, lekin men sizlarga faqat bir joyni soʻzlab beraman yani Quyosh Instituti haqida.
Bu joyning rasmiy nomi - Materiallar NNT " Fizika-Quyosh" OʻzR fanlar akademik instituti. Bunday qurilma dunyoda atigi ikkita, buri Frantsiyada ikkinchisi Oʻzbekistonda. Institut uchun bu joy bejiz tanlanmagan. Toshkentdan 40 km uzoqlikda joylashgan tepalikdagi ekologik toza maydoniga musaffo osmon va havo sharoit kabi meteorologik muhiti katta rol oʻynadi.
Bu yerda 280ta kun quyoshli boʻladi. Institut geliostat maydoni, katta koʻzgu konsentrati va quyosh pechli texnologik minoradan iborat.
Atgancha mana bu rasimdagi geliostat maydoni:

Geliostat maydoni 62 geliostatlardan 95 fasent koʻzgu elementlaridan tashkil qilib har biri 7,5×6,5 m boʻlgan tekis aks beruvchi yuzaga ega. Konsentrat nomli koʻzgularga intilgan quyosh nurlarini 12090 koʻzgular toʻplaydi


Maxsus oynachalardan yoʻnalish olgan 1 megavatli quvvat oqimli texnologik minora va geliostat qarshisida joylashgan quyosh quvvat konsentrati oʻziga nurlarni qabul qiladi.
Texnologik minora ichida joylashgan, briketlarga siqilgan chidamli metallar granulalari 3000° C haroratida erishga olib keladi. Eshiklar ortida joylashgan diametri 1 metrli oyna quyosh nurlarini qabul qilib oladi.
"Quyosh" obyektning akslantirish asosida - bu ogʻirligi 2000 tonna boʻlgan katta tuzilma.


Bizga konsetratorning eng choʻqqisiga koʻtarilish imkoni berildi, u esa 12 qavatda joylashgan. Lift buzilgan edi, va biz nafasimizni rostlab yuqoriga yoʻl oldik. Yoʻlda biz katta temir inshootlarida qushlar sayrab oʻtirganini koʻrdik.
Biz mana shu zinalardan koʻtarildik (ularning gʻichirlashi asabi buzuqlarga yomon taʼsir qilishi mumkin).

Lekin yuqorida bizlarni katta his-tuygʻular kutib turardi va yaqin qishloqning ajoyib koʻrinishi.

Agar siz ham Toshkenda boʻlmish shu "Quyosh- Institutni" tomosha qilishga kelishni hohlasangiz oldindan aytib qoʻyay u yerga faqat biror bir korxonadan ruhsatnoma bilan tashrif buyurganlarni kirgʻizishadi.
Lekinbiz 4 kishi boʻlib hech qanday qogʻozlar bilan 1,5 dollor toʻlab kirdik, lekin oʻzingiz bilan yana xujjatlaringiz boʻlishi kerak. Aytgancha biz bilan birga u yerda ishlaydigan bir yaxshi xodim kuzatib yurdi va bizlarga Quyosh Institutining maqsad va tarixini soʻzlab berdi.
Barchangizga raxmat.!
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



